Yuldashev Jamshid Abrarovichning
iqtisodiyot fanlari doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): “Raqamli iqtisodiyot sharoitida elektron savdoni neyromarketing konsepsiyalari asosida takomillashtirish”, 08.00.11-“Marketing”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:
Ilmiy maslahatchi: Allayarov Shamsiddin Amanullaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi DSc.03/30.12.2020.I.16.02 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Gulyamov Saidasror Saidaxmedovich, iqtisod fanlari doktori, professor, akademik. Xoshimov Akrom Abdievich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor. Shamshieva Nargizaxon Nosirxo‘ja qizi iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Biznes va Tadbirkorlik oliy maktabi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: elektron savdo tizimida iste’molchilarning emosional reaksiyalari va xulq-atvorini chuqur tahlil qilish asosida neyromarketing konsepsiyalarini qo‘llash orqali savdo samaradorligini oshirish va mijozlar tajribasini raqamli muhitda takomillashtirishga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “raqamli savdo tizimida brendni shakllantirish” tushunchasining iqtisodiy mazmuni raqamli savdo kanallarida integrasiyalashgan marketing jarayonini brendni yaratishga bog‘liq intellektual, kommunikativ va texnologik elementlar majmuini ifodalovchi nomoddiy aktivlar tizimi nuqtai nazaridan takomillashtirilgan;
brendni shakllantirishga xizmat qiluvchi marketing innovasiyalari tarkibiy elementlarining funksional integrasiyasini shakllantiruvchi “marketing innovasiyalari sinergiyasi” konsepsiyasi asosida neyromarketing (NM=0,48), “katta ma’lumotlar” (BD=0,24), moliyaviy texnologiyalar (FT=0,17), ijtimoiy tarmoqlar orqali marketing (SMM=0,11) elementlari o‘rtasidagi maqbul nisbatni ta’minlash asoslangan;
raqamli savdo muhitida iste’molchilarning xatti-harakatlari, emosional reaksiyalari va qaror qabul qilish jarayonlarini tahlil qilishda sun’iy intellekt, biometrik ma’lumotlar va kognitiv psixologiya yutuqlarini integrasiya qiluvchi “gibrid neyromarketing” modeli asosida iste’molchilarning savdoga oid xatti-harakatlarini belgilab beruvchi omillarning faol ta’siri diapazoni (85-90%) aniqlangan;
raqamli savdo sharoitida brendlarni shakllantirishning neyromarketing prognozlash modeli iste’molchilarning hissiy va fiziologik reaksiyalarini chuqur tahlil qilish, xatti-harakatlarini oldindan bashorat qilish hamda brendga bo‘lgan emosional munosabatini besh bosqichli algoritmik yondashuvga asoslangan baholash orqali takomillashtirilgan;
O‘zbekistonda raqamli savdo sharoitida brendlar rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni tavsiflovchi ekonometrik modellashtirish asosida marketing innovasiyalarini brendlarga ta’sirining 2030 yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Raqamli iqtisodiyot sharoitida elektron savdoni neyromarketing konsepsiyalari asosida takomillashtirish borasida ishlab chiqilgan ilmiy taklif va tavsiyalar asosida:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “raqamli savdo tizimida brendni shakllantirish” tushunchasining iqtisodiy mazmunini raqamli savdo kanallarida integrasiyalashgan marketing jarayonini brendni yaratishga bog‘liq intellektual, kommunikativ va texnologik elementlar majmuini ifodalovchi nomoddiy aktivlar tizimi nuqtai nazaridan takomillashtirishga oid nazariy va uslubiy materiallardan oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun tavsiya etilgan «Marketing» darsligini tayyorlashda foydalanilgan (Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektorining 2023 yil 21 dekabrdagi 387-son buyrug‘i). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi natijasida marketing yoʻnalishidagi talabalarda va boshqa manfaatdor tomonlar uchun nazariy bilimlarni yanada chuqurlashtirish imkoni yaratilgan;
brendni shakllantirishga xizmat qiluvchi marketing innovasiyalari tarkibiy elementlarining funksional integrasiyasini shakllantiruvchi “marketing innovasiyalari sinergiyasi” konsepsiyasi asosida neyromarketing (NM=0,48), “katta ma’lumotlar” (BD=0,24), moliyaviy texnologiyalar (FT=0,17), ijtimoiy tarmoqlar orqali marketing (SMM=0,11) elementlari o‘rtasidagi maqbul nisbatni ta’minlash taklifi O‘zbekiston Respublikasi savdo-sanoat palatasi amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi savdo-sanoat palatasining 2025 yil 22 maydagi №04-07-27-5409-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida marketing kompaniyalarini mijozlarning hissiy holatiga moslashtirish orqali sotuvlarni 20-30% ga oshirishga, reklama berishda aniq segmentasiya qilish hisobiga marketing byudjeti samaradorligini 25-30% ga oshirishga, korxonalar o‘z mijozlar bazasini 20-30 foizga kengaytirishga erishilgan;
raqamli savdo muhitida iste’molchilarning xatti-harakatlari, emosional reaksiyalari va qaror qabul qilish jarayonlarini tahlil qilishda sun’iy intellekt, biometrik ma’lumotlar va kognitiv psixologiya yutuqlarini integrasiya qiluvchi “gibrid neyromarketing” modeli asosida iste’molchilarning savdoga oid xatti-harakatlarini belgilab beruvchi omillarning faol ta’siri diapazoni (85-90%)ni aniqlash taklifi O‘zbekiston Respublikasi savdo-sanoat palatasi amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi savdo-sanoat palatasining 2025 yil 22 maydagi 04-07-27-5409-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifni amaliyotga joriy etilishi natijasida omnikanal strategiyani joriy etgan korxonalarda mijozlarning qayta xarid qilish 15-25 foizga, shuningdek, onlayn va oflayn savdoni uyg‘un yuritish natijasida yillik umumiy daromad 20-25 foizga oshgan;
raqamli savdo sharoitida brendlarni shakllantirishning neyromarketing prognozlash modeli iste’molchilarning hissiy va fiziologik reaksiyalarini chuqur tahlil qilish, xatti-harakatlarini oldindan bashorat qilish hamda brendga bo‘lgan emosional munosabatini besh bosqichli algoritmik yondashuvga asoslangan baholash orqali takomillashtirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi savdo-sanoat palatasi amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi savdo-sanoat palatasining 2025 yil 22 maydagi 04-07-27-5409-son ma’lumotnomasi). Mazkur takliflarni amaliyotga joriy etilishi natijasida mijozlarning qayta sotib olish ko‘rsatkichlari 10-15% ga oshgan, onlayndagi ijobiy fikrlar ulushi esa 80% ga oshishiga erishilgan;
O‘zbekistonda raqamli savdo sharoitida brendlar rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni tavsiflovchi ekonometrik modellashtirish asosida marketing innovasiyalarini brendlarga ta’sirining 2030 yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlari O‘zbekiston Respublikasi savdo-sanoat palatasida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi savdo-sanoat palatasining 2025 yil 22 maydagi 04-07-27-5409-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikni amaliyotga joriy etish natijasida korxonalarda mijozlarni ushlab qolish 45 foizga, samaradorlik 30 foizga, sotish xajmini 40 foizga oshirishga erishilishi aniqlangan.