Umarjonov Soxibjon Soyibjon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): Faxriddin Muhammad ar-Roziyning ijtimoiy-falsafiy qarashlari (“Latoif ul-G‘iyosiyot” asari asosida), 09.00.03 – Falsafa tarixi (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/Fal630 
Ilmiy rahbar: Saifnazarov Ismail Saifnazarovich, falsafa fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti,  DSc.03/30.12.2019.F.01.05.
Rasmiy opponentlar: 
Xolmominov Ja’far Muhammadievich, falsafa fanlari doktori(DSc), dotsent;
Rahmonov Sunnatillo Mavlonovich, falsafa fanlari doktori (DSc), dotsent
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy-amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Faxriddin Roziyning «Latoif ul-G‘iyosiyya» asari va undagi itimoiy, diniy-falsafiy qarashlarini tadqiq etishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
«Latoif ul-G‘iyosiyot» asaridagi «Ilm fazilati haqida», Inson ahvolining sifatlari haqida, maqolotlaridagi kalom, din va falsafa uyg‘unligi bilan bog‘liq madaniy konstruksiyaning structural-funksional, lokal-global talqinlarini yaxlit tarzda ifodalash natijasida inson jasadi (tana) va ruhining amali bo‘lgan toat-ibodat, e’tiqod, imon hamda aql, tafakkurning mutanosibligi tadqiq qilingan.
Faxriddin Roziyning kalom falsafasida din va falsafaning bir-birini inkor etuvchi emas aksincha, bir birini to‘ldiruvchi tushunchalar ekanligi, ikkisi ham haqiqatni topish jarayonidagi harakatlari doirasida yagona maqsad yo‘lida ekanligi, teologik ta’limotlarda ilgari surilgan yaratuvchi Alloh haqiqatini aql va mantiqqa tayanib bilish mumkinligi, aql va e’tiqod, ruh va tana tushunchalarining o‘zaro munozabati, ijtimoiy qadriyatlar (bilim, ko‘nikma, me’yor) tizimida konsyumer (axborotni qabul qilish), umumiy va o‘ziga xos jihatlari diniy-falsafiy nuqtai nazardan tadqiq etilganligi, Roziyning falsafasi islom dunyosida ratsional ilohiyot va tanqidiy fikrlash, axloqni mantiq va diniy manbalar bilan uyg‘unlashtirish fenomenini yuksaltiruvchi atribut ekanligi asoslab berilgan. 
Mutafakkirning «Latoif ul-G‘iyosiyot» asarida Qur’on, Tavrot, Zabur kabi muqaddas bitiklaridan bevosita foydalangan holda ilm fazilati, ilm kasb etishning xususiyatlari, e’tiqod va hikmat, aql va e’tiqodning uzviy aloqadorligi, insonning yakuniy maqsadi — Allohga yaqinlik (“ma’rifatulloh”) orqali ruhiy kamolotga erishish, ilm olish, adolatli yashash va aql-idrokni rivojlantirishni kabilarining germenevtik tahlilidagi ratsional pozisiyasi ochib berilgan.
Faxriddin Roziyning «Ilm fazilati haqida», «Borliqning va olamning yaratuvchisi borligi dalillari to‘g‘risida», «Inson ahvolining sifatlari haqida» maqolotlarida aql va e’tiqod, ruh va tananing o‘zaro dialektik aloqadorligini ta’minlab, inson salohiyatini ratsional, irratsional, ontologik bilish qobiliyatlarini belgilovchi ijtimoiy-sotsial mexanizm ekanligi ilmiy asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Faxriddin Muhammad ar-Roziyning ijtimoiy-falsafiy qarashlari («Latoif ul-G‘iyosiyot» asari asosida) mavzusidagi tadqiqot natijalari asosida:
XII asrdan XIII asrning boshlarigacha bo‘lgan davrdagi Movorounnahr va Xurosondagi ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy hayot, O‘zR FA Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti qo‘lyozmalar fondida ilmiy doiraga ma’lum bo‘lmagan Faxriddin Roziyning yana bir arab, fors va tojik tillarida ko‘chirilgan qo‘lyozma asari – «Latoif ul-G‘iyosiyot» ikkita nusxada saqlanayotganligi, ushbu qo‘lyozma 3 ta katta maqolotdan (1. Ilm fazilati haqida; 2. Borliqning va olamning yaratuvchisi borligi dalillari to‘g‘risida; 3. Inson ahvolining sifatlari haqida) iborat ekanligiga borasidagi xulosa va tavsiyalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” telekanalining “Taqdimot” ko‘rsatuvi ssenariysini tayyorashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi 2022 yil 4 iyundagi 06-39-750-son ma’lumotnomasi). Natijada, teletomoshabinlarning XII asrdan XIII asrning boshlarigacha bo‘lgan davrdagi Movorounnahr va Xurosondagi ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy hayot hamda Faxriddin Roziyning haligacha tadqiq etilmagan «Latoif ul-G‘iyosiyot» qo‘lyozma asariga doir ilmiy-tarixiy bilimlarini oshirishga xizmat qilgan.
«Latoif ul-G‘iyosiyot» asarining fors tilidan o‘zbek tiliga ilk tarjimasi orqali diniy va dunyoviy ilmda mo‘tadillikni targ‘ib qilgan Faxriddin Roziyning kalom va falsafaga doir ilg‘or va innovatsion g‘oyalari asosida yoshlarni zamonaviy ma’naviy-ahloqiy tarbiyalashning yanada samarali vositalari tadqiq etilgani, shuningdek, Faxriddin ar-Roziyning kalom falsafasida din va falsafaning bir-birini inkor etuvchi emas aksincha, birbirini to‘ldiruvchi tushunchalar ekanligi, ikkisi ham haqiqatni topish jarayonidagi harakatlari doirasida yagona maqsad yo‘lida ekanligi, teologik ta’limotlarda ilgari surilgan yaratuvchi Alloh haqiqatini aql va mantiqqa tayanib bilish mumkinligi, aql va e’tiqod, ruh va tana tushunchalarining o‘zaro munosabati, umumiy va o‘ziga xos jihatlari diniy-falsafiy jihatdan tadqiq etilganligi, “Ilm fazilati” tushunchasi Qur’on oyatlari va hadislar asosida qiyosiy tahlil qilinib, mohiyati ochib berilganligi, bu esa din va falsafaning o‘zaro uyg‘unligini taqazo etishi mumkinligi isbotlab berilishi yuzasidan ilmiy xulosa va takliflar Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2023 yil uchun chora-tadbirlar dasturining III yo‘nalishida belgilangan “G‘oya va mafkura masalasi hamda ilm-fan va ma’rifat targ‘iboti” 16-bandi “Buyuk alloma va mutafakkirlarimiz hayoti va faoliyatini chuqur o‘rganish, boy ma’naviy va madaniy meroslarini asrab avaylash, ilmiy-ijodiy asarlarini keng targ‘ib qilish” mavzusida o‘tkazilgan targ‘ibot ishlarini tashkil etish va o‘tkazishda dissertatsiya materiallaridan foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2023 yil 7 iyuldagi 02-22/652-son dalolatnomasi). Natijada, dissertatsiyada ilgari surilgan takliflar, tavsiya va xulosalar mamlakatimizda “Faxriddin Muhammad Ar-Roziyning ijtimoiy-falsafiy qarashlari (“Latoif ul- G‘iyosiyot” qo‘lyozmasi asosida)” ni o‘rganishga doir uslubiy qo‘llanmalar ishlab chiqishga xizmat qilgan.
«Latoif ul-G‘iyosiyot» asaridagi “Ilm fazilati haqida”, “Inson ahvolining sifatlari haqida” maqolotlaridagi dalom, din va falsafa uyg‘unligi bilan bog‘liq madaniy konstruksiyaning struktural-funksional, lokal-global talqinlarini yaxlit tarzda ifodalash natijasida inson jasadi (tana) va ruhining amali bo‘lgan toat-ibodat, e’tiqod, imon hamda aql, tafakkurning mutanosibligiga doir ilmiy xulosa va ma’lumotlardan Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan yillik rejaga muvofiq o‘tkazilgan davra suhbatlari hamda targ‘ibot tadbirlarini tashkil etishda foydalanilib, ko‘zlangan samarani berdi (Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining 2023 yil 29 avgustdagi 01-07/163 sonli dalolatnomasi).
Faxriddin ar-Roziyning «Latoif ul-G‘iyosiyot» asarida “Qur’on”, “Tavrot”, “Zabur” kabi muqaddas bitiklaridan bevosita foydalangan holda ilm fazilati, ilm kasb etishning xususiyatlari, e’tiqod va hikmat, aql va e’tiqodning uzviy aloqadorligi sharhlarining germenevtik tahlilidagi ratsional pozisiyasi mantiqiy asoslanganligiga oid ilmiy xulosalar va ma’lumotlardan Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan nashr qilingan “O‘rta asr Sharq allomalari va mutafakkirlari tarixiy-falsafiy merosi ensiklopediyasi” nomli asarni tayyorlashda hamda markaz tomonidan amalga oshirilgan davra suhbatlarini o‘tkazishda, targ‘ibot tadbirlarini tashkil etishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining 2023 yil 14 sentyabrdagi 02/435 sonli dalolatnomasi). Natijada, buyuk mutafakkir olimlarning ma’naviy merosini falsafiy, diniy jihatdan o‘rganib tadqiq etishda va falsafiy g‘oyalarni anglashda muhim ahamiyat kasb etadi. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish