Aymatov Rustam Ruzibaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Qurilish materiallari sanoati pechlarida gaz yoqilg‘isining yonish samaradorligini oshirish va yonuv jarayonini takomillashtirish”, 05.09.03–Issiqlik ta’minoti. Ventilyasiya, kondisionerlash. Gaz ta’minoti va yoritish ixtisosligi bo‘yicha, (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/T1221
Ilmiy rahbar: Xalmanov Aktam Toshquvatovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor v.b.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK nomi: Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.26/27.02.2020.T.109.01.
Rasmiy opponentlar: Xayriddinov Botir Egamberdievich, texnika fanlari doktori, professor.
Nurmanov Sarvar Ruziboevich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Jizzax Politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi qurilish materiallarini pishiruvchi sanoat pechlari uchun gaz yondirgichlarda yonuvchi gazlarning yonish jarayonini lazer spektral usul yordamida optimallashtirishni boshqarish orqali yangi gaz yondirgichning konstruktiv echimini ishlab chiqish hamda uning o‘lchamlari va ish rejimini tuzishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kogerent nurlar ta’sirida gaz alangasiga kiritilgan element atomlarini uyg‘otish, uyg‘ongan atomlarni alangada hosil bo‘layotgan ionlarni signal sifatida qayd qilishga asoslangan tabiiy gazning yonish jarayonini boshqarishning kogerent nurlar (lazer) spektral usuli ishlab chiqilgan;
gazning yonish jarayoni harorati (T) va gazning sarfi (V) parametrlari orasidagi bog‘lanishlarni bir o‘zgaruvchili, chiziqli bog‘liqligini ifodalovchi, gaz yonishidagi ikki zarba to‘lqinining zichlik (ρ), bosim (p), tezlik (v), energiya (E) kabi parametrlarining koordinata o‘qiga va vaqtga bog‘liqligini ifodalovchi fizikaviy-matematik modellari ishlab chiqilgan;
tirqishli va injeksion gaz yondirgichlarda yonuvchi gaz (propan-butan) yonganida ajralib chiqayotgan issiqlik miqdori Qtir=7,25MJ (gaz sarfi mgaz=0,2kg) va Qinj=5,9MJ (gaz sarfi mgaz=0,13kg) larni mos holda eksperimental aniqlangan;
konussimon soplali injeksion yondirgichga gaz oksidlovchini majburiy kiritish yo‘li bilan yonuvchi gazning bosimi (P) va gaz sarfi (V) kabi parametrlarni o‘zgartirish natijasida eng yuqori bir xil (T) harorat aniqlangan;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qurilish materiallari sanoati pechlarida gaz yoqilg‘isining yonish samaradorligini oshirish va yonuv jarayonini takomillashtirish mobaynida olingan ilmiy tadqiqot natijalari asosida taklif etilayotgan energiya tejamkor gaz yondirgich uskunasi Samarqand viloyati Samarqand tumanida joylashgan “Qanoatbegim” MChJ ning qurilish materiallari, bezak g‘isht ishlab chiqarish pechlarida sinovdan o‘tkazilgan va tadbiq etilgan (“Hududgazta’minot”AJ ning 2025 yil 22 apreldagi 03-10/3017-son ma’lumotnomasi).
Gaz yondirgich uskunasini amaliyotga joriy qilish natijasida “Qanoatbegim” MChJ ning sanoat pechlarida 1000 dona bezak g‘ishtlarni pishirish jarayonida avvalgi gaz yondirgichlarda 142,8 m3/soat, taklif etilgan gaz yondirgich o‘rnatilgandan keyin 125,7 m3/soat yoqilg‘i sarfini, yoqilg‘ini tejash samaradorligi 12,0 % ni tashkil etdi.
Korxonaning sanoat pechlarida 35000 dona g‘isht pishirish jarayonini inobatga olgan holda bir sikl davomida 598.5 m3/soat gaz yoqilg‘isining tejalishiga, yil mobaynida esa 68827.5 m3/yil gaz yoqilg‘isining tejalishiga imkon beradi va dolzarb masala bo‘lgan atrof muhitga chiqayotgan zararli gazlarning ulushini kamaytirishga olib keladi.