Sattarov Farrux Nuridinovich
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “XIX asr ingliz bolalar adabiyotining o‘zbek bolalar adabiyotiga ta’siri (tarjima va tahlil)” 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Fil.1163
Ilmiy rahbar: Qarshibaeva Uljan Davirovna filologiya fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat chet tillar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat chet tillar instituti, PhD.03/30.2019.Fil.83.01 
Rasmiy opponentlar: Musurmanov Erkin Rabbimovich, filologiya fanlari doktori (DSc), professor; Bo‘rieva Nargiza Qo‘chqarovna, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Mark Tven, Charlz Dikkenslarning bolalar adabiyotiga qo‘shgan hissasi hamda ularning G‘.G‘ulom ijodiga ta’siri va badiiy uslubini qiyosiy tahlil qilish, tarjimalardagi lingvomadaniy aspektlarni aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ingliz bolalar adabiyotining yangi bosqichga chiqishida Charlz Dikkensning “Oliver Tvistning boshidan kechirganlari” romanidagi psixologik ‒ etim bolalarning ruhiyati tasviri, ijtimoiy ‒ tabaqalanishning kuchliligi, xarakter – yetakchilik xususiyati kabi jihatlar ochib berilib, asar tarjimasining o‘zbek bolalar adabiyotiga uslub, janr, g‘oya, poetik til nuqtai nazaridan soddalikdan murakkablikka qarab siljib borishi, makon va zamonning mavhumlikdan chekinib real muhit orqali yoritib berilishi, kishilarning orzu-umidlari hamda intilishlarini ochiq ko‘rsata olishi kabi ta’siri aniqlangan;
Mark Tven ijodidagi insonga muhabbat va xalqparvarlik, obrazlar nutqidagi yumor va o‘tkir satira orqali davr ijtimoiy muhitini kitobxonga etkazish, tarjimada obrazlarning aynan xarakteriga mos qiyofasi jonlangani, badiiy detallarning ruhiyatni ochib berishga qaratilgani, dialoglardagi qochirimlar, ta’rif va tavsiflar individual qiyofa yarata olganligi, muallif nutqidagi maqol, matal va aforizmlar saqlab qolingani asliyat bilan qiyoslash orqali asoslangan;
Mark Tven asarlarining rus va o‘zbek tillariga qilingan tarjimalari orqali kitobxon dunyoqarashiga begona makonning manzarasini jonlantirish, peyzajning ruhiyatga ta’siri yoki ruhiyat orqali peyzaj tasvirining berilishi hamda matnning kommunikativ funksiyasini saqlagan holda uning pragmatik aspektlarda nutqning ko‘ndirish, tanqid qilish yoki maqtash, ijtimoiy maqomni belgilash, his-tuyg‘ularni etkazish kabi yashirin maqsadlari, muallifning o‘zi xabar qilayotgan voqelikka kinoyaviy munosabati, kitobxon muallifni biografik jihatdan kuzatishi kabi xususiyatlari ochib berilgan;
G‘afur G‘ulom ijodiga “Tom Soerning boshidan kechirganlari” va “Geklberri Finning boshidan kechirganlari” asarlaridagi yo‘l motivi, xona motivi, asar davomida personajlarning o‘zgarib borishi, sujet zanjirini faqat bosh qahramonlar bog‘lashi kabi adabiy ta’siri aniqlangan hamda, adibning asarlarida ham yo‘l motiviga ko‘ra sarguzashtlilikning etkachiligi, realizmning kuchliligi va avtobiografik elementlarning mavjudligi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. XIX asr ingliz bolalar adabiyotining o‘zbek bolalar adabiyotiga ta’siri (tarjima va tahlil) masalasini o‘rganish bo‘yicha olib borilgan tadqiqot asosida:
ingliz bolalar adabiyotining yangi bosqichga chiqishida Charlz Dikkensning “Oliver Tvistning boshidan kechirganlari” romanidagi psixologik ‒ etim bolalarning ruhiyati tasviri, ijtimoiy ‒ tabaqalanishning kuchliligi, xarakter – yetakchilik xususiyati kabi jihatlar ochib berilib, asar tarjimasining o‘zbek bolalar adabiyotiga uslub, janr, g‘oya, poetik til nuqtai nazaridan soddalikdan murakkablikka qarab siljib borishi, makon va zamonning mavhumlikdan chekinib real muhit orqali yoritib berilishi, kishilarning orzu-umidlari hamda intilishlarini ochiq ko‘rsata olishi kabi ta’siri aniqlangan hamda tahlil va xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutida 2017-2020-yillarda bajarilgan FA-A1-005 “Qoraqalpoq fol`klorshunosligi va adabiyotshunosligi tarixini tadqiq etish”, FA-A1-G007 “Qoraqalpoq naql-maqollari lingvistik tadqiqot ob’ekti sifatida” mavzusidagi fundamental va amaliy-ilmiy loyihalarni bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining 2023-yil 22-dekabrdagi 502/1-son ma’lumotnomasi). Natijada ingliz bolalar adabiyotining jahon bolalar adabiyoti rivojida, qolaversa, ingliz tilidagi asarlarning o‘zbek tiliga tarjimalari o‘zbek bolalar adabiyoti rivojida tutgan o‘rni, xususiyatlari, romanlarning o‘zaro farqlanishi haqidagi ma’lumotlar masala echimini aniqlashga imkon bergan;
Mark Tven ijodidagi insonga muhabbat va xalqparvarlik, obrazlar nutqidagi yumor va o‘tkir satira orqali davr ijtimoiy muhitini kitobxonga etkazish, tarjimada obrazlarning aynan xarakteriga mos qiyofasi jonlangani, badiiy detallarning ruhiyatni ochib berishga qaratilgani, dialoglardagi qochirimlar, ta’rif va tavsiflar individual qiyofa yarata olganligi, muallif nutqidagi maqol, matal va aforizmlar saqlab qolingani asliyat bilan qiyoslash orqali asoslanganligidan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutida 2017-2020-yillarda bajarilgan FA-F1-005 “Qoraqalpoq naql-maqollari lingvistik tadqiqot ob’ekti sifatida” (2012-2016) mavzusidagi fundamental va amaliy loyihalarni bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining 2023-yil 22-dekabrdagi 502-son dalolatnomasi). Natijada ingliz bolalar adabiyotining tarixiy bosqichlari, bolalar adabiyotida naql, maqol va matallarning tarjimada berilishi, ularni tarjima qilish usullari, bolalar adabiyotiga xos bo‘lgan obrazlarning ingliz tilidan qardosh bo‘lmagan tillarda ifodalanishi, ingliz bolalar adabiyotida qahramonlar nutqining o‘zbek tiliga tarjima qilinishi va ushbu xalqlar bolalar adabiyotining rivojlanishiga ta’sirini o‘rganish bu sohadagi bilimlarini yanada boyishiga xizmat qilgan;
Mark Tven asarlarining rus va o‘zbek tillariga qilingan tarjimalari orqali kitobxon dunyoqarashiga begona makonning manzarasini jonlantirish, peyzajning ruhiyatga ta’siri yoki ruhiyat orqali peyzaj tasvirining berilishi hamda matnning kommunikativ funksiyasini saqlagan holda uning pragmatik aspektlarda nutqning ko‘ndirish, tanqid qilish yoki maqtash, ijtimoiy maqomni belgilash, his-tuyg‘ularni etkazish kabi yashirin maqsadlari, muallifning o‘zi xabar qilayotgan voqelikka kinoyaviy munosabati, kitobxon muallifni biografik jihatdan kuzatishi kabi xususiyatlari ochib berilganligidan Samarqand viloyat teleradiokompaniyasida 2023-yil 4-dekabr` kuni efirga uzatilgan “Assalom, Samarqand” ko‘rsatuvi dasturi ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (Samarqand viloyat teleradiokompaniyasining 2023-yil 15-dekabrdagi 01-07/402-son ma’lumotnomasi). Natijada ingliz bolalar adabiyoti vakillari merosi sanalgan romanlarning o‘zbek tiliga tarjimalari hamda tadqiqotda ilgari surilgan ilmiy fikr va mulohazalar o‘zbek bolalar adabiyoti boyishiga muhim hissa qo‘shish bilan birgalikda ko‘rsatuv ssenariysini tayyorlashda ish bergan;
G‘afur G‘ulom ijodiga “Tom Soerning boshidan kechirganlari” va “Geklberri Finning boshidan kechirganlari” asarlaridagi yo‘l motivi, xona motivi, asar davomida personajlarning o‘zgarib borishi, sujet zanjirini faqat bosh qahramonlar bog‘lashi kabi adabiy ta’siri aniqlangan hamda, adibning asarlarida ham yo‘l motiviga ko‘ra sarguzashtlilikning etkachiligi, realizmning kuchliligi va avtobiografik elementlarning mavjudligi dalillangan xulosalaridan Samarqand davlat chet tillar institutida Evropa Ittifoqining Erasmus+ dasturi 585845-EPP-1-2017-1-ES-EPPKA2-CBHE-JP CLASS: “Computational Linguistics at Central Asian universities” grant loyihasida foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2023-yil 16-dekabrdagi 1275/02-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur xulosalar loyiha doirasida milliy korpusning adabiyotga oid atamalarning shakllanishi va tabiiy tilga ishlov beruvchi dastur (NLP tool)ni ishlab chiqishda, elektron platformasi qidiruv tizimidagi ma’lumotlar bazasiga kiritishda muhim manba sifatida xizmat qilgan;
o‘zbek tarjimonlarining individual mahorati qiyoslanlangan, shuningdek, “Tom Soerning boshidan kechirganlari”, “Geklberri Finning boshidan kechirganlari” asarlari XX asr o‘zbek adabiyoti namoyondasi G‘afur G‘ulom ijodiga ta’siri ko‘rsatilgani va ushbu holatni faktik materiallar asosida dalillanishiga oid xulosalaridan O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Samarqand viloyat bo‘limining ish faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining 2023-yil 15-dekabr` 56-sonli ma’lumotnomasi). Natijada dissertatsiya ishidan olingan ilmiy xulosalar kitobxonlarning badiiy matn doirasida qo‘llanilgan so‘z va iboralar izohini to‘g‘ri anglashlarida muhim manba sifatida yordam bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish