Xudoyberdiev Jasur Latipovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Amerika ma’rifatchilik davri va o‘zbek jadid adabiyotida adabiy-siyosiy masalalar talqini”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Fil2630.
Ilmiy rahbar: Umarova Maxliyo Yunusovna, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.27.01.
Rasmiy opponentlar: Xayrullaev Xurshidjon Zaynievich, filologiya fanlari doktori, professor; Djalilova Xurshida Mirxolikovna, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat chet tillari instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Amerika ma’rifatparvarlari va o‘zbek jadid adabiyoti namoyandalari ijodida adabiy siyosatning ahamiyati, uning poetik xususiyatlarini qiyosiy-tipologik hamda ilmiy-nazariy jihatdan ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ma’rifatchilik adabiyotining tadrijiy taraqqiyotiga ta’sir etgan tarixiy, ijtimoiy omillar, Amerika ma’rifatchiligi hamda o‘zbek jadid adabiyotlarining komparativistik tadqiqi asosida ularning universal (ma’rifiy mavzu, umumbashariy g‘oya va an’ana) va farqli (syujet, kompozisiya, obrazlar tizimi, janriy qonuniyatlar, badiiy tasviriy vositalar) jihatlari aniqlangan;
Amerika va o‘zbek ma’rifatparvarlari asarlarida adabiy siyosatning badiiy o‘ziga xosligini izohlash orqali bu oqimlarni yuzaga keltirgan murakkab tarixiy sharoit manzaralari, roman, she’r va risolalarda badiiy ifoda etilgan, davr ehtiyoji tufayli dolzarblik kasb etgan ijtimoiy va ma’naviy muammolar, umumbashariy, axloqiy-ta’limiy g‘oyalar tarixiy poetika mezonlari negizida dalillangan;
Tomas Peyn va Abdurauf Fitratning siyosiy hamda ma’rifiy masalalarni badiiy ifodalash uslubi, buyuk ijodkorlarning insonning o‘zligini anglash, yurt ozodligiga erishish uchun ma’rifatdan vosita sifatida foydalanish mahorati, ijodkor dunyoqarashi – badiiy asar – jamiyat munosabati triadasi tahlili natijasida ikki adib asarlaridagi adabiy siyosatning nazariy asoslari takomillashtirilgan;
tenglik va adolatga asoslangan ma’rifatli jamiyat qurish g‘oyasini ilgari surgan Filip Moren Freno va Abdulhamid Cho‘lponning lirik, Fenimor Kuper va Abdulla Qodiriyning epik asarlarida adabiy siyosatni falsafiy-badiiy idrok etish, tasvirlash mahoratidagi originallik hayotiy haqiqatga sodiqlik mezoni negizida isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Amerika ma’rifatchilik davri va o‘zbek jadid adabiyotida adabiy-siyosiy masalalar talqinini tadqiq etish jarayonida olingan ilmiy natija va xulosalar asosida:
ma’rifatchilik adabiyotining tadrijiy taraqqiyotiga ta’sir etgan tarixiy, ijtimoiy omillar, Amerika ma’rifatchiligi hamda o‘zbek jadid adabiyotlarining komparativistik tadqiqi asosida ularning universal (ma’rifiy mavzu, umumbashariy g‘oya va an’ana) va o‘ziga xos (syujet, kompozisiya, obrazlar tizimi, janriy qonuniyatlar, badiiy tasviriy vositalar) jihatlari aniqlanganiga oid nazariy xulosalardan Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster universiteti va London Vestminster universiteti mutaxassislari hamkorligida olib borilayotgan RCF2023-007 raqamli “O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalarida ingliz tili o‘qituvchilarini tayyorlashga ixtisoslashgan ta’lim dasturlari tarixi” mavzusidagi ilmiy loyihada foydalanilgan (Toshkentdagi Xalqaro Vestminster universitetining 2024-yil 28-noyabrdagi RO/01-00660-son ma’lumotnomasi). Natijada amalga oshirilgan ishlar loyiha bo‘yicha tayyorlangan resurslarning mazmun-mohiyatini boyitish imkoniyatini bergan;
Amerika va o‘zbek ma’rifatparvarlari asarlarida adabiy siyosatning badiiy o‘ziga xosligini izohlash orqali bu oqimlarni yuzaga keltirgan murakkab tarixiy sharoit manzaralari, roman, sheʼr va risolalarda badiiy ifoda etilgan, davr ehtiyoji tufayli dolzarblik kasb etgan ijtimoiy va ma’naviy muammolar, umumbashariy, axloqiy-ta’limiy g‘oyalar tarixiy poetika mezonlari negizida dalillangani xususidagi nazariy mulohazalardan O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida 2023-2025-yillarda bajarilishi mo‘ljallangan IL-27-4722022413 raqamli “Qiyosiy adabiyotshunoslik” fanining “Komparativistika” elektron platformasini yaratish mavzusidagi innovatsion loyihada keng foydalanilgan (O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining 2025-yil 20-fevraldagi 04-04-1/850-son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha doirasida tashkil qilingan, doktorlik dissertatsiyalari asosiy natijalarini chop etish tavsiya etilgan ilmiy nashrlar ro‘yxatiga kiritilgan “Komparativistika” jurnalida “Amerika va o‘zbek ma’rifatparvar ijodkorlarining adabiy-siyosiy jarayonga munosabati” nomli maqola chop etilgan;
Tomas Peyn va Abdurauf Fitratning siyosiy hamda ma’rifiy masalalarni badiiy ifodalash uslubi, buyuk ijodkorlarning insonning o‘zligini anglash, yurt ozodligiga erishish uchun ma’rifatdan vosita sifatida foydalanish mahorati, ijodkor dunyoqarashi – badiiy asar – jamiyat munosabati triadasi tahlili natijasida ikki adib asarlaridagi adabiy siyosatning nazariy asoslari takomillashtirilganiga oid xulosa va tavsiyalardan O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi tomonidan jadidlar faoliyatiga bag‘ishlab tashkil qilingan adabiy kechalarda, ijodkor yoshlar bilan uchrashuvlarda foydalanilgan (O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining 2025-yil 8-maydagi 01-03/218-son ma’lumotnomasi). Natijada yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish bo‘yicha tizimli ishlarni tashkil etish, shuningdek, Tomas Peyn va Abdurauf Fitratning badiiy mahorati bo‘yicha bilimlarini oshirishga xizmat qilgan;
tenglik va adolatga asoslangan ma’rifatli jamiyat qurish g‘oyasini ilgari surgan Filip Moren Freno va Abdulhamid Cho‘lponning lirik, Fenimor Kuper va Abdulla Qodiriyning epik asarlarida adabiy siyosatni falsafiy-badiiy idrok etish, tasvirlash mahoratidagi originallik hayotiy haqiqatga sodiqlik mezoni negizida isbotlangani borasidagi xulosalardan O‘zbekiston Fanlar akademiyasining Alisher Navoiy nomidagi davlat adabiyot muzeyi faoliyatida samarali foydalanilgan (O‘zR FA Alisher Navoiy nomidagi Davlat adabiyot muzeyining 2025-yil 8-maydagi 73-son ma’lumotnomasi). Natijada yosh avlodni yurtimiz ozodligi yo‘lida jonini fido qilgan buyuk ajdodlarimiz xotirasiga hurmat ruhida tarbiyalash hamda siyosiy qatag‘on qurbonlari bo‘lgan ota-bobolarimizning hayoti va faoliyatini o‘rganishlarida muhim manba vazifasini bajargan.