Sharopova Nafisa Baxshillo qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Xudoyberdi To‘xtaboev ruscha tarjimalarining o‘ziga xos xususiyatlari”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Fil3206
Ilmiy rahbar: Barakaev Rahmatulla, filologiya fanlari nomzodi, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Navoiy davlat universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.01.10.
Rasmiy opponentlar: Arustamyan Yana Yurevna, filologiya fanlari doktori, professor; Ochilov Ergash Zokirovich, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi X.To‘xtaboev asarlarini rus tiliga tarjima qilishning o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
o‘zbek bolalar nasrini XX asrning 30-yillaridan 80-yillarigacha tarjima qilishning amalda bo‘lgan satriy tarjima, asliyat vatanida yashab tarjima qilish, qayta tarjima, hammualliflik tarjimasi, avtorlashtirilgan tarjima usullari aniqlangan va tasniflangan, bu esa mazkur davr tarjima amaliyotining tarixiy xususiyatlarini ochib berishga imkon bergani aniqlangan;
X.To‘xtaboev asarlarining Ervin Umerov tomonidan amalga oshirilgan avtorlashtirilgan tarjimalari asliyatning badiiy butunligini saqlashga yordam berishi va rus tilida so‘zlashuvchi o‘quvchilar uchun tushunarli bo‘lishini ta’minlashi isbotlangan;
X.To‘xtaboev asarlari tarjimasida asliyatdagi muallif uslubi va komik ta’sirni saqlab qolishning ahamiyati asoslangan: resipientlarning yoshi, madaniy va kognitiv xususiyatlariga moslashuvini ta’minlovchi yumorni etkazish xususiyatlari (vaziyatga oid, lisoniy, madaniy) va syujet tuzilishidagi o‘zgarishlar ko‘rsatib berilgan;
X.To‘xtaboev asarlaridagi frazeologik birliklar va milliy-madaniy realiyalarni tarjima qilish usullari aniqlandi. Bu usullar tarjimaning kommunikativ va badiiy vazifalariga yo‘naltirilgan strategiyalarning xilma-xilligini aks ettirishi (realiyalarni etkazishda transliteratsiya, tavsifiy tarjima, kalkalash, funksional analoglar va tushirib qoldirish kabi usullar qo‘llanilgan; frazeologizmlarni tarjima qilishda esa ekvivalentlar, moslashtirish, qayta ifodalash, muallif talqini va kombinatsiyalangan yondashuvlar) belgilangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. X.To‘xtaboev asarlarining rus tiliga tarjimalarini tahlil qilish jarayonida olingan xulosa va tavsiyalar asosida badiiy niyatni qayta tiklash, syujet tuzilishi va milliy koloritni etkazishning o‘ziga xos xususiyatlari nuqtayi nazaridan:
o‘zbek bolalar adabiyoti tarjimalari tarixi, X.To‘xtaboevning “Sariq devni minib”, “Sariq devning o‘limi”, “Besh bolali yigitcha” va “Qasoskorning oltin boshi” kabi asarlarida aniqlangan frazeologik birikmalar, milliy-tarixiy o‘ziga xoslikni aks ettiruvchi realiyalarning tarjima xususiyatlari haqidagi ilmiy xulosalardan IL-27-47220222413 “Komparativistika bo‘yicha elektron platforma yaratish” nomli innovatsion ilmiy loyiha doirasida foydalanilgan (O‘zR Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 8-oktyabrdagi 2/17-08/10-346-son ma’lumotnomasi). Natijada loyihaning ilmiy ahamiyati oshgan, bolalar adabiyoti tarjimasini o‘rganishga yangicha yondashuvlar ishlab chiqilgan;
X.To‘xtaboev asarlarining milliy koloritni berish usullari, yumor va syujet qurilishidagi o‘ziga xosliklar tahlili natijalaridan “English Access Microscholarship Program” xalqaro loyihasida foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 09.10.2024-yildagi 2138/02-son ma’lumotnomasi). Natijalar ma’lumotlar talabalarda badiiy tarjimaga oid kompetensiyalarni shakllantirishga yordam beradigan yumoristik elementlar va frazeologizmlarni o‘z ichiga olgan murakkab matnlarni tarjima qilish ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan o‘quv materiallarini yaratish imkoniyatini yaratgan va ta’lim jarayoni sifatini oshirishda asliyat shaklining uslubiy ta’sirchanligi va ekvivalentligini saqlashga oid tavsiyalardan foydalanilgan;
tadqiqot jarayonida aniqlangan X.To‘xtaboev asarlaridagi hajviy unsurlar, realiyalar va uslubiy o‘ziga xosliklarning adaptatsiya usullari haqidagi xulosalardan “Navoiy” telekanalida efirga uzatilgan “Ta’lim islohoti”, “Diyor-24” ma’rifiy-ma’rifiy teleko‘rsatuvlarini tayyorlashda foydalanilgan (Navoiy viloyati teleradiokompaniyasining 2024-yil 20-noyabrdagi 01-02/151-son ma’lumotnomasi). Ko‘rsatuvlar doirasida milliy xususiyatlar va badiiy usullarni etkazish jihatlari aks ettirilgani o‘zbek bolalar adabiyotini rus tilida so‘zlashuvchi tomoshabinlar uchun to‘g‘ri talqin qilish muhimligini ta’kidlash imkonini bergan. Mazkur natijalarning joriy etilishi ko‘rsatuvlar mazmuni va ularning ta’limiy salohiyatini boyitishga xizmat qilgan.