Usmonova Kumush Baxodir qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): Bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarida refleksivlik kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasi
13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (ingliz tili).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Ped7564
Ilmiy rahbar: Maxmudova Muyassar Maxmudovna pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat chet tillar instituti, PhD.03/30.12.2019.Fil.83.01
Rasmiy opponentlar: Abdullaeva Lola Tohirovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dotsent, Olimov Shirinboy Sharofovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarida refleksivlik kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarining refleksivlik kompetensiyalarining mazmuni, tarkibiy tuzilmasi hamda uning ingliz tilini o‘qitish jarayonidagi didaktik va metodik vazifalari tizimli tahlil asosida ilmiy-nazariy jihatdan asoslangan;
internet-ijtimoiylashuv sharoitida ta’limiy muhitini loyihalash maqsadida refleksivlik kompetensiya tuzilmasining tashkiliy va funksional komponentlari mazmuni, mezonlari va ko‘rsatkichlari aniqlashtirilib, “self-video reflection”, “raqamli refleksiv portfel” texnologiyalari hamda “refleksiv kundalik” va “Maqsad–Amal–Natija” tahlili kabi metodlarni integratsiyalash orqali nazariy-metodologik model takomillashtirilgan;
refleksivlik kompetensiyalarni rivojlantirishning pedagogik va didaktik shart-sharoitlari tahlil qilinib, o‘qitish jarayonida uchraydigan muammolarni bartaraf etish uchun refleksiv-dialogik mashqlar tizimi hamda raqamli refleksiv portfelga asoslangan metodik yondashuv yaratilgan;
ingliz tili ta’limi jarayonida talabalarning refleksivlik kompetensiyalarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan, raqamli ta’lim platformalari (Kahoot, Mentimeter, Padlet, Zoom, MS Teams, Google Meet) asosida autentik amaliy topshiriqlar tizimi, axborot-didaktik ta’minot va ilmiy-metodik tavsiyalar integratsiyasiga tayangan innovatsion didaktik yondashuv ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ingliz tili kontekstida filologiya yo‘nalishi talabalarining refleksiv komretensiyalarini rivojlantirishning ahamiyati bo’yisha olingan ilmiy natijalar asosida:
bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarining refleksivlik kompetensiyalarining mazmuni, tarkibiy tuzilmasi hamda uning ingliz tilini o‘qitish jarayonidagi didaktik va metodik vazifalari tizimli tahlil asosida ilmiy-nazariy jihatdan asoslab berilganligiga oid taklif va tavsiyalardan Samarqand davlat chet tillar institutida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 12-dekabrdagi 2/24-4/7-690-sonli xatiga asosan 2022-2024-yillarda amalga oshirilgan va Toshkent shahridagi AQSh elchixonasi hamda Xalqaro ta’lim bo‘yicha Amerika Kengashi bilan hamkorlikda AQSh davlat departamenti tomonidan moliyalashtiriladigan “English Access Microscolarship Program” xalqaro loyihani amalga oshirishda foydalanilgan (2025-yil 18-aprel 1119/02 sonli ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarning refleksivlik tushunchasi, uning ta’lim jarayonidagi o‘rni va ahamiyati asoslab berilgan holda mazkur jarayonning psixologik-pedagogik xususiyatlari aniqlashtirilib, talabalarning refleksiv ko‘nikmalari, kommunikativ kompetentligini oshirishga oid bilimlari rivojlantirilgan (2025-yil 18-aprel 1119/02 sonli ma’lumotnomasi);
internet-ijtimoiylashuv sharoitida ta’limiy muhitini loyihalash maqsadida refleksivlik kompetensiya tuzilmasining tashkiliy va funksional komponentlari mazmuni, mezonlari va ko‘rsatkichlari aniqlashtirilib, “self-video reflection”, “raqamli refleksiv portfel” texnologiyalari hamda “refleksiv kundalik” va “Maqsad–Amal–Natija” tahlili kabi metodlarni integratsiyalash orqali nazariy-metodologik model takomillashtirishga oid taklif va tavsiyalardan “Samarqand viloyati teleradiokanali” DM teleradiodasturlarini tayyorlashda manba sifatida qabul qilingan. Dissertatsiya ilmiy xuloslaridan 2025-yil 6-may kuni “Samarqand” radiokanalida efirga uzatilgan “Kun mavzusi” nomli eshittirishi ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan. Natijada, chet tili talabalarning refleksivlik kompetensiyalarini rivojlantirish modeli refleksiv va kompetensiyaviy yondashuv asosida kommunikativlik va refleksiv ko‘nikmalarini rivojlantirishning pedagogik jarayon modeli takomillashtirilgan (2025-yil 6-may 118-sonli ma’lumotnomasi);
refleksivlik kompetensiyalarni rivojlantirishning pedagogik va didaktik shart-sharoitlari tahlil qilinib, o‘qitish jarayonida uchraydigan muammolarni bartaraf etish uchun refleksiv-dialogik mashqlar tizimi hamda raqamli refleksiv portfelga asoslangan metodik yondashuv yaratilib, ta’lim jarayoni amaliyotiga tadbiq etishga oid ma’lumotlar Qarshi davlat universitetida 2021-2-23- yillarda amalga oshirilgan SUZ-800-21GR-3181 “Reinforcing English Language competence Karshi State University” nomli xalqaro grant loyihasi doirasida foydalanilgan. Natijada, ushbu loyiha doirasida yaratilgan ishlanmalar ingliz tili ta’limi jarayonida talabalarning refleksivlik kompetensiyalarini rivojlantirishga xizmat qiluvchi innovatsion axborot-didaktik resurslar va metodik ta’minotni takomillashtirishga hamda mazmunan boyitishga sezilarli hissa qo‘shdi (2025-yil 19-aprel 04/1480-sonli ma’lumotnomasi);
ingliz tili ta’limi jarayonida talabalarning refleksivlik kompetensiyalarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan, raqamli ta’lim platformalari (Kahoot, Mentimeter, Padlet, Zoom, MS Teams, Google Meet) asosida autentik amaliy topshiriqlar tizimi, axborot-didaktik ta’minot va ilmiy-metodik tavsiyalar integratsiyasiga tayangan innovatsion didaktik yondashuv ishlab chiqilishiga oid ma’lumotlar Qarshi davlat universitetida 2021-2-23-yillarda amalga oshirilgan SUZ-800-21GR-3181 “Reinforcing English Language competence Karshi State University” nomli xalqaro grant loyihasi doirasida foydalanilgan. Natijada, bu raqamli ta’lim platformalari asosida talabalarning refleksivlik kompetensiyalarini rivojlantirishning axborot-didaktik
ta’minotini boyitishga xizmat qilgan (2025-yil 19-aprel 04/1480-sonli ma’lumotnomasi).