Ochilova Faridaxon Kudrat qizining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekiston talaba yoshlarini sog‘lom turmush tarziga qadriyatli-mazmunli yo‘naltirishning ijtimoiy-falsafiy asoslari” 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Fal.1049
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Namangan davlat universiteti PhD.03/30.04.2021.F.76.06.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Zamilova Rimma Ramilevna pedagogika fanlari doktori (DSc), professor
Rasmiy opponentlar: falsafa fanlari doktori(DSc), professor Nazarov Nasriddin Ataqulovich va falsafa fanlari doktori, professor Qurbonova Lolaxon Abdulxodimovna.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O O‘zbekiston talaba yoshlari orasida sog‘lom turmush tarziga yo‘naltirilgan qadriyatli-mazmunli orientatsiyasining ijtimoiy-falsafiy omillarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
yoshlarda sog‘lom turmush tarzini rivojlantirish, jamiyatda addiktiv (alkogolizm va giyohvandlik) odatlarga qarshi ijtimoiy immunitetni shakllantirib, sog‘lom turmush tarzining qadriyat komponentlariga oilaviy va diniy tarbiyaning ta’sir parametrlari yoshlar ijtimoiy-madaniy qiyofasi belgilab berishi falsafiy asoslangan; 
talaba yoshlarda sog‘lom turmush tarzini qadriyat-ma’no komponentlari (sog‘lom aql, ratsional ovqatlanish, ekologik madaniyat) ning kognitiv, emotsional, konseptual va faoliyatga oid jihatlarini mustahkamlash, yoshlarda tizimli ijtimoiy-gigienik tarbiyani shakllantirib, jamiyatda salomatlikning barqaror rivojlanishini ta’minlashi ochib berilgan; 
jamiyatda sog‘lom turmush tarzini yuksaltirish, yoshlarda jismoniy holatni mustahkamlash va ruhiy osoyishtalikka erishishga qaratilgan amaliy-intellektual tizim sifatida, insonning atrof-muhit bilan uyg‘unlikda yashashi sog‘liqni tan, aql va ruh o‘rtasidagi muvozanat holatini belgilab beruvchi atribut ekanligi aniqlangan;
globallashuv sharoitida yoshlarni sog‘lom turmush tarziga qadriyatli-mazmunli yo‘naltirish sog‘liqning shaxsiy va jamoaviy ong darajasi ustuvor qadriyat sifatida qaraladigan axloqiy-psixologik jihatlarini takomillashtirish, jamiyatda barqaror salomatlikni ta’minlashi orqali kishilarda aksiologik turmush tarzi, ijtimoiy ma’suliyat va jamiyatga moslashish qobiliyatini rivojlantirishi isbotlangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekiston talaba yoshlarini sog‘lom turmush tarziga qadriyatli-mazmunli yo‘naltirishning ijtimoiy-falsafiy asoslarini tadqiq etish asosida:
yoshlarda sog‘lom turmush tarzini rivojlantirish, jamiyatda addiktiv (alkogolizm va giyohvandlik) odatlarga qarshi ijtimoiy immunitetni shakllantirib, sog‘lom turmush tarzining qadriyat komponentlariga oilaviy va diniy tarbiyaning ta’sir parametrlari yoshlar ijtimoiy-madaniy qiyofasi belgilab berishga doir xulosa va tavsiyalaridan Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi tadbirlar dasturlariga kiritildi, xususan, "Yangi kuch" dasturining 2024-yilga mo‘ljallangan VII yo‘nalishi 52-bandida o‘z aksini topdi. Oliy o‘quv yurtlarida o‘tkazilgan treninglar, davra suhbatlari va interaktiv mashg‘ulotlar, sog‘lom turmush tarzini filosofik asoslash hamda yoshlarga motivatsion yondashuv orqali ta’sir ko‘rsatish samaradorligini tasdiqladi. Eksperimental sinovlar natijasida talabalar sog‘lig‘ini mustahkamlovchi faoliyatlarga jalb etilishi ortgani kuzatildi. Bu holat Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar instituti tomonidan taqdim etilgan rasmiy ma’lumotnoma (Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi ijtimoiy ma’naviy tadqiqotlar institutining 2025-yil 18-iyundagi 13-son dalolatnomasi). Natijada, O‘zbekiston talaba yoshlarini sog‘lom turmush tarziga qadriyatli-mazmunli yo‘naltirishning ijtimoiy-falsafiy asoslarini tahlil etishga xizmat qilgan;
talaba yoshlarda sog‘lom turmush tarzini qadriyat-ma’no komponentlari (sog‘lom aql, ratsional ovqatlanish, ekologik madaniyat) ning kognitiv, emotsional, konseptual va faoliyatga oid jihatlarini mustahkamlash, yoshlarda tizimli ijtimoiy-gigienik tarbiyani shakllantirish, talaba yoshlar orasida sog‘lom turmush tarzining (sog‘lom fikrlash, ratsional ovqatlanish, ekologik madaniyat) kognitiv, emotsional, konseptual va faoliyatga oid jihatlarda qadriyatli-mazmunli tarkibiy qismlarini mustahkamlashga qaratilgan taklif va tavsiyalar Namangan viloyati Sport ishlari boshqarmasi faoliyatida qo‘llanildi. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 18-dekabrdagi PQ-443-son qarori ijrosi doirasida viloyatning barcha tumanlarida 70 ta ayollar sport-sog‘lomlashtirish markazlarini tashkil etish konseptual asoslari ushbu dissertatsiya materiallari asosida ishlab chiqildi (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2025-yil 4-iyuldagi 03-13/226-Sh/M-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, ayollar sport markazlarini tashkil etish va aholiga sog‘lom turmush tarziga qadriyatli yondashuvni tatbiq etishga xizmat qilgan;
jamiyatda sog‘lom turmush tarzini yuksaltirish, yoshlarda jismoniy holatni mustahkamlash va ruhiy osoyishtalikka erishishga qaratilgan amaliy-intellektual tizim sifatida, insonning atrof-muhit bilan uyg‘unlikda yashashi sog‘liqni tan, aql va ruh o‘rtasidagi muvozanat holatini belgilashiga oid  xulosa va tavsiyalaridan Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi tadbirlar dasturlariga kiritildi, xususan, "Yangi kuch" dasturining 2024-yilga mo‘ljallangan VII yo‘nalishi 52-bandida o‘z aksini topdi. Oliy o‘quv yurtlarida o‘tkazilgan treninglar, davra suhbatlari va interaktiv mashg‘ulotlar, sog‘lom turmush tarzini filosofik asoslash hamda yoshlarga motivatsion yondashuv orqali ta’sir ko‘rsatish samaradorligini tasdiqladi. Eksperimental sinovlar natijasida talabalar sog‘lig‘ini mustahkamlovchi faoliyatlarga jalb etilishi ortgani kuzatildi. Bu holat Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar instituti tomonidan taqdim etilgan rasmiy ma’lumotnoma (Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi ijtimoiy ma’naviy tadqiqotlar institutining 2025-yil 18-iyundagi 13-son dalolatnomasi). Natijada, O‘zbekiston talaba yoshlarini sog‘lom turmush tarziga qadriyatli-mazmunli yo‘naltirishning ijtimoiy-falsafiy asoslarini tahlil etishga xizmat qilgan;
globallashuv sharoitida yoshlarni sog‘lom turmush tarziga qadriyatli-mazmunli yo‘naltirish sog‘liqning shaxsiy va jamoaviy ong darajasi ustuvor qadriyat sifatida qaraladigan axloqiy-psixologik jihatlarini takomillashtirish, jamiyatda barqaror salomatlikni ta’minlashi orqali kishilarda aksiologik turmush tarzi, ijtimoiy ma’suliyat va jamiyatga moslashish qobiliyatini rivojlantirishiga doir taklif va tavsiyalaridan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston- 24” ijodiy birlashmasi “O‘zbekiston” teleradiokanalining “Bolalar va biz”, “O‘zbekiston yoshlari” va “Ta’lim va taraqqiyot” teleko‘rsatuvlari ssenariylarini ishlab chiqishda (2025-yil yanvar-mart oylarida) foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston- 24” ijodiy birlashmasi davlat muassasasining 2025-yil 3-iyundagi 05-09-814-son ma’lumotnomasi). Natijada, O‘zbekiston talaba yoshlarini sog‘lom turmush tarziga qadriyatli-mazmunli yo‘naltirishning ijtimoiy-falsafiy asoslarini tahlil etishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish