Komilov Avazbek Bokijonovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.    Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: «Prokuratura organlarining qonunlar ijrosi ustidan nazorat faoliyatida huquqiy vositalarni qo‘llashdagi muammolar va takomillashtirish masalalari», «12.00.07 – Sud hokimiyati. Prokuror nazorati. Huquqni muhofaza qilish faoliyatini tashkil etish. Advokatura».
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.DSc/Yu234 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi, DSc.31/31.12.2020.Yu.67.01.
Rasmiy opponentlar: yuridik fanlar doktori, professor Mamasiddiqov Muzaffarjon Musajonovich, yuridik fanlar doktori, professor Djuraev Ixtiyor Baxtiyorovich, yuridik fanlar doktori, professor Davlyatov Valisher Xakimjanovich
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Sud`yalar oliy kengashi huzuridagi Odil sudlov akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqot maqsadi prokuratura organlarining qonunlar ijrosi ustidan nazorat faoliyatida huquqiy vositalarni qo‘llashdagi muammolarni bartaraf etish va prokuror huquqiy vositalarini takomillashtirishga oid ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
aniqlangan qonun buzilishi holatlariga zudlik bilan barham berish haqidagi prokuror talabini o‘z ichiga olgan “prokuror talabnomasi” nazorat hujjatini qo‘llash vakolatini prokuratura organlariga berish zarurligi ilmiy asoslantirilgan;
qonunlar ijrosi ustidan prokuror nazorati tadbirlari va ularning natijasi bo‘yicha qo‘llanilgan prokuror nazorati hujjatlarini Bosh prokuraturaning yagona axborot tizimida jamlash lozimligi asoslab berilgan;
prokuror nazorati tadbirlari mobaynida er uchastkalariga bo‘lgan huquqning vujudga kelishi uchun asos bo‘lgan hujjatlarni, shuningdek, mulkiy huquqlarni vujudga kelishi uchun asos bo‘lgan ma’muriy hujjatlarni bekor qilish haqida protest keltirish amaliyotidan voz kechish zarurligi ilmiy asoslangan;
prokuror nazorati tadbirlari mobaynida mulk dahlsizligi va erni tasaruf etish bilan bog‘liq mahalliy davlat hokimiyati organlarining ma’muriy hujjatlariga nisbatan protest keltirmasdan, ularni bekor qilish yoki haqiqiy emas deb topish haqida belgilangan tartibda sudlarga ariza kiritish amaliyotidan foydalanish maqsadga muvofiqligi ilmiy isbotlangan;
prokuror tekshiruvini tashkil etish va o‘tkazishga doir, shu jumladan, prokuror tekshiruvi tushunchasi, tekshiruv o‘tkazish muddatlari, tekshiruvda mutaxassislar ishtiroki kabi muhim masalalarni “Prokuratura to‘g‘risida”gi Qonunda tartibga solish zarurligi ilmiy asoslangan;
moddiy javobgarlik to‘g‘risida ish qo‘zg‘atish haqidagi prokuror qarorini qo‘llash asoslari va uni ko‘rib chiqish muddatlarini “Prokuratura to‘g‘risida”gi Qonunga kiritish lozimligi asoslab berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Tadqiqot asosida olingan natijalar quyidagilarda o‘z ifodasini topgan:
aniqlangan qonun buzilishi holatlariga zudlik bilan barham berish haqidagi prokuror talabini o‘z ichiga olgan “prokuror talabnomasi” nazorat hujjatini qo‘llash vakolatini prokuratura organlariga berish zarurligi haqidagi taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil    24 maydagi “Yoqilg‘i-energetika sohasida davlat nazorati mexanizmlarini takomillashtirish va “Raqamli energonazorat” tizimini joriy etish to‘g‘risida”gi PF-77-sonli Farmoni 5-bandi 2-xatboshisini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining 2025 yil 24 martdagi 30/71-25-son dalolatnomasi). Ushbu taklif prokuror vakolatlarini kuchaytirish orqali qonunlar ijrosi ustidan nazorat samaradorligi va ta’sirchanligini kuchaytirishga xizmat qilgan; 
qonunlar ijrosi ustidan prokuror nazorati tadbirlari va ularning natijasi bo‘yicha qo‘llanilgan prokuror nazorati hujjatlarini Bosh prokuraturaning yagona axborot tizimida jamlash lozimligi haqidagi taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 24 maydagi yildagi “Yoqilg‘i-energetika sohasida davlat nazorati mexanizmlarini takomillashtirish va “Raqamli energonazorat” tizimini joriy etish to‘g‘risida”gi PF-77-sonli Farmoni 7-bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining 2025 yil 24 martdagi 30/71-25-son dalolatnomasi). Mazkur taklif prokuror nazorati tadbirlari va ularning natijasi bo‘yicha qo‘llanilgan prokuror nazorati hujjatlarini yagona axborot bazasida jamlash orqali hisobot tizimini tartibga solishga xizmat qilgan;
prokuror nazorati tadbirlari mobaynida er uchastkalariga bo‘lgan huquqning vujudga kelishi uchun asos bo‘lgan hujjatlarni, shuningdek, mulkiy huquqlarni vujudga kelishi uchun asos bo‘lgan ma’muriy hujjatlarni bekor qilish haqida protest keltirish amaliyotidan voz kechish zarurligi haqidagi taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 24 avgustdagi “Mulk huquqining daxlsizligini ishonchli himoya qilish, mulkiy munosabatlarga asossiz aralashuvga yo‘l qo‘ymaslik, xususiy mulkning kapitallashuv darajasini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-198-sonli Farmoni 1-bandi a-kichik bandi 2-xatboshisi va 1-bandi   v-kichik bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining 2025 yil 24 martdagi 30/72-25-son dalolatnomasi). Ushbu taklif mulkiy huquqlarning ishonchli himoyasini yaratish, ushbu huquqlarni cheklayotgan omillarni bartaraf etish bo‘yicha vazifalar ijrosini ta’minlashga xizmat qilgan;
prokuror nazorati tadbirlari mobaynida mulk dahlsizligi va erni tasaruf etish bilan bog‘liq mahalliy davlat hokimiyati organlarining ma’muriy hujjatlariga nisbatan protest keltirmasdan, ularni bekor qilish yoki haqiqiy emas deb topish haqida belgilangan tartibda sudlarga ariza kiritish amaliyotidan foydalanish maqsadga muvofiqligi haqidagi taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining 2022 yil    31 avgustdagi 7/12-22-101-sonli Ko‘rsatmasi 2-bandi 1-xatboshisi va 2-bandi 3-xatboshisida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining 2025 yil 24 martdagi 30/70-25-son dalolatnomasi). Mazkur taklifning qabul qilinishi prokuror protestini qo‘llash asoslarini yanada aniqlashtirish imkonini bergan;
prokuror tekshiruvini tashkil etish va o‘tkazishga doir, shu jumladan, prokuror tekshiruvi tushunchasi, tekshirish o‘tkazish muddatlari, tekshirishda mutaxassislar ishtiroki kabi muhim masalalarni “Prokuratura to‘g‘risida”gi Qonun bilan tartibga solish lozimligi haqidagi taklifidan O‘zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi “Prokuratura to‘g‘risida”gi konstitusiyaviy Qonun loyihasining 47-moddasining 4 va 5-qismlari, 48-moddasining 3 va 9-qismlarini ishlab chiqishda inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining 2025 yil 20 martdagi 27/2-60-25-son dalolatnomasi). Mazkur taklif prokuror tekshiruvini tashkil etish va o‘tkazish bilan bog‘liq muhim masalalarni qonun bilan tartibga solish imkonini beradi;
moddiy javobgarlik to‘g‘risida ish qo‘zg‘atish haqidagi prokuror qarorini qo‘llash asoslari va uni ko‘rib chiqish muddatlarini “Prokuratura to‘g‘risida”gi Qonunda batafsil belgilash lozimligi haqidagi taklifidan O‘zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi “Prokuratura to‘g‘risida”gi konstitusiyaviy Qonun loyihasining 80-moddasi 2-qismini ishlab chiqishda inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining 2025 yil 20 martdagi 27/2-60-25-son dalolatnomasi). Mazkur taklifning qabul qilinishi moddiy javobgarlik to‘g‘risida ish qo‘zg‘atish haqidagi prokuror qarorini qabul qilish asoslari va muddatlarini qonun bilan tartibga solish imkonini beradi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish