O‘zbekov Umidxon Ulug‘bek O‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Assesment of climate change impact on hydraulic and hydrological regime of reservoirs”, 05.09.07 – “Gidravlika va muhandislik gidrologiyasi” (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/T148.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni:
Akmalov Shamshodbek Baxtiyorovich, texnika falsafa fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/30.12.2019.T.10.02 raqamli Ilmiy Kengash.
Ikramova Malika Raximberdievna – Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot instituti, “Suv resurslaridan kompleks foydalanish” laboratoriyasi mudiri, texnika fanlari doktori, professor (05.09.07).
Gers Jasmina Viktorovna – “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaliginimexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti, kafedra dotsenti, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent (11.00.05).
Yetakchi tashkilot – Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Iqlim o‘zgarishini suv omborlarining gidravlik va gidrologik rejimiga bo‘lgan ta’sirini baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
Machine learning algoritmlaridan foydalanib, gidrologik model ma’lumotlarini kalibratsiya va validatsiya qilish uchun dasturiy ta’minot ishlab chiqilgan;
CMIP6 global iqlim o‘zgarishi ssenariylarining (SSP1-2.6 va SSP5-8.5) prognoz ma’lumotlari ilk bor Oqsuv daryo havzasi uchun statistik bias correction usuli yordamida moslashtirilgan;
Iqlim o‘zgaruvchanligini inobatga olib, suv omborlarining gidravlik va gidrologik rejimlarini o‘zgarishini bashorat qilishda SWAT model parametrlari takomillashtirilgan;
Turli suvlilik davrlar uchun takomillashgan SWAT modeli asosida Hisorak suv omborining ishlash rejimi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Iqlim o‘zgarishini suv omborining gidravlik va gidrologik rejimiga ta’sirini baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
suv ombor havzasi uchun iqlim o‘zgarishi model ma’lumotlari tahlil qilindi va ulardagi xatoliklar statistik usul (bias correction) dan foydlanib to‘g‘irlandi (O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining 2024 yil 21 dekabr` 02/13-5019 sonli ma’lumotnomasi). Natijada suv ombor havzasi bo‘yicha mavjud iqlim model ma’lumotlar va ularning tahlil aniqligi oshirildi;
suv omborlarining gidravlik va gidrologik rejimlarini o‘zgarishini bashorat qilishda model parametrlari takomillashtirildi (O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining 2024 yil 21 dekabr` 02/13-5019 sonli ma’lumotnomasi). Natijada iqlim o‘zgarishini suv omborlarining gidravik va gidrologik rejimiga ta’siri baholash aniqligi oshirildi;
turli suvlilik davrlar uchun takomillashgan SWAT modeli asosida suv omborining ishlash rejimi ishlab chiqildi (O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining 2024 yil 21 dekabr` 02/13-5019 sonli ma’lumotnomasi). Natijada iqlim o‘zgarishini keskinlashuvi jarayonida suv omborning ishlash samaradorligi oshirildi.