Jumaeva Madina Faxritdinovnaning  
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Gepatorenal sindromli bemorlardagi kamqonlikning rivojlanish va klinik kechish xususiyatlari» 14.00.05 - Ichki kasalliklar (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: № B2024.1.PhD/Tib4233.
Ilmiy rahbar: Axmedova Nilufar Sharipovna, tibbiyot fanlari doktori, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc.04/30.04.2022.Tib.93.02.
Rasmiy opponentlar: Nurbaev Farmon Ergashovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Abdullaev Sherzod Saydullaevich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent. 
Yetakchi tashkilot: Qirg‘iziston davlat tibbiyot akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: gepatorenal sindrom mavjud bemorlarda kamqonlikning tarqalishi, klinik shakllarini baholash, rivojlanishiga olib keluvchi nefrogen va gepatogen patogenetik omillarni o‘rganish asosida kamqonlikning gepatorenal sindrom rivojlanishidagi xavfini bashoratlovchi markerlarini tanlash va erta patogenetik tashxisotni takomillashtirish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
gepatorenal sindrom bilan og‘rigan bemorlarda kamqonlik rivojlanishi sirroz bosqichiga qarab farqlanishi va ilk marotaba kompensatsiya bosqichida ham buyrak faoliyati buzilishi yuqori tarqalishga ega ekanligi asoslangan;
gemoglobin darajasi va nefrogen biomarkerlar (sistatin S, eritropoetin, mikroal`buminuriya) o‘rtasidagi kuchli korrelyasion bog‘liqliklar asosida gepatorenal sindromning erta kompensatsiya davridagi bemorlarda kamqonlik rivojlanishi nefropatik xususiyatga ega ekanligi va jigar fibrozi fon omil sifatida ahamiyatli ekanligi isbotlangan;
gepatorenal sindromda kamqonlik mul`tipatogen xususiyatga ega bo‘lib, kompensatsiya bosqichida inflamator (buyrak yallig‘lanishi ustunligi), gipoeritropoetinemiya va funksional temir tanqisligi, dekompensatsiya davrida esa surunkali yallig‘lanish fonida gipersplenizm va nutritiv tanqislik (al`bumin) bilan kechuvchi giporegenerator xususiyatlar ahamiyatli ekanligi asoslangan;
jigar fibrozi (F) va kamqonlik o‘rtasidagi bog‘liqlik klinik ahamiyatli bo‘lsa-da, prognostik modelda nefrogen ko‘rsatkichlarga (BKFT) nisbatan 3 barobar past ahamiyatga ega ekanligi asoslangan. Modellashtirilgan ma’lumotlar va tadqiqot natijalari birlashtirilgan holda GRS mavjud bemorlarda kamqonlikni erta patogenetik tashxislash hamda uning kasallik rivojlanib borishidagi ta’sirini bashoratlovchi prognoz kartasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Gepatorenal sindromi bor bemorlarda kamqonlik rivojlanishini bashoratlash va erta tashxislashning zamonaviy laborator markerlarini baxolash natijasida olingan ilmiy xulosalar asosida O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning 2025-yil 20-martdagi 14-sonli yig‘ilish bayonnomasiga asosan № 14/12  yagona xulosa olingan:
birinchi ilmiy yangilik. Gepatorenal sindrom bilan og‘rigan bemorlarda kamqonlik rivojlanishi sirroz bosqichiga qarab farqlanishi va ilk marotaba kompensatsiya bosqichida ham buyrak faoliyati buzilishi yuqori tarqalishga ega ekanligi asoslangan. Ijtimoiy samaradorligi: gepatorenal sindrom rivojlanishi va asoratlanishini oldini olishda uni erta bosqichlarda tashxislash jigar hujayra etishmovchiligidan o‘lim holatlarini kamaytiradi. Iqtisodiy samaradorligi: kasallik erta bosqichida SBK mavjudligini aniqlash va uning kamqonlik rivojlanishiga ta’sirini kamaytirish orqali bemorlarda GRS rivojlanishi oldi olinadi. Statsionar murojaat va davolash sarf xarajatlari tejalishi hisobidan har bir bemor hisobidan byudjetdan tashqari mablag‘lardan 345200 so‘m, byudjet mablag‘laridan 456700 so‘m iqtisod qilish imkonini bergan. Xulosa. GRS ni erta bosqichlarida kamqonlikni aniqlash va patogenetik to‘g‘ri tashxis qo‘yish samaradorligi natijasida har bir bemor hisobidan 801900 so‘m iqtisodiy samaradorlikka erishilgan.
ikkinchi ilmiy yangilik.   Gemoglobin darajasi va nefrogen biomarkerlar (sistatin S, eritropoetin, mikroal`buminuriya) o‘rtasidagi kuchli korrelyasion bog‘liqliklar asosida gepatorenal sindromning erta kompensatsiya davridagi bemorlarda kamqonlik rivojlanishi nefropatik xususiyatga ega ekanligi va jigar fibrozi fon omil sifatida ahamiyatli ekanligi isbotlangan. Ijtimoiy samaradorligi:  GRS kompensatsiya davrida kamqonlikning kelib chiqishida buyrak  faoliyatining buzilishi ustunlik qilishini erta aniqlash dekompensatsiya davrida og‘ir asoratlar kelib chiqish ehtimolini kamaytiradi. Iqtisodiy samaradorligi: GRSda kamqonlik rivojlanishini sezgir biomarkerlar yordamida aniqlash va buyrak faoliyatini tiklash ushbu bemorlarni davolashga qaratilgan sarf xarajatlarni qisqartirish natijasida har bir bemor uchun bir yil davomida byudjet hisobidan 648104 ga iqtisod qilish imkonini bergan. Xulosa. GRS aniqlangan bemorlarda kamqonlikni patogenetik tashhislash va zo‘rayishini oldini olishda buyrak faoliyatini baholovchi serologik markerlarni amaliyotga qo‘llash orqali uning profilaktikasiga erishish imkoniyatini beradi.
uchinchi ilmiy yangilik. Gepatorenal sindromda kamqonlik mul`tipatogen xususiyatga ega bo‘lib, kompensatsiya bosqichida inflamator (buyrak yallig‘lanishi ustunligi), gipoeritropoetinemiya va funksional temir tanqisligi, dekompensatsiya davrida esa surunkali yallig‘lanish fonida gipersplenizm va nutritiv tanqislik (al`bumin) bilan kechuvchi giporegenerator xususiyatlar ahamiyatli ekanligi asoslangan Ijtimoiy samaradorligi: GRSning kompensatsiya va dekompensatsiya davrida rivojlangan kamqonlikni patogenetik tashxislash, uni samarali davolash imkoniyatini yaratadi. Iqtisodiy samaradorligi: GRSda kamqonlikning patogenetik tashxisoti oqibatida uni davolashda keraksiz antianemik preparatlarni qo‘llashni kamaytirish evaziga xar bir bemor hisobiga bir yilda byudjet hisobidan 496600 so‘m, byudjetdan tashqari 695248 so‘m miqdordagi iqtisodiy samaradorlikka erishilgan. Xulosa. GRSda kamqonlikni erta patogenetik aniqlash asosida har bir bemor hisobiga 1351413 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik. Jigar fibrozi (F) va kamqonlik o‘rtasidagi bog‘liqlik klinik ahamiyatli bo‘lsa-da, prognostik modelda nefrogen ko‘rsatkichlarga (BKFT) nisbatan 3 barobar past ahamiyatga ega ekanligi asoslangan. Ijtimoiy samaradorligi:  GRSda kamqonlikni tashxislashda uning kompensatsiya bosqichida nefrotogen omilni bartaraf etish ushbu bemorlarda keyinchalik buyrak etishmovchiligi rivojlanishi oldini olib, nogironlikni kamaytiradi. Iqtisodiy samaradorligi: GRSda kamqonlikni erta aniqlash va davolashning kechikishi, yoxud samarasiz davo o‘z navbatida buyrak va jigar etishmovchiligini og‘irlashtiradi, davolashga qaratilagan chora tadbirlar uchun bir yilda o‘rtacha 3439100 so‘m sarflangan bo‘lsa, tavsiyanoma tadbiq etilgach, bu harajatlar 1218240 so‘mgacha kamaydi. Tadqiqotlar bo‘yicha ushbu o‘tkazilgan usullar bir bemor uchun bir yilda o‘rtacha 2220860 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan. Xulosa. GRSda kamqonlikni erta patogenetik tashxislash, buyrak etishmovchiligini bashoratlash, xavf omillarini bartaraf etish muhim ahamiyatga ega hamda ushbu chora tadbirlar asosida har bir bemor uchun 2220860 so‘mga iqtisodiy samaradorlikka erishilgan.
beshinchi ilmiy yangilik. Modellashtirilgan ma’lumotlar va tadqiqot natijalari birlashtirilgan holda GRS mavjud bemorlarda kamqonlikni erta patogenetik tashxislash hamda uning kasallik rivojlanib borishidagi ta’sirini bashoratlovchi prognoz kartasi ishlab chiqilgan. Ijtimoiy samaradorligi:  GRSda kamqonlik rivojlanishida buyrak faoliyatini baxolash, uning shikastlanish darajasini o‘z vaqtida aniqlash, shuningdek, uning asoratlanishini oldini olishga mo‘ljallangan prognostik algoritm tavsiya etildi, GRS profilaktikasiga hamda tibbiy tekshiruvlar samaradorligi oshishiga erishilgan. Iqtisodiy samaradorligi: prognostik karta juda oddiy bo‘lib, kamqonlik fonida SBK rivojlanishini erta aniqlash bemorlarning statsionar murojaati soni va davomiyligini qisqartiradi. Xar bir bemor uchun byudjet hisobidan 256 890 so‘m va byudjetdan tashqari mablag‘lardan 341600 so‘m iqtisod qilishga erishilgan. Xulosa. GRSda rivojlangan kamqonlikni erta tashxislash, oldini olish bemorlarni shifoxonalarga qayta yotish va sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan o‘lim xolatlarini oldini olish, hayot sifati xamda umr ko‘rish davomiyligini uzayishi samaradorligini oshiradi. 
GRS negizida rivojlangan kamqonlikni erta bashoratlash va tashxislash samaradorligini takomillashtirish tamoyillari sog‘liqni saqlash amaliyoti, jumladan, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Buxoro filiali (16.10.2024 y; buyruq № 219-sonli); Buxoro shaxar tibbiyot birlashmasi (10.10.2024 y; buyruq 1898-2-42 TB\2024-sonli ) klinik amaliyotiga tadbiq etilgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish