Abdullaxo‘jaev Adxamxo‘ja Isaxo‘ja o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ishoqxon To‘ra Ibrat ma’naviy-axloqiy qarashlarining ijtimoiy-falsafiy tahlili”09.00.04 – Ijtimoiy falsafa (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/Fal1227
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Namangan davlat universiteti PhD.03/30.04.2021.F.76.06.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Isaqova Zamiaraxon Ruhitdinovna falsafa fanlari doktori, professor.
Rasmiy opponentlar: Nazarov Nasriddin Atakulovich falsafa fanlari doktori, professor; Amriddinova Dilrabo Tursunovna falsafa fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Ishoqxon To‘ra Ibrat ma’naviy-axloqiy qarashlarining ijtimoiy-falsafiy aspektlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
jadidlarning Turkistonda ma’rifatparvarlik g‘oyalarini an’anaviy qadriyatlarga sodiqlik va taraqqiyotga intilish ruhida, islom dini va milliy merosni qadrlagan holda, zamonaviy ta’lim, matbuot, teatr va ijtimoiy faollik orqali jamiyatni xurofotdan ma’rifatga yo‘naltirganliklari ilmiy asoslangan;
jadidchilik harakatining tanazzuliga siyosiy bosim, iqtisodiy muammolar va tashqi ta’sir kabi ob’ektiv hamda ichki ziddiyat, g‘oyaviy kurash va jamiyatning tayyor emasligi kabi sub’ektiv sabablar ta’sir ko‘rsatgani aniqlashtirilib, zamonaviy jamiyat uchun milliy o‘zlikni anglash, siyosiy barqarorlik, iqtisodiy mustaqillik kabi konstruktiv saboqlar berishi dalillangan;
Ishoqxon Ibratning “Tarixi madaniyat”, “Mezon uz-zamon”, “Islohi millat”, “Madaniyat haqida masnaviy” asarlaridagi ijtimoiy muammolarning milliy o‘zlikni anglash, ijtimoiy taraqqiyot va global jarayonlarga ta’siri “Overton” oynasi (jamiyatda muhokama qilinishi mumkin bo‘lgan g‘oyalar doirasining o‘zgarishi tahlili) orqali ko‘rsatilib, ularning zamonaviy ijtimoiy muammolar (degradatsiya)da takrorlanishi isbotlangan;
Ibratning inson qadrini ulug‘lash, ma’rifatni targ‘ib qilish, milliy o‘zlikni anglash va ijtimoiy adolatni ta’minlash kabi progressiv g‘oyalari Yangi O‘zbekistonni ilm-fan, ma’rifat va ma’naviyat asosida barpo etish strategiyasining ma’naviy asoslarini mustahkamlashga xizmat qilishi ilmiy asoslangan;
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Jadid ma’rifatparvari Ibratning falsafiy qarashlari va jamiyat taraqqiyotidagi ahamiyatini tadqiq etish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Turkistonda ma’rifatparvarlik g‘oyalarining shakllanishi va rivojlanishi, maqsad va vazifalardagi o‘xshashlik va tafovutlar, qoloqlik, xurofot, jaholat, savodsizlik, aqidaparastlik, fikrsizlik, erksizlik; taraqqiyot, milliy uyg‘onish, ma’naviy yuksalish, ma’rifatli millat, milliy madaniyat, g‘oyaviy birlik sari transformatsiyasining nazariy-metodologik aspektlari jadidchilik harakati regional yo‘nalishlari (Samarqand, Toshkent, Xiva, Buxoro, Farg‘ona) misolida va jadid ma’rifatchilari (M.Behbudiy, A.Avloniy, M.Abdurashidxonov, Ishoqxon To‘ra Ibrat) faoliyatidagi vorisiylik islohot, milliy ong, ijtimoiy tafakkur, siyosiy iroda)ning ahamiyati va yangilanish (milliy o‘zlikni anglash, tarixiy xotirani tiklash)ga doir ilmiy falsafiy xulosalar va yangiliklardan “O‘zbekiston” teleradiokanalida 2024-2025-yillarda efirga uzatilgan “Ta’lim va taraqqiyot”, “O‘zbekiston yoshlari”, “Bolalar va biz” dasturlari ssenariysini yozishda foydalanilgan.(O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston 24” teleradiokanali davlat muassasasining 2025-yil 14-martdagi 05-09-315-son ma’lumotnomasi). Natijada yoshlar tarbiyasi va ta’limida jadidlarning ma’naviy merosini keng jamoatchilikka etkazishga, ko‘rsatuvlarning ilmiyligi va ommabopligini ta’minlashga, tomoshabinlarga ushbu masalalar yuzasidan muhim ma’lumotlarni olish imkonini bergan;
mamlakatimizda totuvlik va tolerantlik tamoyillarini qaror toptirish, millatlarning har tomonlama ravnaq topishi, ularning milliy qadriyatlarini saqlab qolish, urf-odatlari va an’analarining rivojlanishiga imkoniyat hamda shart-sharoitlar yaratib berishga qaratilgan ustuvor vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Ishoqxon Ibrat ma’naviy-axloqiy qarashlari (noyob ijtimoiy-siyosiy fenomen, “tilda-yu fikrda ham ishda birlik”)ni tadqiq etish (dunyoviy, huquqiy, demokratik jamiyat qurish, til o‘rganish, millat kelajagi va mamlakat taraqqiyoti, uning mustaqilligi va erki uchun kurash) orqali zamonaviy (bag‘rikenglik va hamjihatlik, milliy manfaatlar himoyasi) jadidlarning ijtimoiy faolligi (ta’lim, matbuot, xayriya, muxtoriyat) hamda ziyolilar elitar qatlami ma’rifatparvarlik harakatining tanazzuli (qatag‘on) sabablari aniqlashtirilganligiga doir ilmiy xulosa va takliflaridan O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa ishlari vazirligi faoliyatida, jumladan, yoshlarni Vatanga sadoqat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, yosh avlodni ilm-fan va innovatsiyalarga keng jalb etish chora-tadbirlarni amalga oshirishda, yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib qilishga qaratilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda, targ‘ibot-tashviqot ishlarida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa ishlari vazirligi huzuridagi ma’naviyat va madaniyat departamentining 2025-yil 2-iyundagi 56-441-son ma’lumotnomasi).Natijada XX asr boshlarida jadid allomasi Ibrat tomonidan ilgari surilgan ezgu g‘oyalar, ilm-fanni, ma’naviyat va madaniyatni yuksaltirish orqali xalqni qoloqlikdan uyg‘otish, milliy mustaqillikka erishish yo‘lidagi harakatlarda ilm-fan rivojining ahamiyati, yangi Renessansni yuzaga keltirishdagi hissalari bugungi kundagi “Yangi O‘zbekiston – Uchinchi Renessans sari” g‘oyasi bilan hamohangligi ochib berilgan;
Ishoqxon To‘ra Ibratning ma’naviy-axloqiy qarashlari o‘z davri uchun noyob ijtimoiy-siyosiy fenomen sifatida qaralgan.“Madaniyat haqida masnaviy” asari orqali G‘arbning ilg‘or texnologik, ilmiy va madaniy yutuqlarini ijobiy tarzda targ‘ib qilgan holda, o‘zbek xalqini o‘z-o‘zini anglash, milliy ong va tafakkurni uyg‘otish sari yo‘naltirgan. Turkiston uchun dunyoviy ilm-fanning ahamiyati va zaruriyati, tarixiy xotirani tiklash (milliy ong, millat tarbiya, milliy tiklanish, milliy yuksalish), ijtimoiy taraqqiyot degradatsiyasi (millatni uyg‘otish), asriy illatlardan xalos bo‘lishida maorif tizimini isloh qilish, millat kelajagi uchun professional mutaxassislarni tayyorlashda muallim va tarbiyachilarning salohiyatini oshirish, shaxsiy daxldorlik, faol fuqarolik pozisiyasi va global jarayonlar transformatsiyasiga ta’siri zamonaviy konseptual echimlar, ilmiy-amaliy taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligi tasarrufidagi Namangan viloyati Ishoqxon Ibrat-qatag‘on qurbonlari muzeyi fondini boyitish, mavjud ko‘rgazmalarni takomillashtirish hamda ularni yangi eksponatlar bilan to‘ldirish jarayonida samarali qo‘llanildi, jumladan, muzey ish faoliyatida Ibratning “Madaniyat haqida masnaviy” asari orqali G‘arbning ilg‘or texnologik, ilmiy va madaniy yutuqlarini ijobiy tarzda targ‘ib qilgani holda, o‘zbek xalqini o‘z-o‘zini anglash, milliy ong va tafakkurni uyg‘otish sari yo‘naltirgan g‘oyalaridan iborat gidlar uchun metodik qo‘llanma yaratildi va bu turistlarning muzeyga tashrifining oshishi uchun o‘ziga xos hissa bo‘lib qo‘shildi (O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligining 2025-yil 3-iyun 04-05/2208-sonli ma’lumotnomasi).Natijada Ishoqxon To‘ra Ibratning boy va ko‘p qirrali ma’naviy merosi, xususan, “Tarixi madaniyat”, “Mezon uz-zamon”, “Islohi millat”, “Tarixi Farg‘ona” kabi asarlarining ijtimoiy-falsafiy, madaniy-ma’rifiy va siyosiy g‘oyaviy aspektlari tizimli tahlil etilgan. Ibrat asarlarida xalqni jaholatdan xalos etish, islohotlar yo‘li bilan taraqqiyot sari etaklash, xalqning ma’naviy immunitetini shakllantirishga xizmat qiladi;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 21-fevraldagi PF-37-son farmoniga ilova qilib berilgan, “O‘zbekiston – 2030” strategiyasining har bir insonga o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun munosib sharoitlar yaratish yo‘nalishi bo‘yicha 2024-yilga mo‘ljallangan amaliy ishlar rejasining 31-bandida nazarda tutilgan yoshlarning intellektual salohiyatini oshirish, ularning ilmiy faoliyatini rag‘batlantirish, ilmiy va innovatsion faoliyat, intellektual o‘yinlar hamda chet tillarini o‘rganishga jalb etish, chet tillarini ommalashtirishga ko‘maklashuvchi “Ibrat farzandlari” loyihasini rivojlantirish, yangicha yondashuv asosida kitobxonlikni keng targ‘ib qilishga qaratilgan “Mutolaa” loyihasini amalga oshirish, yoshlarning innovatsion faoliyat, tadqiqot natijalarini amaliyotga keng joriy etish, ularning ilm-fan, ta’lim va innovatsiya bilan shug‘ullanishlari uchun sharoitlar yaratib berishga qaratilgan ustuvor vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida tadqiqotchining Ishoqxon To‘ra Ibratning ma’naviy merosi (g‘oya, dastur, ma’naviy meros, milliy qadriyat)ning umumbashariy ahamiyati uning ma’rifatparvarlik yo‘lida jonini fido qilish hamda mutafakkirning g‘oyaviy-siyosiy, ijtimoiy-ma’rifiy, huquqiy-madaniy, ma’naviy-axloqiy qarashlari intellektual salohiyati yuksak yosh avlodni vatanparvarlik va millatparvarlik ruhida kamolga etkazishda, Uchinchi Renessans poydevorini bunyod etishda Yangi O‘zbekistonni barpo etish strategiyasi bilan har tomonlama mushtarak ekanligiga doir ilmiy xulosa va takliflaridan targ‘ibot-tashviqot dasturlarining materiallari va ularning tarqatma materiallarini shakllantirishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining 2025-yil 8-iyuldagi 2-13-21-3739-son ma’lumotnomasi).Natijada bugungi kun yoshlarining ongida axloqiy tamoyillarning rivojlanishi yoshlarning nafaqat ijtimoiy, ma’naviy, axloqiy, balki iqtisodiy ehtiyojlarini qondirishga erishilgan.