Shermuxamedova Feruza Kabiljanovnaning 
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Semizlikda o‘tkir serebrovaskulyar kasalliklar patogenezida klinik-immunologik va metabolik o‘zgarishlarning ahamiyati», 14.00.13-Nevrologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.DSc/Tib803.
Ilmiy konsul`tant: Muratov Faxmiddin Xayriddinovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.04/05.05.2023.Tib.30.04.
Rasmiy opponentlar: Alikulova Nigora Abdukadirovna tibbiyot fanlari doktori, professor; Urinov Muso Boltaevich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Djurabekova Aziza Toxirovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: S.D.Asfandiyor nomidagi Qozog‘iston milliy tibbiyot universiteti.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik. 
II.Tadqiqotning maqsadi: semizlikda o‘tkir serebrovaskulyar kasallikning kliniko-nevrologik va immunogenetik xususiyatlarini o‘rganish va ularni davolashda differensial yondashuvlarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
semizligi bo‘lgan ayollarda yuqori tana vazni indeksi bilan birgalikda kechuvchi og‘ir metabolik va gemodinamik buzilishlarni ishemik insul`t rivojlanishidagi patogenetik o‘rni aniqlangan;
ilk bor semizlik va semizliksiz o‘zbek millatiga mansub ishemik insul`t rivojlangan bemorlarda IL-17 geni G197A, IL1b geni T-31C, TNF-a geni G308A, TLR-9 geni T1237C va TLR-2 geni G2258A genotip polimorfizmining G/G genotiplari uchrash chastotasi aniqlangan;
IL17A geni G197A polimorf variantlarining assotsiatsiyasi A/A variantli gomozigota genotip (OR=6,31) va G/A geterozigota (OR=2,61) genotipli bemorlarda ishemik insul`t rivojlanish xavfini oshirishi, G/G genotip protektiv marker ekanligi isbotlangan;
G/A geterozigota genotipli G197A IL17A geni polimorfizmi assotsiatsiyasi braxiotsefal arteriyalarni og‘ir va kritik darajadagi stenozi o‘zaro bog‘liqligi semizlikda ishemik insul`t rivojlanish xavfini 1,8 marttaga (OR=8,94) oshirishi aniqlangan;
klinik, laborator va molekulyar-genetik omillarni integratsiyalash asosida semizligi bo‘lgan bemorlarda ishemik insul`t og‘irligining prognostik modelini prognostik qiymatni (AUC>0,80) ko‘rsatdi, bu esa bemorlarni xavf darajasi bo‘yicha farqlash va davolash taktikasini optimallashtirishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Semizlikda o‘tkir serebrovaskulyar kasallikning kliniko-nevrologik va immunogenetik xususiyatlarini o‘rganish hamda ularni davolashga differensiallashtirilgan yondashuvlarni ishlab chiqish buyicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: semizligi bo‘lgan ayollarda yuqori tana vazni indeksi bilan birgalikda kechuvchi og‘ir metabolik va gemodinamik buzilishlarni ishemik insul`t rivojlanishidagi patogenetik o‘rni aniqlanganligi bo‘yicha takliflar Sog‘liqni saqlash vazirligining ekspert kengashi tomonidan 2023 yil 23 noyabr` 11-23/210-t- son bilan tasdiqlangan «Ojirenie i ostrie serebrovaskulyarnie narusheniya» va 2024 yil 9 aprelda 04-24/120-x-son bilan tasdiqlangan «Algoritm diagnostiki i kompleksnoy terapii ostrix serebrovaskulyarnix narusheniy pri ojirenii» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur takliflar Buxoro viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha 26.12.2023 yildagi 118-son, va Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinika intensiv terapiya bo‘limi 25.12.2023 yildagi 186-son, Respublika ilmiy shoshilinch tibbiy yordam Namangan filiali 18.03.2024 yildagi №64/1 va Respublika xirurgik angionevrologiya ixtisoslashtirilgan markazi №21, 18.03.2024 amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 7 iyul` 21-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: immunogenetik omillar (IL-17, IL1β, TNF-α, TLR-9, TLR-2 genlar polimorfizmlari) va semizlikka ega bemorlarda ishemik insul`t rivojlanish xavfi o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik aniqlanishi va isbotlanishi insul`tni tashhislash va profilaktikasida shaxsiylashtirilgan yondashuvni shakllantirishga asos bo‘ldi. Differensial tashhislash Algoritmi yuqori genetik xavfga ega bo‘lgan shaxslarni erta aniqlashni ta’minlaydi, bu esa xavf omillarini o‘z vaqtida davolash, nogironlikni oldini olish va o‘lim holatlarini kamaytirishga yordam beradi. Profilaktika va davolashda individual tibbiy xizmat ko‘rsatish sifatini oshiradi hamda uzoq muddatli nevrologik prognozni yaxshilaydi, bu ayniqsa metabolik buzilishlarga ega mehnatga layoqatli aholi qatlami uchun juda dolzarb hisoblanadi. Iqtisodiy samaradorligi: semizlikka ega bemorlarda O‘SVK holatlarida genetik skrining va individual davolash Algoritmini joriy etish yuqori xarajatli statsionar yordam harajatlarini optimallashtirish, intensiv terapiya bo‘limlarida yotish muddatini qisqartirish va og‘ir asoratlar hamda qayta insul`tlar sonini kamaytirish imkonini beradi. Dastlabki hisob- kitoblarga ko‘ra, taklif etilgan yondashuvlarni amalga oshirish har bir bemorga to‘g‘ri keluvchi 1200000 so‘mgacha iqtisodiy samara beradi, bu esa uzoq muddatli reabilitatsiya, qayta gospitalizatsiya va ikkinchi darajali davolash ehtiyojini kamaytirish hisobiga erishiladi. Bo‘shagan resurslar ambulator xizmatlarni rivojlantirish, profilaktik tadbirlar o‘tkazish va genetik maslahat xizmatlarini kengaytirishga yo‘naltirilishi mumkin. Ushbu ilmiy yangilikni klinik amaliyotga joriy etish semizlik fonidagi O‘SVKga ega bemorlarga tibbiy yordam ko‘rsatishni samarali va iqtisodiy jihatdan asoslangan modelini shakllantirishga xizmat qiladi. Xulosa: bu erta tashhislash va individual davolash imkoniyatlarini kengaytiradi, shuningdek, yuqori metabolik xavfli populyasiyada insul`t bilan bog‘liq iqtisodiy va ijtimoiy yo‘qotishlarni barqarorligini ta’minlaydi.
ikkinchi ilmiy yangilik: ilk bor semizlik va semizliksiz o‘zbek millatiga mansub ishemik insul`t rivojlangan bemorlarda IL-17 geni G197A, IL1b geni T-31C, TNF-a geni G308A, TLR-9 geni T1237C va TLR-2 geni G2258A genotip polimorfizmining G/G genotiplarning uchrash chastotasi aniklandi. Olingan ma’lumotlar immunogenetik omillar insul`t rivojlanishi xavfini oshirishi bilan birga, kasallik og‘irlik darajasini shakllanishida ham ishtirok etib, bu holat tizimli yallig‘lanish, aterogen jarayonlar va miyada qon aylanishini buzilishi bilan bog‘liq ekanligini tasdiqlaydi. Bu natijalar metabolik sindrom bilan bog‘liq insul`tning patogenetik mohiyatini yaxshiroq anglash imkonini yaratadigan takliflar Sog‘liqni saqlash vazirligining ekspert kengashi tomonidan 2023 yil 23 noyabr` 11-23/210-t-son bilan tasdiqlangan «Ojirenie i ostrie serebrovaskulyarnie narusheniya» va 2024 yil 9 aprelda 04-24/120-x-son bilan tasdiqlangan «Algoritm diagnostiki i kompleksnoy terapii ostrix serebrovaskulyarnix narusheniy pri ojirenii» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur takliflar Buxoro viloyati kup tarmokli tibbiet markazi bo‘yicha 26.12.2023 yildagi 118-son, va Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmokli klinika intensiv terapiya bo‘limi 25.12.2023 yildagi 186-son, Respublika ilmiy shoshilinch tibbiy yordam Namangan filiali 18.03.2024 yildagi №64/1 va Respublika xirurgik angionevrologiya ixtisoslashtirilgan markazi №21, 18.03.2024 amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 7 iyul` 21-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: yallig‘lanish va tug‘ma immun tizimi genlari polimorfizmlari semizlikda insul`t og‘irligi o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik klinik-genetik asosda bemorlarni startifikatsiya qilishga imkon berdi. Bu kasallikni og‘ir kechishi ehtimoli yuqori bo‘lgan shaxslarni erta aniqlash, davolash va agressiv profilaktika imkoniyatini yaratadi, natijada nogironlik va o‘lim holatlari kamayadi. Personallashtirilgan tibbiyotning ommalashuvi va tibbiy resurslarni manzilli taqsimlash imkoniyatlari oshadi. Iqtisodiy samaradorligi: genetik jihatdan noqulay profilga ega bemorlarni erta aniqlash, insul`tni og‘ir ko‘rinishlarini oldini olishga, intensiv davolash va shifoxonada bo‘lish muddatini qisqartirishga yordam beradi. Taxminiy hisob-kitoblarga ko‘ra, og‘ir insul`t bo‘lgan har bir bemor uchun sarf-xarajatlar 1500000 so‘mgacha kamayishi mumkin, bu reabilitatsiya, ijtimoiy yordam va mehnat qobiliyatini yo‘qotish bilan bog‘liq harajatlarni o‘z ichiga oladi. Bu mablag‘lar skrining dasturlari va xavf guruhidagi shaxslar uchun profilaktik tadbirlarga yo‘naltirilishi mumkin. Xulosa: mazkur ilmiy yangilikni amaliyotga joriy etish semizlik va insul`tni birga kechirayotgan bemorlar uchun xavfni baholash va boshqarishda sifat jihatdan yangi yondashuv yaratadi. Bu tibbiy yordamni manzillilashtirish, og‘ir asoratlarni kamaytirish, davolash samaradorligini oshirish va tibbiyot sohasidagi xarajatlarni optimallashtirishga yordam beradi.
uchinchi ilmiy yangilik: IL17A geni G197A polimorf variantlarining assotsiatsiyasi A/A variantli gomozigota genotip (OR=6,31) va G/A geterozigota (OR=2,61) genotipli bemorlarda ishemik insul`t rivojlanish xavfini oshirishi, G/G genotip esa prtektiv marker ekanligi isbotlandi. Olingan ma’lumotlar immunogenetik omillar insul`t rivojlanishi xavfini oshirishi bilan birga, kasallik og‘irlik darajasini shakllanishida ham ishtirok etib, bu holat tizimli yallig‘lanish, aterogen jarayonlar va miyada qon aylanishini buzilishi bilan bog‘liq ekanligini tasdiqlaydi. Bu natijalar metabolik sindrom bilan bog‘liq insul`tning patogenetik mohiyatini yaxshiroq anglash imkonini yaratadigan takliflar Sog‘liqni saqlash vazirligining ekspert kengashi tomonidan 2023 yil 23 noyabr` 11- 23/210-t-son bilan tasdiqlangan «Ojirenie i ostrie serebrovaskulyarnie narusheniya» va 2024 yil 9 aprelda 04-24/120-x-son bilan tasdiqlangan «Algoritm diagnostiki i kompleksnoy terapii ostrix serebrovaskulyarnix narusheniy pri ojirenii» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur takliflar Buxoro viloyati kup tarmokli tibbiet markazi bo‘yicha 26.12.2023 yildagi 118-son, va Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmokli klinika intensiv terapiya bo‘limi 25.12.2023 yildagi 186-son, Respublika ilmiy shoshilinch tibbiy yordam Namangan filiali 18.03.2024 yildagi №64/1 va Respublika xirurgik angionevrologiya ixtisoslashtirilgan markazi №21, 18.03.2024 amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 7 iyul` 21-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: yallig‘lanish va tug‘ma immun tizimi genlari polimorfizmlari semizlikda insul`t og‘irligi o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik klinik-genetik asosda bemorlarni startifikatsiya qilishga imkon berdi. Bu kasallikni og‘ir kechishi ehtimoli yuqori bo‘lgan shaxslarni erta aniqlash, davolash va agressiv profilaktika imkoniyatini yaratadi, natijada nogironlik va o‘lim holatlari kamayadi. Personallashtirilgan tibbiyotning ommalashuvi va tibbiy resurslarni manzilli taqsimlash imkoniyatlari oshadi. Iqtisodiy samaradorligi: genetik jihatdan noqulay profilga ega bemorlarni erta aniqlash, insul`tni og‘ir ko‘rinishlarini oldini olishga, intensiv davolash va shifoxonada bo‘lish muddatini qisqartirishga yordam beradi. Taxminiy hisob-kitoblarga ko‘ra, og‘ir insul`t bo‘lgan har bir bemor uchun sarf-xarajatlar 1500000 so‘mgacha kamayishi mumkin, bu reabilitatsiya, ijtimoiy yordam va mehnat qobiliyatini yo‘qotish bilan bog‘liq harajatlarni o‘z ichiga oladi. Bu mablag‘lar skrining dasturlari va xavf guruhidagi shaxslar uchun profilaktik tadbirlarga yo‘naltirilishi mumkin. Xulosa: mazkur ilmiy yangilikni amaliyotga joriy etish semizlik va insul`tni birga kechirayotgan bemorlar uchun xavfni baholash va boshqarishda sifat jihatdan yangi yondashuv yaratadi. Bu tibbiy yordamni manzillilashtirish, og‘ir asoratlarni kamaytirish, davolash samaradorligini oshirish va tibbiyot sohasidagi xarajatlarni optimallashtirishga yordam beradi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: G/A geterozigota genotipli G197A IL17A geni polimorfizmi assotsiatsiyasi braxiotsefal arteriyalarni og‘ir va kritik darajadagi stenozi o‘zaro bog‘liqligi semizlikda II xavfini 1,8 marttaga (OR=8,94) oshirishi aniqlangan isbotlandi. Olingan ma’lumotlar ushbu genetik variantlar bosh miya qon tomirlarida ateroskleroz jarayonining tez sur’atda rivojlanishiga olib keluvchi tomir mustahkamligining molekulyar-genetik markerlari sifatida qarash mumkinligini ko‘rsatdi. Bu ilmiy yangilik semizlik fonidagi O‘SVK patogenezini yanada chuqurroq anglashga yordam beradi hamda immunogenetik ko‘rsatkichlarni tomir xavfini baholash modellariga kiritish zarurligini asoslab berishi bo‘yicha takliflar Sog‘liqni saqlash vazirligining ekspert kengashi tomonidan 2023 yil 23 noyabr` 11-23/210-t-son bilan tasdiqlangan «Ojirenie i ostrie serebrovaskulyarnie narusheniya» va 2024 yil 9 aprelda 04-24/120-x-son bilan tasdiqlangan «Algoritm diagnostiki i kompleksnoy terapii ostrix serebrovaskulyarnix narusheniy pri ojirenii» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur takliflar Buxoro viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha 26.12.2023 yildagi 118-son, va Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinika intensiv terapiya bo‘limi 25.12.2023 yildagi 186-son, Respublika ilmiy shoshilinch tibbiy yordam Namangan filiali 18.03.2024 yildagi №64/1 va Respublika xirurgik angionevrologiya ixtisoslashtirilgan markazi №21, 18.03.2024 amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 7 iyul` 21-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: semizlikda magistral arteriyalarning og‘ir stenozlashgan shikastlanishlariga genetik moyillikni aniqlash insul`tning klinik belgilarini namoyon bo‘lishida yuqori xavf guruhlarini aniqlash imkonini beradi. Bu esa erta angiografik nazorat va profilaktik tadbirlarni amalga oshirishga (davolash, hayot tarzini o‘zgartirish, jarrohlik muolajalari) imkon yaratadi. Natijada nogironlik holati kamayishi, mehnatga layoqatlilik yoshini uzayishi va hayot sifatini yaxshilashga erishiladi. Iqtisodiy samaradorligi: braxiotsefal arteriyalar stenoz xavfi genetik asosda startifikatsiya qilish bemorlarni to‘g‘ri yo‘naltirishni optimallashtiradi, kechikib qilingan va qimmatbaho muolajalar (shu jumladan, shoshilinch trombolizis va reanimatsion yordam) dan qochishga yordam beradi, hamda qon-tomir og‘ir zararlanish tezligini kamaytiradi. Dastlabki baholashlar insul`tni oldini olish va shifoxonaga yotqizish, angioplastika hamda uzoq muddatli reabilitatsiya xarajatlarini kamaytirish orqali har bir bemorga to‘g‘ri keluvchi iqtisodiy samara 1800000 so‘mgacha etishi mumkin. Xulosa: ushbu ilmiy yangilikni amaliyotga joriy etish semizlikka chalingan bemorlarda molekulyar-genetik mexanizmlarga asoslangan yuqori aniqlikdagi qon-tomir xavfini baholash modelini shakllantirishga yordam beradi. Bu stenozlarni skrining qilish va ikkilamchi profilaktikaning samaradorligini oshiradi, sog‘liqni saqlash tizimiga tushadigan yukni kamaytiradi va insul`tgacha bo‘lgan bosqichlarda resurslardan manzilli foydalanish imkoniyatini ta’minlaydi.
beshinchi ilmiy yangilik: klinik, laborator va molekulyar-genetik omillarni integratsiyalash asosida semizligi bo‘lgan bemorlarda ishemik insul`t og‘irligining prognostik modelini prognostik qiymatni (AUC>0,80) ko‘rsatdi, bu esa bemorlarni xavf darajasi bo‘yicha farqlash va davolash taktikasini optimallashtirishi aniqlangan. Ushbu immunogenetik va metabolik kombinatsiyali bemorlarda insul`tni og‘ir kechishi, NIHSS, mRS va kognitiv funksiyalarini baholash shkalalari bo‘yicha dinamikada tiklanishi sekinlanishi aniqlandi. Bu esa ushbu genetik markerlarni semizlikda insul`tning erta boshlanishi va og‘ir kechishi uchun prediktor sifatida qarash imkonini beradigan takliflar Sog‘liqni saqlash vazirligining ekspert kengashi tomonidan 2023 yil 23 noyabr` 11-23/210-t-son bilan tasdiqlangan «Ojirenie i ostrie serebrovaskulyarnie narusheniya» va 2024 yil 9 aprelda 04-24/120-x-son bilan tasdiqlangan «Algoritm diagnostiki i kompleksnoy terapii ostrix serebrovaskulyarnix narusheniy pri ojirenii» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur takliflar Buxoro viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha 26.12.2023 yildagi 118-son, va Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinika intensiv terapiya bo‘limi 25.12.2023 yildagi 186-son, Respulika ilmiy shoshilinch tibbiy yordam Namangan filiali 18.03.2024 yildagi №64/1 va Respulika xirurgik angionevrologiya ixtisoslashtirilgan markazi №21, 18.03.2024 amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 7 iyul` 21-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: genetik markerlar insul`tni erta, og‘ir shakllari o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni aniqlash og‘ir kechish ehtimoli yuqori va kompensatsiya imkoniyatlari cheklangan bemorlarni alohida kategoriya sifatida ajratish imkonini beradi. Bu esa semizlik va o‘rganilgan polimorfizmlarga ega bemorlarni erta kuzatuv, nazorat va agressiv profilaktik tadbirlarni amalga oshirish asosini yaratadi. Bu o‘z navbatida birlamchi nogironlik darajasini pasaytiradi va nevrologik yordam sifatini oshiradi. Shu tariqa amaliyotda nogironlikni oldini olishga qaratilgan yuqori darajadagi tibbiy yondashuv joriy etiladi. Iqtisodiy samaradorligi: insul`tni og‘ir kechishiga moyil bemorlarni erta aniqlash uzoq muddatli reabilitatsiya, takroriy gospitalizatsiya va ijtimoiy xizmatlar harajatlarini kamaytirishga yordam beradi. Bir bemorga to‘g‘ri keladigan byudjet va byudjetdan tashqari mablag‘larni taxminiy tejalishi 2200000 so‘mni tashkil qiladi. Bu tiklanish davrining qisqarishi, mehnat qobiliyatini yo‘qotish, nogironlik nafaqasiga ehtiyojni kamayishi bilan bog‘liq. Boshqa resurslar xavf guruhlarida prospektiv monitoring va profilaktika dasturni kengaytirishga yo‘naltirilishi mumkin. Xulosa: ushbu ilmiy yangilikni amaliyotga joriy etish semizlikda insul`tni erta prognoz qilish va uni oldini olishga qaratilgan samarali tizimni shakllantirishga yordam beradi. Bu birlamchi profilaktikani sezilarli darajada oshiradi, davolash taktikasi optimallashtiriladi va insul`tning nojo‘ya oqibatlari bilan bog‘liq tibbiy, ijtimoiy va iqtisodiy xarajatlarni kamaytiradi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish