Negmatov Bobir Madjitovichning
falsafa fanlari doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “IX-XII asrlar Markaziy Osiyo ilmiy-falsafiy ta’limotlarida gumanistik g‘oyalar (Forobiy, Beruniy, Ibn Sino merosi misolida)” mavzusidagi 09.00.03 – Falsafa tarixi ixtisosligi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.DSc/Fal210
Ilmiy maslahatchi: Maxmudova Guli Tilabovna, falsafa fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.F.01.05.
Rasmiy opponentlar: To‘raev Baxtiyor Omonovich, falsafa fanlari doktori, professor; Karimov Soyibnazar, falsafa fanlari doktori, professor; Amridinova Dilrabo Tursunovna, falsafa fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy-amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi IX-XII asrlar Markaziy Osiyo ilmiy-falsafiy ta’limotlaridagi gumanistik g‘oyalarning mohiyatini ochib berish va uning falsafiy tafakkur tarixidagi ahamiyatini va zamonaviy falsafaning rivojlanishidagi o‘rnini asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
gumanizmning ijtimoiy adolat paradigmasi sifatida ijtimoiy-gumanitar fanlar uchun metodologik asosligi, Evropa Uyg‘onish davrining g‘oyaviy asosi bo‘lishi bilan birga, vorisiylik asosida Markaziy Osiyo ijtimoiy-falsafiy tafakkurining tadrijiy taraqqiyotida odamiylik, insonparvarlik bilan yo‘g‘rilgan hayot tarzini taqozo etuvchi jarayon ekanligi ilmiy asoslangan;
Forobiyning jamiyat hayotida adolat kafolati va huquqiy mezonlar ratsionalizmi, fanlar tasnifi va ma’naviy-axloqiy yuksalish haqidagi g‘oyalarining Yangi O‘zbekistonning xalqchil va insonparvar davlat konsepsiyasi maqsadlari bilan hamohangligi adolat, bilim va axloqiy qadriyatlar nuqtayi nazaridan ochib berilgan;
Abu Nasr Forobiyning davlat boshqaruvi tizimida harbiy ustqurma strategiyasini shakllantirish, harbiy-vatanparvarlik g‘oyalarida o‘z aksini topgan «Vatan-davlat-jamiyat» munosabatlari masalasining mamlakatimiz harbiy salohiyatini mustahkamlash, harbiy xizmatchilarning jangovar ruhini oshirish, ularda yuksak insoniy fazilatlarni tarbiyalashda muhim manba bo‘lib xizmat qilganligi asoslangan;
Beruniyning madaniy relyativizm va Ibn Sinoning axloqiy qadriyatlarga asoslangan gumanizm tamoyili, xususan inson kapitali muammosining zamonaviy paradigmalarga mosligi, yuksak axloqiy fazilatlar, ilm va aqliy kamolot birligi har qanday ta’lim-tarbiyaning ideali ekanligi asoslangan;
Sharq gumanizmining ilg‘or an’analari bilim va shaxs konsepsiyasi sifatida Yangi O‘zbekistonda Uchinchi Renessans poydevorini barpo etish jarayonida insonparvarlik qadriyatlari va milliy mafkurani yoshlar ongiga singdirishda, barkamol insonni tarbiyalashda g‘oyaviy asosligi ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. IX-XII asrlar Markaziy Osiyo ilmiy-falsafiy ta’limotlaridagi gumanistik g‘oyalarning mohiyatini o‘rganish va yoritish bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar asosida:
gumanizmning ijtimoiy adolat paradigmasi sifatida ijtimoiy-gumanitar fanlar uchun metodologik asosligi, gumanizm tamoyili Evropa Uyg‘onish davrining g‘oyaviy asosi bo‘lishi bilan birga, vorisiylik asosida Markaziy Osiyo ijtimoiy-falsafiy tafakkurining tadrijiy taraqqiyotida odamiylik, insonparvarlik bilan yo‘g‘rilgan hayot tarzini taqozo etuvchi jarayon ekanligi ilmiy asoslanganligiga oid taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi «O‘zbekiston tarixi» telekanalining «Ibtido», «Tarix va yangi talqin», «Tarix muallim» kabi ko‘rsatuvlarining ssenariylari tayyorlashda foydalanildi (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi «O‘zbekiston teleradiokanali» davlat muassasasi tomonidan berilgan 2024-yil 17-dekabrdagi 06-28-1784-sonli dalolatnoma). Mazkur ssenariylar buyuk ajdodlarimiz merosining o‘rganilmagan qirralarini xalqimizga etkazishda, yosh avlodni komil inson etib tarbiyalashda, ularda vatanparvarlik, insonparvarlik hamda qat’iy hayotiy pozisiyani shakllantirish uchun xizmat qilgan va ijobiy natijalar bergan.
Forobiyning jamiyat hayotida adolat kafolati va huquqiy mezonlar ratsionalizmi, fanlar tasnifi va ma’naviy-axloqiy yuksalish haqidagi g‘oyalarining Yangi O‘zbekistonning xalqchil va insonparvar davlat konsepsiyasi maqsadlari bilan hamohangligi adolat, bilim va axloqiy qadriyatlar nuqtayi nazaridan ochib berilganligiga oid taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi Milliy Gvardiyasi tizimidagi Temurbeklar maktabi, harbiy musiqa akademik lisey, o‘quv markazlari, Jamoat xavfsizligi universitetida o‘qitiladigan huquqiy va siyosiy fanlarning mavzularini yangi materiallar bilan boyitishda, shaxsiy tarkib bilan tashkillashtiriladigan «Ma’naviy-ma’rifiy tayyorgarlik» mashg‘ulotlari, Tarbiyaviy soatlar bo‘yicha mavzularni takomillashtirishda, shuningdek, «Xalq va armiya – bir tanu bir jon» tamoyiliga asoslangan holda, davlatimizning bu boradagi oqilona siyosatini xalqimizga, eng avvalo, yoshlarga etkazish bo‘yicha olib boriladigan amaliy ishlarda, tadbirlarda keng foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Milliy Gvardiyasining 2025-yil 23-yanvardagi 1/1-804-sonli dalolatnomasi). Olingan natijalar shaxsiy tarkibda yuksak ma’naviy-axloqiy sifatlarni rivojlantirish, ularning tarixiy ongi, huquqiy madaniyati va ertangi kunga bo‘lgan ishonchini mustahkamlashga xizmat qilgan.
Abu Nasr Forobiyning davlat boshqaruvi tizimida harbiy ustqurma strategiyasini shakllantirish, harbiy-vatanparvarlik g‘oyalarida o‘z aksini topgan «Vatan-davlat-jamiyat» munosabatlari masalasining mamlakatimiz harbiy salohiyatini mustahkamlash, harbiy xizmatchilarning jangovar shayligini oshirish, ularda yuksak insoniy fazilatlarni tarbiyalashda muhim manba bo‘lib xizmat qilganligiga oid taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tizimida tashkillashtiriladigan Ma’naviy-ma’rifiy tayyorgarlik mashg‘ulotlari bo‘yicha mavzular takomillashtirilib, amaliyotga qo‘llanildi (O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan berilgan 2024-yil 27-dekabrdagi №14/3763-sonli dalolatnoma). Tadqiqot natijalarining nazariy xulosalari shaxsiy tarkibda insonparvarlik, vatanparvarlik, ajdodlar merosiga sodiqlik tuyg‘ularini mustahkamlashda, ularning milliy va jangovar ruhini yanada yuksaltirishga xizmat qilgan.
Beruniyning madaniy relyativizm va Ibn Sinoning axloqiy qadriyatlarga asoslangan gumanizm tamoyili, xususan inson kapitali muammosining zamonaviy paradigmalarga mosligi, yuksak axloqiy fazilatlar, ilm va aqliy kamolot birligi har qanday ta’lim-tarbiyaning ideali ekanligi asoslanganligiga oid tavsiya va takliflardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tomonidan ta’lim muassasalarida o‘quvchilarning ma’naviy-ma’rifiy bilimlari va dunyoqarashini yuksaltirish bo‘yicha «Buyuk ajdodlarga munosib voris bo‘laylik», «Biz ulug‘ allomalar izdoshlarimiz», «Uchinchi Renessans farzandlari» mavzularida amalga oshiriladigan targ‘ibot-tashviqot tadbirlarida foydalanilgan (Respublika ma’naviyat va ma’rifat kengashi Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazining 2025-yil 20-yanvardagi 02/01/19-68-sonli dalolatnomasi). Tadqiqot natijalari Yangi O‘zbekiston yoshlarida insonparvarlik, yurt taqdiriga daxldorlik, buyuk ajdodlar merosiga sadoqat tuyg‘ularini yuksaltirishga va qat’iy fuqarolik pozisiyani yanada mustahkamlashga xizmat qilgan.
Sharq gumanizmining ilg‘or an’analari bilim va shaxs konsepsiyasi sifatida Yangi O‘zbekistonda Uchinchi Renessans poydevorini barpo etish jarayonida insonparvarlik qadriyatlari va milliy mafkurani yoshlar ongiga singdirishda, barkamol insonni tarbiyalashda g‘oyaviy asosligiga oid xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi huzuridagi Yoshlar muammolarini o‘rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash instituti o‘quv-tarbiya jarayonida keng foydalanilgan. Xususan, tadqiqot natijalari asosida institut tinglovchilari uchun «Birinchi Sharq Uyg‘onish davri allomalarining gumanistik merosi» fanini o‘qitishni yo‘lga qo‘yishda muhim manba bo‘lib hisoblangan (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi huzuridagi Yoshlar muammolarini o‘rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash institutining 2025-yil 7-yanvardagi №01-12/04-sonli dalolatnomasi). Tadqiqot natijasi yoshlar qalbi va ongida yuksak insonparvarlik va bag‘rikenglik g‘oyalarini o‘zlashtirish, Prezidentning besh muhim tashabbusi doirasidagi kompleks chora-tadbirlar, ya’ni O‘zbekiston yoshlarining o‘rta asr Markaziy Osiyo allomalari merosini chuqur o‘rganish borasidagi kitobxonlikni yanada takomillashtirish jamiyat ma’naviy-axloqiy rivojlanishining muhim omili sifatida xizmat qilgan.