Rasulov Azizxon Muxammadkodirovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Yangi O‘zbekistonda axborot makonidagi transformatsiyalashuv jarayonlari: ijtimoiy-falsafiy tahlil” 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: № B.2023.3.PhD/Fal1074
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Namangan davlat universiteti PhD.03/30.04.2021.F.76.06.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Siddiqov Ilyosjon Baxromovich falsafa fanlari doktori(DSc), professor.
Rasmiy opponentlar: Abdulazizov Abduvoxid Xabibullaevich sotsiologiya fanlari nomzodi, professor v.b. G‘affarova Gulchexra G‘ulomjanovna, falsafa fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat axborot texnologiyalari universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Yangi O‘zbekistonda axborot makonidagi transformatsiyalashuv jarayonlarining ijtimoiy-falsafiy tahlilini ochib berishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
axborot makonidagi o‘zgarishlar tahlili asosida axborot tengsizligi (zamonaviy jamiyatda bilim, vosita, huquq omili)ning ong manipulyasiyasiga (psixologik, metodologik, texnologik) ta’siri falsafaning erkinlik va zaruriyat kategoriyalari asosida ochib berilgan;
Yangi O‘zbekiston axborot makonidagi transformatsiyalashuv jarayonlarining ijtimoiy-falsafiy tahlili asosida axboriy kurashlarning mafkuraviy (siyosiy, diniy, etnik), g‘oyaviy (axloqiy, egotsentrizm, manipulyasion), informatsion (dezinformatsion, axborotni ochiqlash) shakllari va ularni bartaraf etishda milliy axborot makonini yaratishga qaratilgan ijtimoiy omillar qiyosiy tahlil qilingan;
axborot makonidagi transformatsiyalashuv jarayonlarining virtual (illyuziya, begonalashuv omili), informatsion tahdidlar (axborot radikallashuvi, misinformatsion va malinformatsion) kabi ijtimoiy beqarorlikka sabab bo‘luvchi ijtimoiy ta’sirlari ilmiy asoslangan;
axborot makonidagi transformatsiyalashuv sharoitida xalqaro axborot bozoriga chiqish, O‘zbekistonning ijobiy imidjini yaratish mexanizmlarini ishlab chiqishning nazariy imkoniyatlarini amalga oshirishning ijtimoiy ahamiyati dalillangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Yangi O‘zbekistonda axborot makonidagi transformatsiyalashuv jarayonlarini o‘rganish bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
axborot makonidagi o‘zgarishlar tahlili asosida axborot tengsizligi (zamonaviy jamiyatda bilim, vosita, huquq omili), ong monipulyasiyasi (psixologik, metodologik, texnologik omil) ta’siri asoslarini ochib berishga doir yangiliklaridan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2023-yil uchun chora-tadbirlar dasturining III-yo‘nalishida belgilangan “G‘oya va mafkura masalasi hamda ilm-fan va ma’rifat targ‘iboti” 14-bandi “Ijtimoiy-ma’naviy va mafkuraviy jarayonlarni tadqiq qilish texnologiyalari bo‘yicha xorij tajribasini o‘rganish” mavzusida o‘tkazilgan targ‘ibot ishlarini tashkil etish va o‘tkazishda foydalanilgan. (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi ijtimoiy ma’naviy tadqiqotlar institutining 2023-yil 10-iyuldagi 243/1-son dalolatnomasi). Natijada axborot makonidagi axboriy kurashlarning mafkuraviy, g‘oyaviy hamda informatsion shakllari, axborot makonidagi o‘zgarishlardan samarali axborot siyosatini amalga oshirishda foydalanish imkoniyatlariga doir targ‘ibot materiallari, o‘quv qo‘llanmalarini ishlab chiqishga xizmat qilgan;
Yangi O‘zbekistonda axborot makonidagi transformatsiyalashuv jarayonlarining ijtimoiy-falsafiy tahlili asosida axboriy kurashlarning mafkuraviy (siyosiy, diniy, etnik va milliy), g‘oyaviy (axloqiy, egotsentrizm, manipulyasion) hamda informatsion (soxta axborot, axborotni ochiqlash) shakllari va ularni bartaraf etishda milliy axborot makonini yaratishga qaratilgan ijtimoiy omillar tahliliga doir yangiliklaridan O‘zbekiston Milliy universitetida bajarilgan PZ-20170928696-sonli “O‘zbekistonda islohotlar jarayonini tahlil etish va amalga oshirishning konseptual-falsafiy metodologiyasi (Harakatlar strategiyasi asosida)” mavzusidagi amaliy loyiha doirasida foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy universitetining 2024-yil 7-iyundagi № 04/11-4953-son ma’lumotnomasi). Natijada axborot makonidagi o‘zgarishlar tahlili asosida axborot tengsizligi, ong monipulyasiyasi, informatsion tahdidlarni ijtimoiy beqarorlikka olib keluvchi ijtimoiy-axloqiy asoslariga oid nazariy-metodologik tavsiyalarni ishlab chiqishga xizmat qilgan;
axborot makonidagi transformatsiyalashuv jarayonlarining virtual (illyuziya, begonalashuv omili), informatsion tahdidlarni ochib berishga  doir yangiliklaridan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2023-yil uchun chora-tadbirlar dasturining III-yo‘nalishida belgilangan “G‘oya va mafkura masalasi hamda ilm-fan va ma’rifat targ‘iboti” 14-bandi “Ijtimoiy-ma’naviy va mafkuraviy jarayonlarni tadqiq qilish texnologiyalari bo‘yicha xorij tajribasini o‘rganish” mavzusida o‘tkazilgan targ‘ibot ishlarini tashkil etish va o‘tkazishda foydalanilgan. (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi ijtimoiy ma’naviy tadqiqotlar institutining 2023-yil 10-iyuldagi 243/1-son dalolatnomasi). Natijada axborot makonidagi o‘zgarishlar, ijtimoiy beqarorlikka sabab bo‘luvchi ijtimoiy ta’sirlarni ochib berishga xizmat qilgan;
axborot makonidagi transformatsiyalashuv sharoitida xalqaro axborot bozoriga chiqish, O‘zbekistonning ijobiy imidjini yaratish mexanizmlarini ishlab chiqishning nazariy imkoniyatlarini amalga oshirishga doir yangiliklaridan O‘zbekiston Milliy universitetida bajarilgan PZ-20170928696-sonli “O‘zbekistonda islohotlar jarayonini tahlil etish va amalga oshirishning konseptual-falsafiy metodologiyasi (Harakatlar strategiyasi asosida)” mavzusidagi amaliy loyiha doirasida foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy universitetining 2024-yil 7-iyundagi № 04/11-4953-son ma’lumotnomasi). Natijada ommaviy axborot vositalari bilan o‘zaro aloqalarni rivojlantirish va hamkorlik aloqalarini o‘rnatishning ijtimoiy ahamiyatini dalillashga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish