Elboeva Moxinur Imomnazar qizining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “PbMoO4, CaMoO4, Bi12GeO20 va Bi12SiO20 kristallarida akustooptik xossalarning anizotropiya qonuniyatlari”, 01.04.03 - Molekulyar fizika va issiqlik fizikasi (fizika-matematika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/FM1121.
Ilmiy rahbar: Axmedjanov Farxad Rashidovich, fizika-matematika fanlari doktori,     professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: U.A. Arifov nomidagi Ion-plazma va lazer     texnologiyalari instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Ion-plazma va lazer     texnologiyalari instituti, DSc.02/30.12.2019.FM/T.65.01.
Rasmiy opponentlar: Baxramov Sagdulla Abdullaevich, fizika-matematika fanlari doktori, akademik, Qodirov Mo‘min  Qodirovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor
Yetakchi tashkilot: O‘zR FA Materialshunoslik instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi:Qo‘rg‘oshin molibdati, kalsiy molibdati, vismut germanati va vismut silikati kristallarida     akustooptik xossalarning anizotropiyasini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Ilk bor qo‘rg‘oshin molibdati va kalsiy molibdati kristallarida (100) va (001) tekisliklarda tarqaluvchi akustik to‘lqinlar uchun effektiv elastik konstantalarning anizotropiyasi aniqlanib, ularning ushbu kristallarda akustooptik sifat koeffisienti o‘zgarishiga ta’siri o‘rganildi;
kalsiy molibdati kristallarida sof ko‘ndalang akustik to‘lqinlar bo‘ylama normal yo‘nalishlarda yorug‘lik difraksiyaga uchraganda, akustooptik sifat koeffisienti M2 ning maksimal qiymati (12‧10-15s3/kg) bo‘ylama to‘lqinlardagi (2‧10-15s3/kg)  difraksiyaga nisbatan 6 marta kattaligi aniqlanib, bu qiymat PbMoO₄ va TeO₂ kabi yuqori akustooptik sifatga ega kristallarning qiymati bilan taqqoslanishi mumkinligi ko‘rsatildi;
ilk bor vismut germanati va vismut silikati kristallarida piezo- va elektrooptik effektlar hamda optik faollik hissasini hisobga olgan holda effektiv fotoelastik konstantalar va akustooptik sifat koeffisientini aniqlash uchun tenglamalar olindi;
qo‘rg‘oshin molibdati kristallarida neodim qo‘shimchasi mavjud bo‘lganda effektiv fotoelastik konstantaning 1,5 martaga kamayishi kuzatilib, bu PbMoO₄ kristall panjarasida neodim ionlarining yuqori harakatchanligi akustik to‘lqin va yorug‘lik o‘zaro ta’sirida fotoelastik effektni qisman kamaytirishi bilan izohlandi;
vismut germanati va vismut silikati kristallarida piezo- va elektrooptik effektlar hamda optik faollikni inobatga olish natijasida akustooptik sifat koeffisienti M2 ning maksimal qiymatlari kuzatiladigan yo‘nalishlar aniqlanib, ular [110] o‘qiga nisbatan perpendikulyar qutblanish uchun 200 va parallel qutblanish uchun 1600 burchaklarda joylashishi ko‘rsatildi.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qo‘rg‘oshin molibdati, kalsiy molibdati, vismut germanati va vismut silikati kristallarida akustooptik xossalarning anizotropiya qonuniyatlari bo’yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti fizika fakultetining Fotonika kafedrasida amalga oshirilgan “Metall oksidlari bilan legirlangan silikatlarning termoelektrik xossalari va o‘z-o‘zidan tashkil bo‘lish jarayonlari” mavzusidagi UZB-Ind-2021-78 amaliy loyihasini amalga oshirishda foydalanildi. Xususan, piezo va elektrooptik effektlarning hissasi to‘g‘risidagi ma’lumotlar vismut silikati kristallaridagi fotoelastiklik tenzorining komponentlaridan foydalanilgan va dissertatsiya ishida bunday kristallardagi guruh va faza tezliklarining farqi bo‘yicha olingan natijalar nochiziqli optik xossalarga ega bo‘lgan fotonik kristallarning xossalarini o‘rganishda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy Universiteti 12.03.2025 y. 01/11 – 3541-sonli xat).
Qo‘rg‘oshin molibdati kristallaridagi akustooptik o‘zaro ta’sirning anizotropiyasini o‘rganish natijasida olingan dissertatsiya ishi natijalarining nazariy qismidan Vuhan universiteti Texnologik fanlar institutining Fundamental tadqiqot jamg‘armasi tomonidan qo‘llab-quvvatlangan № 413100036 loyiha doirasida foydalanilgan (Xitoy, Vuhan universiteti, Vuhan shahri, 2024 yil 18 noyabrdagi xat).
“Ultrasonics” jurnalida nashr qilingan “Exploring of anisotropy of acousto-optic interaction in lead molybdate crystals” mavzusidagi maqolamizdagi tadqiqot natijalarimiz nufuzli xorijiy jurnallarda nashr etilgan ushbu  (Optical Materials 2024, Vol. 148, 114880 (IF=4.2, Q1), Optical Materials 2024,Vol. 157, part 2, 116320 (IF=4.2, Q1), RENSIT: Radioelectronics. Nanosystems. Information Technologies 2024, Vol.16, No.7, p. 837-846 (IF=0.6, Q4)) jurnallarda akustooptik o‘zaro ta’sir asosida Ammoniy floroberilat kristallarida piezo-optik va elasto-optik ta’sirlarni, Rb2SO4 kristallarining piezo-optik xususiyatlari , kremniyning to‘lqin o‘tkazgich mikrotuzilmalariga akustik ta’sirlarni hisoblash kabi tadqiqot ishlarida natijalarni tushuntirish imkonini bergan.
 

Yangiliklarga obuna bo‘lish