Menglieva Munira Baxtiyor qizining
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ingliz va o‘zbek tillarida fe’l aspektual ma’nolarining ifodalanishi va tipologiyasi”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Fil.2942.
Ilmiy rahbar: Shahobiddinova Shohida Hoshimovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.27.01.
Rasmiy opponentlar: Yuldashev Akmal Gulamjanovich, filologiya fanlari doktori, dotsent (kengash a’zosi); Jumaboeva Jamila Sharipovna, filologiya fanlari doktori, professor; Raupova Laylo Rahimovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi. U o‘zbek va ingliz tilidagi fe’l aspekti ma’nolarini tasniflash, aspektual funksional-semantik paradigma strukturasi, tarkibi va ma’no ko‘lamini qiyoslash hamda leksikografik, tarjima talqinini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat: ingliz va o‘zbek tillarida fe’l aspektualligi hodisasi semantik tuzilishiga ko‘ra o‘zaro muvofiqlik kasb etishi ikki tildagi maydon komponentlarini “jarayon” gipersemasi bilan umumlashtrib, gipersema tarkibini “boshlanish”, “davomiylik”, “tugallanganlik”, “oniylik”, “uzlyuksizlik”, “takroriylik”, “jadallik”, “ohistalik”, “to‘liqsizlik”, “sinash”, “nihoyaviylik”, “qodirlik” kabi xususiy grammatik ma’nolarga parallel tasniflash orqali asoslangan;
ingliz va o‘zbek tillarida zamon, mayl, nisbat, tarz kategoriyalari, fel+predlog qo‘shilmasi kabi morfosintaktik birliklar ma’no tarkibidagi aspektual sema mutanosibligi asosida har ikki tildagi funksional-semantik maydonning yadro va markaz komponentlarini tashkil qilishi isbotlangan;
ingliz va o‘zbek tillaridagi aspektuallik funksional semantik-maydoni periferiyasida joylashgan fe’l va ravishlar ma’no tarkibini komponent tahlil qilish orqali leksemalarda aspektual ma’nolar qavatlanishi, ularning o‘zaro graduonimik, sinonimik va antonimik ma’no munosabatlariga kirishishi dalillangan;
ingliz tilida tugallangan zamon shakli, modal fe’llar, fe’l+predlog qo‘shilmasidan anglashiladigan aspektual ma’nolar o‘zbek tiliga fel+ravishdosh shakli+ko‘makchi fe’l qurilmasi shaklida tarjima qilinishi asosida ingliz tilidagi aspektual ma’noga ega barcha morfosintaktik shakllarga o‘zbek tilidagi tarz kategoriyasi leksik-grammatik jihatdan mutanosib ekanligi isbotlangan;
ingliz va o‘zbek tillarida o‘zaro ma’nodosh, lug‘aviy ma’nosi bir-biriga yaqin ravish va fe’llarni aspektual semasi nomi bilan tavsifiy izohlash orqali lug‘atlarda ushbu leksemalarning uslubiy-semantik farqlarini tizimilashtirish mumkinligi dalillangan.
ingliz tilida tugallangan zamon shakli, modal fe’llar, fe’l+predlog qo‘shilmasidan anglashiladigan aspektual ma’nolar o‘zbek tiliga fel+ravishdosh shakli+ko‘makchi fe’l qurilmasi shaklida tarjima qilinishi asosida ingliz tilidagi aspektual ma’noga ega barcha morfosintaktik shakllarga o‘zbek tilidagi tarz kategoriyasi leksik-grammatik jihatdan mutanosib ekanligi isbotlangan;
ingliz va o‘zbek tillarida o‘zaro ma’nodosh, lug‘aviy ma’nosi bir-biriga yaqin ravish va fe’llarni aspektual semasi nomi bilan tavsifiy izohlash orqali lug‘atlarda ushbu leksemalarning uslubiy-semantik farqlarini tizimilashtirish mumkinligi dalillangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ingliz va o‘zbek tillarida fe’l aspektual ma’nolarining ifodalanishi va tipologiyasi tadqiqi yuzasidan erishilgan ilmiy natija va xulosalar asosida:
ingliz va o‘zbek tillarida aspektuallik gipersemasi “jarayon”, oraliq ma’nolari “boshlanish”, “davomiylik”, “tugallanganlik”, xususiy ma’nolari oniylik”, “uzlyuksizlik”, “takroriylik”, “jadallik”, “ohistalik”, “to‘liqsizlik”, “sinash” “nihoyaviylik”, “qodirlik” ma’no turlariga tasniflanib, oraliq semalar yopiq sistemani, xususiy ma’nolar ochiq semik tizimni tashkil etishi haqidagi xulosalardan, leksik-semantik maydon, funksional-semantik maydon tarkibiy qismlari, morfologik kategoriyalarning nomlanishi, aspektual maydon semalari simmetrik va asimmetrik munosabatlarini nomlashda, endi aniqlanayotgan til hodisalarini terminlar bilan ta’minlash hamda ularning milliy muqobillarini yaratishda nomlarning boshqa so‘z turkumlari bilan sintagmatik va semantik birikuvini o‘rganishda fe’ldagi aspektual ma’nolari tahlilidan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2019–2022-yillarda bajarilgan A-OT-2019-10 raqamli “O‘zbek tilida neyming: me’yoriy-huquqiy asoslarini yaratish” mavzusidagi amaliy grant loyihasida foydalanilgan. (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 29.06.2024-y. №04/1-1709 ma’lumotnomasi). Natijada, o‘zbek tili neyming tizimida fe’l bilan bog‘liq nomlarning belgi-xususiyatlari lingvistik tavsifi mukammalligi ta’minlangan, leksema izohini aspektual ma’noga ega birliklar bilan takomillashtirishga erishilgan;
ingliz va o‘zbek tillarida aspektual ma’noni ifodalovchi til birliklari funksional-semantik paradigma sifatida tizimlashtirilgan – maydon tarkibidagi yadro (zamon kategoriyasi), markaz (mayl, nisbat va tarz kategoriyasi, ingliz tilida predlog + fe’l qo‘shilmasi, modal fe’llar va sintaktik qurilmalar) hamda periferiya (fe’l va ravish) kabilarga bo‘linishi borasidagi xulosalardan 5221000 – Filologiya va tillarni o‘qitish (o‘zbek tili) bakalavr ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun yozilgan, 2018-yilda nashr qilingan, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan darslik sifatida tavsiya etilgan “Hozirgi o‘zbek tili” darsligida foydalanilgan. (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 24.07.2024-y. №02-1886 ma’lumotnomasi). Natijada tilning sistema, paradigma, maydon, kategoriya muammosiga doir mavzularni yoritish, fikrlarni dalillashga hissa qo‘shilgan;
ingliz va o‘zbek tillarida aspektual ma’no ifodalanishiga shaxs omilining ta’siri gender, fe’l-atvor, kishilar orasidagi munosabat, yosh kabi nolisoniy omillarda namoyon bo‘lishi haqidagi xulosalardan, aspektual ma’noga ega leksemalarning ma’no ko‘lami tahlili, ma’no munosabatlari tavsifi va semantik tasnifiga oid xulosa va natijalardan, shuningdek, fe’l va ravishlarning tavsifiy, sinonimik, zid ma’noli izohlari na’munalaridan Andijon davlat universitetida 2022-2023 yillarda bajarilgan “IL-402104213. O‘zbek tilida electron lingvistik ensiklopedik lug‘at ishlab chiqish” davlat innovatsion-tadqiqot doirasidagi loyihada foydalanilgan. (Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi Andijon davlat universitetining 31.10.2024-y. №33-04-877 ma’lumotnomasi). Natijada leksik tavsifda qo‘llanuvchi fe’l va ravishlarning semantik, funksional, pragmatik o‘ziga xosliklari ochib berishga erishilgan.
ingliz-o‘zbek tarjima amaliyotida aspektuallik tarjimasi grammatik transformatsiya davomiy zamon shakllari, modal fe’l, predlogli fe’l hamda ko‘makchi fe’l qurilmasida yuz berishi, leksik-grammatik transformatsiya ravishlarning fe’l+predlog yoki ko‘makchi fe’lli qurilma shaklida namoyon bo‘lishi dalillanib, ingliz va o‘zbek tillarida aspektual ma’noga ega o‘zaro ekvivalent iboralar va ekvivalenti mavjud bo‘lmagan iboralarni o‘girishda izohli tarjimani qo‘llash borasidagi xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan 2016-2020 yillarda olib borilgan FA-F1-G003 “Hozirgi qoraqalpoq tilida funksional so‘z yasalishi” (“Funksional`noe slovoobrazovanie v sovremennom karakalpakskom yazike”), FA-A1-G007 “Qoraqalpoq naql-maqollari lingvistik tadqiqot obekti sifatida” mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 25.12.2024-y.№524/1 ma’lumotnomasi). Natijada iks-femik turg‘un birliklar tarjimasi bilan bog‘liq xususiyatlari, ularning umumiy va xususiy jihatlariga oid yangi ilmiy manba va ma’lumotlar bilan loyiha materiallari boyitilgan, fundamental loyiha doirasida tayyorlangan ilmiy maqolalar, tezislar hamda monografiyalar turkiy va evropa tillaridagi aspektual ma’no va aspekt ifodalovchilarining funksional xususiyatlari va ularning tarjimasiga oid yangi ilmiy ma’lumotlar bilan boyigan, darslikdagi nutq birliklari badiiy tarjimada leksik birikmalarga aylanishi, ularning lug‘atlarda aks etishiga oid ma’lumotlar nazariy va amaliy jihatdan boyitilgan. Buning natijasida loyiha materiallarida keltirilgan turkiy til matnlaridagi aspektual nutqiy birliklarning evropa tilidagi nutqiy birliklari orasidagi farqlar tadqiqi, bunda tarjima modellarining ahamiyatiga oid ma’lumotlar aniqlashtirilgan;
ingliz va o‘zbek tillaridagi aspektual ma’noga ega leksemalar tavsifiy, sinonimlar va zid ma’noli so‘zlar vositasida izohlanganligi – bu usullar orasida tavsifiy yondashuv yuqori darajada informativligi asoslanib, aspektual ma’no asosida tavsifiy izohni shakllantirish haqidagi tavsiyalardan hamda “O‘zbek tilining izohli lug‘atlari”da mavjud aspektual ma’noga ega so‘zlarning leksik-semantik munosabatlari, uslubiy farqlanishi, kontekstual sema ifodalashi yuzasidan amalga oshirilgan tahlil natijalari va xulosalardan Davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasida 2020-2022-yillarda bajarilgan AM-F3-201908172. “O‘zbek tilining ta’limiy korpusini yaratish” amaliy grant loyihasida foydalanilgan. (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 25.10.2024-y. №04/1-3029 ma’lumotnomasi). Natijada, fe’llarni semantik teglashda ularning aspektual tarz ma’nolaridan foydalanib, ushbu leksemalarning uslubiy farqlarini ochib berishga erishilgan.