Qosimov Sarvarbek Maxammadshukur o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Chap tomonlama chambarsimon ichak o‘smasiz kasalliklarida jarrohlik taktikasini optimallashtirish», 14.00.27 – «Xirurgiya» (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: Â2024.3.PhD/Tib4982.
Ilmiy rahbar: Botirov Akramjon Qodiralievich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat tibbiyot instituti, DSc.04/30.12.2019.Tib.95.01.
Rasmiy opponentlar: Xodjimatov G‘ulomiddin Minxodjievich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Sattarov Oybek Toxirovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: xirurgik taktikani optimallashtirish orqali yo‘g‘on ichakning chap yarmidagi o‘smaga oid bo‘lmagan shoshilinch kasalliklarning asoratlarini davolash natijalarini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yo‘g‘on ichak chap yarim qismining o‘smaga oid bo‘lmagan urgent kasalliklari asoratlarida bajariladigan bir bosqichli radikal, palliativ tashrixlar va ichak stomalarini shakllantirishda asoratlarning tuzilishi, uchrash chastotasi, xususiyatlari va sabablari aniqlangan;
yo‘g‘on ichak chap yarim qismining o‘smasiz genezli shoshilinch kasalliklari asoratlarini xirurgik davolashda «oxirini-yonga» tamoyili bo‘yicha «cho‘ktiruvchi» choklar bilan shakllantiriluvchi kombinatsiyalangan «U-simon» stoma qo‘yish usuli takomillashtirilgan;
yo‘g‘on ichak chap yarim qismining o‘smaga oid bo‘lmagan urgent kasalliklarini tashxislash va davolashda eng maqbul usulni tanlash imkonini beruvchi tashxisot-davolash tartiboti ishlab chiqilgan;
yo‘g‘on ichak chap yarim qismining o‘smaga oid bo‘lmagan urgent kasalliklari asoratlarida bajariladigan bir bosqichli radikal, palliativ tashrixlar va ichak stomalarini shakllantirishda davolash natijalarini yaxshilashda maqbullashtirilgan xirurgik taktikaning klinik samaradorligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Xirurgik taktikani optimallashtirish orqali yo‘g‘on ichakning chap yarmidagi o‘smaga oid bo‘lmagan shoshilinch kasalliklarning asoratlarini davolash natijalarini yaxshilash bo‘yicha olib borilgan ilmiy-tadqiqot natijalari asosida:
birinchi ilmiy yangilik: yo‘g‘on ichak chap yarim qismining o‘smaga oid bo‘lmagan urgent kasalliklari asoratlarida bajariladigan bir bosqichli radikal, palliativ tashrixlar va ichak stomalarini shakllantirishda asoratlarning tuzilishi, uchrash chastotasi, xususiyatlari va sabablari aniqlanganligi Andijon davlat tibbiyot instituti Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 26 martda 6i-25/u-son bilan tasdiqlangan «Chap tomonlama o‘smasiz kasalliklarida jarrohlik taktikasini optimallashtirish» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Mazkur taklif Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Andijon filialining 03.06.2024 yildagi 118/1-son, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Farg‘ona filialining 07.07.2024 yildagi 79-son hamda Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Namangan filialining 20.06.2024 yildagi 136/3-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2025 yil 10 martdagi 13/20-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: ilmiy yangilikdan foydalanishda shoshilinch xolatlarida uchraydigan asoratlar rivojlanishini oldini olishga, bemorlarni davolash sifatini oshirishga shuningdek o‘lim ko‘rsatkichlarini kamaytirishga imkon beradi. Iqtisodiy samaradorligi: yo‘g‘on ichak chap yarim qismining o‘smaga oid bo‘lmagan kasalliklari asoratlarini davolashda ushbu ilmiy yangilikdan foydalanish kasallik asoratlarini oldini olish va adekvat davolash usulini qo‘llash xisobiga bemorlarning statsionarda bo‘lish muddatini o‘rtacha 12,8 kundan 6,4 kungacha qisqartirib, shifoxonada qolish to‘lov miqdori 2 mln. 300 ming so‘mga kamaytirgan; shifoxonada bo‘lish davrining bir necha kunga qisqartirilishi hisobiga dori-darmon kam talab etilgan. Xulosa: yotoq-o‘rin aylanmasi harajati kamayishi hisobiga bir nafar bemordan 2 mln. 300 ming so‘mni iqtisod qilish imkonini bergan.
ikkinchi ilmiy yangilik: yo‘g‘on ichak chap yarim qismining o‘smasiz genezli shoshilinch kasalliklari asoratlarini xirurgik davolashda «oxirini-yonga» tamoyili bo‘yicha «cho‘ktiruvchi» choklar bilan shakllantiriluvchi kombinatsiyalangan «U-simon» stoma qo‘yish usuli takomillashtirilganligi Andijon davlat tibbiyot instituti Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 26 martda 6i-25/u-son bilan tasdiqlangan «Chap tomonlama o‘smasiz kasalliklarida jarrohlik taktikasini optimallashtirish» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Mazkur taklif Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Andijon filialining 03.06.2024 yildagi 118/1-son, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Farg‘ona filialining 07.07.2024 yildagi 79-son hamda Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Namangan filialining 20.06.2024 yildagi 136/3-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2025 yil 10 martdagi 13/20-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: takomillashtirilgan jarrohlik aralashuvining hajmi va shikastlanishini sezilarli darajada kamayishiga, shuningdek peritonit va o‘limga olib keluvchi asoratlarni bartaraflashga imkon beradi. Iqtisodiy samaradorligi: ilmiy yangilikdan foydalanish hisobiga davolashga sarflangan harajatlarning pasayishi hisobiga 1 nafar bemor uchun (preyskurant bo‘yicha 1 kunlik yotoq o‘rin 210 ming so‘m) 1 mln. 344 ming so‘m iqtisod qilinishiga imkon bergan. Xulosa: ushbu ilmiy yangilikdan foydalanish natijasida sarflangan materiallar va dori vositalarini qisqartirish hisobiga bir nafar bemor uchun tadbiq ko‘lami bo‘yicha o‘rtacha 1 oyda 5 mln. 320 ming so‘mni iqtisod qilish imkonini beradi.
uchinchi ilmiy yangilik: yo‘g‘on ichak chap yarim qismining o‘smaga oid bo‘lmagan urgent kasalliklarini tashxislash va davolashda eng maqbul usulni tanlash imkonini beruvchi tashxisot-davolash tartiboti ishlab chiqilganligi Andijon davlat tibbiyot instituti Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 26 martda 6i-25/u-son bilan tasdiqlangan «Chap tomonlama o‘smasiz kasalliklarida jarrohlik taktikasini optimallashtirish» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Mazkur taklif Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Andijon filialining 03.06.2024 yildagi 118/1-son, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Farg‘ona filialining 07.07.2024 yildagi 79-son hamda Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Namangan filialining 20.06.2024 yildagi 136/3-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2025 yil 10 martdagi 13/20-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: ishlab chiqilgan tashxisot-davolash tartiboti, radikal operatsiyalardan so‘ng ichak jarrohligi bilan bog‘liq asoratlar chastotasini va umumiy asoratlarni statistik jihatdan sezilarli darajada kamaytirishga imkon beradi. Iqtisodiy samaradorligi: taklif etilgan tartibotni qo‘llash orqali 1 nafar bemorning shifoxonada qolish muddatini o‘rtacha 15,4 kundan 7,7 kungacha qisqartirishi xisobiga, dori-darmon kam talab etilgan. Xulosa: ushbu ilmiy yangilikdan foydalanish yotoq-o‘rin aylanmasi harajatlarining kamayishi hisobiga 1 mln. 617 ming so‘mni iqtisod qilish imkon beradi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: yo‘g‘on ichak chap yarim qismining o‘smaga oid bo‘lmagan urgent kasalliklari asoratlarida bajariladigan bir bosqichli radikal, palliativ tashrixlar va ichak stomalarini shakllantirishda davolash natijalarini yaxshilashda maqbullashtirilgan xirurgik taktikaning klinik samaradorligi asoslanganligi Andijon davlat tibbiyot instituti Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 26 martda 6i-25/u-son bilan tasdiqlangan «Chap tomonlama o‘smasiz kasalliklarida jarrohlik taktikasini optimallashtirish» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Mazkur taklif Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Andijon filialining 03.06.2024 yildagi 118/1-son, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Farg‘ona filialining 07.07.2024 yildagi 79-son hamda Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Namangan filialining 20.06.2024 yildagi 136/3-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2025 yil 10 martdagi 13/20-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: yo‘g‘on ichak chap yarim qismining o‘smasiz shoshilinch jarroxlik kasalliklarida bemorlarni davolashda tavsiya etilgan yondashuvlardan foydalanish jarrohlikdan keyingi hayot sifatini yaxshilashga va ushbu patologiyada o‘lim ko‘rsatkichlarini kamaytirishga yordam beradi. Iqtisodiy samaradorligi: ishlab chiqilgan usullarni tadbiq etish bemorlarning mehnat qobiliyatini tezroq tiklanishi hisobiga harajatlarni kamaytirishga, mehnat qobiliyatini yo‘qotgan bemorlar sonining 12,4% dan 2,6% ga qisqarishiga imkon berdi. Xulosa: bir nafar bemorni nogironlikning bir yillik pensiyasini hisoblash asosida nogironlikni kamaytirish bo‘yicha kutilayotgan bir yillik iqtisodiy samara 9 mln. 533 ming so‘mni tashkil qiladi.