Sayt test rejimida ishlamoqda

Qudratov Akmaljon Mirzatillaevichning

fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Oqava suvlarni tozalash uchun mahalliy xomashyolar asosida yuqori samarador sorbentlarni yaratish», 11.00.05–Atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish (kimyo fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.2.DSc/K57.

Ilmiy maslahatchi: [Salimov Zokirjon Salimovich], texnika fanlari doktori, professor, akademik.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: «Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi instituti» DK.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya instituti, DSc.28.03.2018.K/T.04.02.

Rasmiy opponentlar: Kulmatov Rashid Anorovich, kimyo fanlari doktori, professor; Kuldasheva Shaxnoza Abdulazizovna, kimyo fanlari doktori, katta ilmiy xodim; Qodirov Xasan Irgashevich, texnika fanlari doktori, dotsent.

Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat texnika universiteti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: oqava suvlarni og‘ir metallardan, radioaktiv elementlardan va neft` mahsulotlaridan tozalash uchun mahalliy tabiiy mineral, uglerodli va ikkilamchi organik resurslar asosida yuqori samarador import o‘rnini bosuvchi sorbsion-ion almashuvchi materiallar yaratishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

ilk bor oqava suvlarni tozalash uchun mo‘ljallangan karbonatli paligorskit tuprog‘i asosidagi sorbentlar yaratilgan, ularning fizik-kimyoviy xossalarini boshlang‘ich mahsulotni kislotali-termik, suvli-termik faollashtirish (modifikatsiyalash)ga nisbatan bog‘liqligi aniqlangan;

kislotali-termik modifikatsiyalash bilan karbonatli paligorskit tuprog‘idagi SiO2 miqdorining ortishi olingan sorbentlarni termik 850oS harorat va 5 daqiqa vaqt mobaynidagi modifikatsiyalashda kristal panjaraning buzilishi va karbonatlarni parchalanishi bilan CO2 ning ajralib chiqishi, tabiiy mikrostrukturaning g‘ovaklanishi sodir bo‘lishi va zarur almashish hajmi, zichlik, solishtirma yuzaga ega bo‘lishi aniqlangan;

mahalliy o‘simlik chiqitlari, qo‘ng‘ir va toshko‘mirlar asosda yuqori mustahkam, sorbsion-ion almashuvchi xossaga ega bo‘lgan faollangan ko‘mirlar (FK), sul`foko‘mir ishlab chiqarish usullari yaratilgan;

ilk bor almashish hajmi 10 mg-ekv/g bo‘lgan sellyulozaning fosforli efiri (SFE) yaratilgan hamda boshlang‘ich sellyulozani ajralishiga ta’sir qiluvchi omillar, olingan ion almashuvchining almashish hajmiga harorat, eterifikatsiya vaqti va fosfor kislotasi miqdorining ta’siri aniqlangan;

ilk bor polimer (sellyulozaning fosforli efiri va poliakrilonitril) matrisaning sirt faol markazlarining o‘zaro (geterogen) ta’sirlashishi tabiati va xossalari aspektlari isbotlangan;

almashish hajmi 0,1n NaON bo‘yicha 11,12 mg-ekv/g, 0,1n NSl bo‘yicha 3,1 mg-ekv/g gacha bo‘lgan poliamfolit yaratilgan;

poliamfolitni turli anion va metal kationlari, radioaktiv elementlar, shuningdek neft` mahsulotlarini nisbatan kichik zichlik darajasi, yuqori solishtirma yuzasi va boshqa ko‘rsatkichlar asosiy kinetik qonuniyatlari va sorbsiyalanish mexanizmlari aniqlangan;

yaratilgan sorbsion materiallarni suvdagi har xil tabiatli metal ionlari, radioaktiv elementlar hamda neft` mahsulotlariga nisbatan selktivligi aniqlangan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Oqava suvlarni og‘ir metallardan, radioaktiv elementlardan va neft` mahsulotlaridan tozalash uchun mahalliy tabiiy mineral, uglerodli va ikkilamchi organik resurslar asosida yuqori samarador import o‘rnini bosuvchi sorbsion materiallar yaratish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:

paligorskit asosida sorbent olish usuliga O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiro patenti olingan (№IAP 03043, 2006 y.). Natijada oqova suvlarni og‘ir metall ionlaridan tozalashda qo‘llash mumkin bo‘lgan sorbent olish imkonini bergan;

oqava suvlarni neft` mahsulotlaridan bosqichma-bosqich tozalashning yangi texnologiyasi «Muborak GQIZ» UKda amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining 2018 yil 28 maydagi 03-03/2-2635-son ma’lumotnomasi). Natijada yuqori samarador sorbentlardan foydalanib, suvni neft` mahsulotlaridan tozalashning birinchi bosqichida 70–80%dan yuqori bo‘lish va ikkinchi bosqichida 100%gacha ortish imkonini bergan;

texnik yod olishda erosti sanoat suvlarni neft` mahsulotlaridan tozalash texnologiyasi «Buxoro-yod» MChJda amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasining 2018 yil 28 maydagi 04/10-son ma’lumotnomasi). Natijada mahalliy sorbentlar yordamida suvlarni neft` mahsulotlaridan tozalab, texnologiyadagi mashina va jihozlarni ish unumdorligini oshirish imkonini bergan;

atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha nazariy va texnologik ishlanmalari «Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi instituti» DKda amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasining 2018 yil 28 maydagi 04/10-son ma’lumotnomasi). Natijada er osti suvlaridan og‘ir metall ionlari, radioaktiv elementlar va neft mahsulotlarini ajratib olishda mahalliy, yuqori samarador sorbsion materiallardan foydalanish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish