Sultanov Baxtiyor Baxtiyorovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekistonda ta’lim olayotgan yoshlar orasida jismoniy madaniyatni ommalashtirishning ijtimoiy-falsafiy jihati (ijtimoiy-falsafiy tahlil)” 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Fal.1328
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Namangan davlat universiteti PhD.03/30.04.2021.F.76.06.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Zamilova Rimma Ramilevna pedagogika fanlar doktori (DSc), professor.
Rasmiy opponentlar: Nazarov Nasriddin Ataqulovich, falsafa fanlari doktori(DSc), professor, Egamberdiev Azizbek Abdumalikovich falsafa fanlari doktori(DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonda ta’lim olayotgan yoshlar orasida jismoniy madaniyatni ommalashtirish jarayonining ijtimoiy-falsafiy jihatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
O‘zbekistonda ta’lim olayotgan yoshlar orasida jismoniy madaniyatini takomillashtirish shaxsdagi sublimatsion kuchni ijtimoiy (jismoniy, kasbiy faoliyat) va madaniy (aksiologik,gneseologik) maqsadga yo‘naltirib, barkamol shaxs tarbiyasida dinamik xarakterdagi yuqori intensivlikni belgilashi falsafiy asoslangan;
O‘zbekistonda ta’lim olayotgan yoshlar orasida jismoniy madaniyatning aql-noziklik-shiddat kabi stimullari barkamol avlodda “iftihor”, “g‘urur” va “vatanparvarlik” tushunchalarini rivojlantirish mexanizmlariga ijobiy ta’siri qiyosiy ochib berilgan;
yoshlarga xos bo‘lgan jismoniy motivatsion (maqsad, ehtiyoj, qiziqish, iste’dod) komponentlar shaxsda iroda, bilim va faoliyatni muvofiqlashtirishi orqali, zamonaviy jamiyatda yoshlar ijtimoiy qiyofasi va statusini belgilab,sog‘lom turmush tarzini shakllantirishi dalillangan;
jamiyatda jismoniy madaniyatni yuksaltirish, mamlakatning ijtimoiy-madaniy imidjini oshirib, aholi farovonligining tashqi (iqtisodiy va moliyaviy), ichki (muvaffaqiyat, mavqeini) rivojlanishiga olib kelishi orqali, ijtimoiy-innovatsion hamkorlikning intensifikatsion diterminanti ekanligi isbotlangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. «O‘zbekiston talaba-yoshlari orasida jismoniy madaniyatni ommalashtirishning ijtimoiy-falsafiy jihati» mavzusidagi dissertatsiyada ilgari surilgan ilmiy xulosalar va amaliy tavsiyalar asosida:
O‘zbekistonda ta’lim olayotgan yoshlar orasida jismoniy madaniyatini takomillashtirish shaxsdagi sublimatsion kuchni ijtimoiy (jismoniy, kasbiy faoliyat) va madaniy (aksiologik,gneseologik) maqsadga yo‘naltirishga doir taklif va tavsiyalaridan Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazining 2024-yilda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturining VII yo‘nalishida belgilangan “Uzlyuksiz ta’lim tizimida ma’naviy komillikka erishish va ma’rifatli yoshlarni tarbiyalashga doir chora-tadbirlar” 52-bandi “Uzlyuksiz ma’naviy tarbiya konsepsiyasida belgilangan maqsad va vazifalar asosida “Yangi kuch” ma’naviy-tarbiyaviy harakatlar dasturini ishlab chiqish” mavzusida targ‘ibot ishlarini tashkil etish va o‘tkazishda foydalanilgan (Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi ijtimoiy-ma’naviy tadqiqolar institutining 2025-yil 10-apreldagi 10/185-son ma’lumotnomasi). Natijada, dissertatsiyada ilgari surilgan takliflar, tavsiya va xulosalar O‘zbekiston talaba yoshlari orasida jismoniy madaniyatni ommalashtirishning ijtimoiy-falsafiy jihatlarini yoritishga xizmat qilgan;
O‘zbekistonda ta’lim olayotgan yoshlar orasida jismoniy madaniyatning aql-noziklik-shiddat kabi stimullari barkamol avlodda “iftihor”, “g‘urur” va “vatanparvarlik” tushunchalarini rivojlantirishga oid xulosa va tavsiyalaridan O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining 2024-2025-yillaridagi tadbirlar rejasini amalga oshirishd, Yoshlar ishlari agentligi va hududiy boshqarmalarining “Yoshlar dasturi”, “Ish rejasi” va boshqa yo‘l xaritalari bandlarida hamda yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar sohasida o‘tkazilgan targ‘ibot tadbirlarida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining 2025-yil 6-martdagi 04-3-22-071-son dalolatnomasi). Natijada, mamlakatda jismoniy tarbiya va sport sohasida amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar mohiyatini aholiga etkazishga hamda Ommaviy sportni rivojlantirish va sog‘lom turmush tarzini har bir fuqaroning hayotiga kiritilishiga xizmat qilgan;
yoshlarga xos bo‘lgan jismoniy motivatsion (maqsad, ehtiyoj, qiziqish, iste’dod) komponentlar shaxsda iroda, bilim va faoliyatni muvofiqlashtirishi orqali, zamonaviy jamiyatda yoshlar ijtimoiy qiyofasi va statusini belgilashiga oid xulosa va takliflaridan Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazining 2024-yilda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturining VII yo‘nalishida belgilangan “Uzlyuksiz ta’lim tizimida ma’naviy komillikka erishish va ma’rifatli yoshlarni tarbiyalashga doir chora-tadbirlar” 52-bandi “Uzlyuksiz ma’naviy tarbiya konsepsiyasida belgilangan maqsad va vazifalar asosida “Yangi kuch” ma’naviy-tarbiyaviy harakatlar dasturini ishlab chiqish” mavzusida targ‘ibot ishlarini tashkil etish va o‘tkazishda foydalanilgan (Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi ijtimoiy-ma’naviy tadqiqolar institutining 2025-yil 10-apreldagi 10/185-son ma’lumotnomasi). Natijada, dissertatsiyada ilgari surilgan takliflar, tavsiya va xulosalar O‘zbekiston talaba yoshlari orasida jismoniy madaniyatni ommalashtirishning ijtimoiy-falsafiy jihatlarini yoritishga xizmat qilgan;
jamiyatda jismoniy madaniyatni yuksaltirish, mamlakatning ijtimoiy-madaniy imidjini oshirib, aholi farovonligining tashqi (iqtisodiy va moliyaviy), ichki (muvaffaqiyat, mavqeini) rivojlanishiga olib kelishiga doir takliflaridan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston 24” telekanalida 2023-2024-yillarda efirga uzatilgan “Ta’lim va taraqqiyot”, “O‘zbekiston yoshlari” eshittirishlarining ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan(O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston 24” ijodiy birlashmasi davlatmuassasasining 2025-yil 18-fevraldagi 05-09-201-son ma’lumotnomasi). Natijada, mamlakatimiz yoshlari dunyoqarashini shakllantirishga, ularni ma’naviy madaniyatini rivojlantirishga hamda tafakkurini yuksaltirishga xizmat qilgan.