Aliev Firdavs Alimovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Telekommunikatsiya tarmog‘i kompaniyalarini innovatsion faoliyatini boshqarish tizimini rivojlantirish”, 08.00.13 – “Menejment».
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.Phd/Iqt2399
Ilmiy rahbar: Raximova Dilfuza Nigmatovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi qoshidagi ilmiy darajalar beruvchi DSs.20/13.05.2020.I23.01.
Rasmiy opponentlar: i.f.d. prof. Nasimov Dilmurod Abdullaevich, i.f.d. prof. Suyunov Dilmurod Xolmuradovich
Yetakchi tashkilot: Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi telekommunikatsiya tarmog‘i kompaniyalarining innovatsion faoliyatini boshqarish tizimini rivojlantirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
uslubiy yondashuvga ko‘ra telekommunikatsiya tarmog‘i kompaniyalarida innovatsiyalarni boshqarish uslubiyati tashqi va ichki muhit tahlili, strategik maqsadlarni belgilash, boshqaruv uslubi, innovatsion madaniyatni shakllantirish, innovatsion loyihalar va ularni ishlab chiqish, iqtisodiy baholash va monitoring, bozor pozitsiyasini mustahkamlash va boshqa jarayonlar bilan integratsiyani tavsiflovchi samaradorlik ko‘rsatkichlarini tatbiq etish asosida takomillashtirilgan;
telekommunikatsiya sohasida inson resurslarini innovatsion texnologiyalarga ko‘ra samarali boshqarishda servis kuzatuvi monitoringini yo‘lga qo‘yish, boshqaruvga oid jarayonlarni bosqichma-bosqich raqamli texnologiyalarga ustuvor darajada o‘tkazishni jadallashtirish daromad, sof foyda va xizmatlarni e’tiborga olgan holda takomillashtirilgan;
telekommunikatsiya kompaniyalari tashkiliy tuzilmasida innovatsion usullar va AR (augmented reality yoki to‘ldirilgan reallik, VR (virtual reality yoki virtual reallik) va AI (artificial intelligence yoki sun’iy intellekt) texnologiyalarini investisiya va tarmoqlarni rivojlantirish bo‘limi bilan integratsiyalashgan innovatsiya bo‘limini tashkil etish taklifi asoslangan;
telekommunikatsiya tarmog‘i kompaniyalari innovatsion faoliyatini rivojlantirish jarayonida raqamlashtirish sohasidagi xizmatlar ulushining bosqichma-bosqich, 2010-2030-yilgacha bo‘lgan prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Telekommunikatsiya tarmog‘i kompaniyalarini innovatsion faoliyatini boshqarish tizimini rivojlantirish borasida ishlab chiqilgan takliflar asosida:
uslubiy yondashuvga ko‘ra telekommunikatsiya tarmog‘i kompaniyalarida innovatsiyalarni boshqarish uslubiyati tashqi va ichki muhit tahlili, strategik maqsadlarni belgilash, boshqaruv uslubi, innovatsion madaniyatni shakllantirish, innovatsion loyihalar va ularni ishlab chiqish, iqtisodiy baholash va monitoring, bozor pozitsiyasini mustahkamlash va boshqa jarayonlar bilan integratsiyani tavsiflovchi samaradorlik ko‘rsatkichlarini tatbiq etish asosida takomillashtirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi amaliyotiga joriy etilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi RRTMning
2024-yil 18-sentyabrdagi 03-34/1223-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotda qo‘llanishi natijasida, ichki va tashqi bozordagi innovatsion o‘zgarishlar o‘rganilib, muayyan davrga mo‘ljallangan samarali boshqaruv loyihalaridan foydalanish samaradorligini 70% ga oshirishga erishilgan;
telekommunikatsiya sohasida inson resurslarini innovatsion texnologiyalarga ko‘ra samarali boshqarishda servis kuzatuvi monitoringini yo‘lga qo‘yish, boshqaruvga oid jarayonlarni bosqichma-bosqich raqamli texnologiyalarga ustuvor darajada o‘tkazishni jadallashtirish daromad, sof foyda va xizmatlarni e’tiborga olgan holda takomillashtirish bo‘yicha taklifdan O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi tomonidan tashkilotni rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi RRTMning 2024-yil 18-sentyabridagi 03-34/1223-son ma’lumotnomasi). Natiajada, ushbu taklif telekommunikatsiya tarmog‘i kompaniyalarida faoliyat yuritayotgan maqsadli bo‘linmalar faoliyati samaradorligi va mehnat unumdorligini oshirishga muayyan darajada xizmat qilgan;
telekommunikatsiya kompaniyalari tashkiliy tuzilmasida innovatsion usullar va AR (augmented reality yoki to‘ldirilgan reallik, VR (virtual reality yoki virtual reallik) va AI (artificial intelligence yoki sun’iy intellekt) texnologiyalarini investisiya va tarmoqlarni rivojlantirish bo‘limini tashkil etish orqali takomillashtirish taklifi “O‘zbektelekom” AK Navoiy filialining 2024-2030-yillarga mo‘ljallangan Innovatsion Strategiyasini ishlab chiqishda foydalanilgan. (“O‘zbektelekom” AK Navoiy filialining 2024-yil 30-sentyabridagi 73-01/04-916-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu taklif innovatsion boshqaruvni yanada samarali tashkil etish, IT texnologiyalaridan yanada samarali foydalanishga ko‘ra boshqaruv samaradorligini 0,65%ga oshirishga muayyan darajada xizmat qilgan;
telekommunikatsiya tarmog‘i kompaniyalari innovatsion faoliyatini rivojlantirish jarayonida raqamlashtirish sohasidagi xizmatlar ulushining bosqichma-bosqich, 2010-2030-yilgacha bo‘lgan bashorati bo‘yicha taklif O‘zbekiston O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi RRTM va “O‘zbektelekom” AKni rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi RR va TMning 2024-yil
18-sentyabrdagi 03-34/1223-son ma’lumotnomasi). Natijada, O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi RRTM va “O‘zbektelekom” AKda xizmatlar sifatini yaxshilash bo‘yicha chora-tadbirlar yo‘l xaritasini shakllantirishga erishilgan.