Axmadbekov Bexzodbek Olimbek o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Keksa yoshdagi bemorlarda gastroduodenal yaralardan qon ketishning klinik xususiyatlarini baholash va jarrohlik taktikasini optimallashtirish», 14.00.27 – «Xirurgiya» (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/Tib4979.
Ilmiy rahbar: Abdullajanov Baxrom Rustamjanovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat tibbiyot instituti, DSc.04/30.12.2019.Tib.95.01.
Rasmiy opponentlar: Ligay Ruslan Efimovich, tibbiyot fanlari doktori, Xakimov Dilshodbek Mamadalievich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: keksa yoshdagi bemorlarda gastroduodenal yaradan qon ketishlari klinik kechishining o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlash va jarrohlik taktikasini optimallashtirish orqali xirurgik davolash natijalarini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
keksa yoshdagi bemorlarda gastroduodenal yaradan qon ketishlarining ayrim tipologik xususiyatlari, ya’ni, oshqozon yaralaridan qon ketish holatlari 32,4% ga ortganligi, «alomatsiz» kechish 22,5% ga oshganligi, ilk 12 soat ichida gospitalizatsiyaga murojaat qilish 26,5% ga ko‘payganligi, gemorragik shok 37,9% ga ortganligi, katta yaralar uchrashishi 14,9% ni tashkil etishi, qattiq chegara va tubga ega yaralar 49,9% ni tashkil etganligi, Forrest-1 bo‘yicha davom etayotgan qon ketish 19,6% ga ortganligi, terapevtik patologiya 10,5% ga, hamroh xirurgik patologiya esa 5,8% ga ortganligi aniqlangan;
keksa yoshli bemorlarda gastroduodenal yaradan qon ketishlarida an’anaviy yondashuvlar bilan olib boriladigan faol-kutish taktikasi kutilgan natijalarni bermasligi va nisbatan yuqori yatrogen shikastlanishlar va qon ketishlar, shuningdek, jarrohlik aralashuvi bilan bog‘liq asoratlar, yiringli-septik yara asoratlari, umumiy xususiyatdagi asoratlar va letallik bilan kechishi aniqlangan;
oshqozon osti beziga penetratsiyalangan me’da yarasi qonayotgan holatida gastrotomik kirish orqali sog‘lom to‘qimalar darajasida yara chetlarini mushak tolalari yo‘nalishi bo‘yicha chegaralovchi kesmalar orqali yara tubini qoldirgan holda kesib olish bilan tavsiflanuvchi yarani kesib olish usuli ishlab chiqilgan;
qonning ivish va ivishga qarshi tizimi, shuningdek yara turlarini («eski» yoki «keksalikka xos» yara) hisobga olgan holda takomillashtirilgan davo-tashxisot tartibotini joriy etish orqali faol-individuallashtirilgan jarrohlik taktikasining samaradorligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Keksa yoshdagi bemorlarda gastroduodenal yaradan qon ketishlarida jarrohlik taktikasini optimallashtirish bo‘yicha olib borilgan ilmiy-tadqiqot natijalari asosida:
birinchi ilmiy yangilik: keksa yoshdagi bemorlarda gastroduodenal yaradan qon ketishlarining ayrim tipologik xususiyatlari, ya’ni, oshqozon yaralaridan qon ketish holatlari 32,4% ga ortganligi, «alomatsiz» kechish 22,5% ga oshganligi; ilk 12 soat ichida gospitalizatsiyaga murojaat qilish 26,5% ga ko‘payganligi, gemorragik shok 37,9% ga ortganligi, katta yaralar uchrashishi 14,9% ni tashkil etishi, qattiq chegara va tubga ega yaralar 49,9% ni tashkil etganligi, Forrest-1 bo‘yicha davom etayotgan qon ketish 19,6% ga ortganligi, terapevtik patologiya 10,5% ga, hamroh xirurgik patologiya esa 5,8% ga ortganligi aniqlanganganligi Andijon davlat tibbiyot instituti Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 24 iyunda 6i-43/u-son bilan tasdiqlangan «Keksa bemorlarda gastroduodenal yaradan qon ketishlari klinik kechishining xususiyatlari va jarrohlik taktikasini optimallashtirish» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Mazkur taklif Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Andijon filialining 18.07.2024 yildagi 178-son, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Farg‘ona filialining 29.08.2024 yildagi 119-son hamda Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Namangan filialining 09.07.2024 yildagi 15213-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2025 yil 20 martdagi 14/04-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: keksa yoshdagi bemorlarda gastroduodenal yaradan qon ketishlarini davolashda yaraning tipologik xususiyatlarini inobatga olish xayot uchun xavfli asoratlar rivojlanishini oldini olishga, shuningdek bemorlarni davolash sifatini oshirishga imkon beradi. Iqtisodiy samaradorligi: ushbu ilmiy yangilikdan foydalanish asoratlarni oldini olish va adekvat davolash usulini qo‘llash xisobiga bemorlarning statsionarda bo‘lish muddatini 2 kunga qisqartirishga hamda 1 bemorning statsionarda bo‘lishi 2 kunlik jami xarajatlarini qisqarishi hisobiga 1509506 so‘m byudjet mablag‘lari iqtisod qilinishiga imkon bergan. Xulosa: ushbu ilmiy yangilikdan foydalanish o‘rin-kunlarni qisqartirish hisobiga tadqiqot ko‘lami bo‘yicha (n=92) 138874635 so‘m byudjet mablag‘lari tejalishiga imkon beradi.
ikkinchi ilmiy yangilik: keksa yoshli bemorlarda gastroduodenal yaradan qon ketishlarida an’anaviy yondashuvlar bilan olib boriladigan faol-kutish taktikasi kutilgan natijalarni bermasligi va nisbatan yuqori yatrogen shikastlanishlar va qon ketishlar, shuningdek, jarrohlik aralashuvi bilan bog‘liq asoratlar, yiringli-septik yara asoratlari, umumiy xususiyatdagi asoratlar va letallik bilan kechishi aniqlanganligi Andijon davlat tibbiyot instituti Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 24 iyunda 6i-43/u-son bilan tasdiqlangan «Keksa bemorlarda gastroduodenal yaradan qon ketishlari klinik kechishining xususiyatlari va jarrohlik taktikasini optimallashtirish» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Mazkur taklif Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Andijon filialining 18.07.2024 yildagi 178-son, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Farg‘ona filialining 29.08.2024 yildagi 119-son hamda Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Namangan filialining 09.07.2024 yildagi 15213-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2025 yil 20 martdagi 14/04-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: ushbu ilmiy yangilikni qon ketish bilan asoratlangan gastroduodenal yaralari bo‘lgan keksa bemorlarni tashxislashda inobatga olish rivojlanishi mumkin bo‘lgan asoratlarni oldini olishga imkon beradi. Iqtisodiy samaradorligi: ilmiy yangilikdan foydalanish keksa yoshdagi bemorlarda gastroduodenal yaradan qon ketishlarini xirurgik davolashda yatogen zararlanishlarni istisno qilish, qon ketishlari foizini 13,7% dan 2,4% ga, maxsus asoratlarni 17,6% dan 7,3% ga, yara asoratlarini 9,8% dan 2,4% ga, umumiy asoratlarni 15,7% dan 9,7% ga va o‘lim ko‘rsatgichini 7,8% dan 2,4% ga kamaytirishga imkon berdi. Natijada tadqiqot ko‘lami bo‘yicha (n=92) 138874635 so‘m byudjet mablag‘lari tejalishiga imkon beradi.
uchinchi ilmiy yangilik: oshqozon osti beziga penetratsiyalangan me’da yarasi qonayotgan holatida gastrotomik kirish orqali sog‘lom to‘qimalar darajasida yara chetlarini mushak tolalari yo‘nalishi bo‘yicha chegaralovchi kesmalar orqali yara tubini qoldirgan holda kesib olish bilan tavsiflanuvchi yarani kesib olishning ishlab chiqilgan usuli Andijon davlat tibbiyot instituti Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 24 iyunda 6i-43/u-son bilan tasdiqlangan «Keksa bemorlarda gastroduodenal yaradan qon ketishlari klinik kechishining xususiyatlari va jarrohlik taktikasini optimallashtirish» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Mazkur taklif Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Andijon filialining 18.07.2024 yildagi 178-son, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Farg‘ona filialining 29.08.2024 yildagi 119-son hamda Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Namangan filialining 09.07.2024 yildagi 15213-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2025 yil 20 martdagi 14/04-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: oshqozon osti beziga penetratsiyalangan qonayotgan me’da yarasini kesib olishning ishlab chiqilgan usulidan foydalanish qon ketish bilan asoratlangan oshqozon yaralari bo‘lgan keksa bemorlar xayotini saqlab qolishga imkon beradi. Iqtisodiy samaradorligi: taklif etilgan usulni qo‘llash orqali bemorlarning statsionarda bo‘lish muddati 2 kunga qisqartirildi. Buning natijasida 1 bemorning statsionarda bo‘lishi 1 kunlik jami xarajatlarining o‘rtacha miqdori (dori-darmonlar, tekshiruvlar bilan birgalikda) 754753 so‘mni tashkil etgani holda 1509506 so‘m byudjet mablag‘lari iqtisod qilinishiga imkon bergan. Xulosa: ushbu ilmiy yangilikdan foydalanish o‘rin-kunlarni qisqartirish hisobiga tadqiqot ko‘lami bo‘yicha (n=92) 138874635 so‘m byudjet mablag‘lari tejalishiga imkon beradi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: qonning ivish va ivishga qarshi tizimi, shuningdek yara turlarini («eski» yoki «keksalikka xos» yara) hisobga olgan holda takomillashtirilgan davo-tashxisot tartibotini joriy etish orqali faol-individuallashtirilgan jarrohlik taktikasining samaradorligi asoslanganligi Andijon davlat tibbiyot instituti Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 24 iyunda 6i-43/u-son bilan tasdiqlangan «Keksa bemorlarda gastroduodenal yaradan qon ketishlari klinik kechishining xususiyatlari va jarrohlik taktikasini optimallashtirish» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Mazkur taklif Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Andijon filialining 18.07.2024 yildagi 178-son, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Farg‘ona filialining 29.08.2024 yildagi 119-son hamda Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Namangan filialining 09.07.2024 yildagi 15213-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2025 yil 20 martdagi 14/04-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: takomillashtirilgan davo-tashxisot tartibotidan foydalanish qon ketish bilan asoratlangan gastroduodenal yaralari bo‘lgan keksa bemorlarda maqbul davolash usulini tanlashga va samarali natijaga erishishga imkon beradi. Iqtisodiy samaradorligi: takomillashtirilgan davo-tashxisot tartibotidan foydalanish bemorlarning statsionarda bo‘lish muddatini 2 kunga qisqartirishga hamda 1 bemorning statsionarda bo‘lishi 2 kunlik jami xarajatlarini qisqarishi hisobiga 1509506 so‘m byudjet mablag‘lari iqtisod qilinishiga imkon bergan. Xulosa: ushbu ilmiy yangilikdan foydalanish o‘rin-kunlarni qisqartirish hisobiga tadqiqot ko‘lami bo‘yicha (n=92) 138874635 so‘m byudjet mablag‘lari tejalishiga imkon beradi.