Tursunov Odil Mamasamievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Jigardan tashqari o‘t yullari o‘smalari tashhisoti va davolashda endobiliar qisqichli biopsiyani natijalarini baxolash», 14.00.27 – Xirurgiya.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/Tib1924.
Ilmiy rahbar: Jo‘raev Mirjalol Dexkanovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Samarqand davlat tibbiyot universiteti, DSc.04/05.05.2023.Tib.102.03.
Rasmiy opponentlar: Eshonxodjaev Otabek Djuraevich, tibbiyot fanlari doktori, professor. Xudoyorov Sanjar Sarvarovich, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Abu Ali ibn Sino nomidagi Tojikiston davlat tibbiyot universiteti (Tojikiston Respublikasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: endobiliar – qisqichli biopsiyasini o‘tkazish orqali mexanik sariqlik bilan asoratlangan jigardan tashqari o‘t yo‘llari o‘smalarining diagnostik samaradorligini oshirishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
jigardan tashqari o‘t yo‘llari o‘smalari diagnostikasi uchun rentgen nazorati ostida anterograd qisqichli-endobiliar biopsiya amaliyoti asosida takomillashtirilgan;
anterograd endobiliar biopsiyaning takomillashtirilgan texnikasining samaradorligi uni biopsiyaning an’anaviy ma’lumotlari bilan taqqoslash orqali aniqlangan; 
jigardan tashqari o‘t yo‘llari o‘smalari bilan kasallangan bemorlar o‘z vaqtida morfologik tekshirishning endobiliar qisqichli biopsiyasi keyingi davolash taktikasini tanlashga va bemorlarning umr ko‘rish davomiyligiga ta’siri aniqlangan. 
o‘t yo‘llari o‘smalari bemorlarni operatsiyadan oldingi va keyingi davrda olib borish, shuningdek yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan asoratlarning oldini olish bo‘yicha metodologik yondashuv ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Jigardan tashqari o‘t yullari o‘smalari tashhisoti va davolashda endobiliar qisqichli biopsiyani natijalarini baxolash bo‘yicha olib borilgan ilmiy-tadqiqot natijalari asosida (O‘zbekiston Respublikasi SSV huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 12.04.2025 y. 000080-son xulosasi):
birinchi ilmiy yangilik: jigardan tashqari o‘t yo‘llari o‘smalari diagnostikasi uchun rentgen nazorati ostida anterograd qisqichli-endobiliar biopsiya amaliyoti asosida takomillashtirilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot mankazi Navoiy filiali 21.02.2024 y. 8/2024-son buyrug‘i va Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot mankazi Qashqadaryo filiali 01.02.2024 y. 10/2024-son buyruqlari bilan amaliy faoliyatiga joriy qilingan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: mexanik sariqlik bilan asoratlangan xavfli o‘smalari bo‘lgan bemorlarning endobiliar qisqichli biopsiyasi uchun bemorni tanlash mezonlari yaxshilandi va endobiliar amaliyotni o‘tkazish uchun ko‘rsatmalar va qarshi ko‘rsatmalar takomillashtirildi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: jigardan tashqari o‘t yo‘llari o‘smalari diagnostikasi uchun rentgen nazorati ostida anterograd qisqichli-endobiliar biopsiya amaliyoti doirasida bemorlarning statsionar sharoitda davolash odatda umumiy o‘rtacha 8-10 kun uchun 13241320 so‘m. Bemorlarning barcha laborator-instrumental tekshirishlariga jami 12855200 so‘m sarflanadi. Miniinvaziv yondoshuvlar yordamida operatsiya kilinganda statsionar davolanish 4 kunga qiskarib, iqtisodiy ko‘rsatkich 21123700 so‘mni tashkil etadi (bir nafar bemor uchun). Xulosa: tadqiqotning mexanik sariqlik-ultratovush tekshiruvini aniqlashda ijobiy testning bashoratli qiymati +PV=0,88, KT +PV=0,97, MRT, laparoskopiya, TTXG va ERPXG +PV=1,0, EGDFS +PV=0,31, klinik va laboratoriya tadqiqotlari+PV=0,86 edi. Biroq, kasallik  tabiatini aniqlash paytida- ultratovush +PV=0.70, KT +PV= 0.84, MRT +PV= 0.90, laparoskopiya +PV= 0.90, HChG va ERPXG +PV=1.0, EGDFS +PV=0.17, klinik va laboratoriya tadqiqotlar +PV= 0.0 (p<0.05). O‘tkazilgan tadqiqotlarning ijobiy natijasining (+LR) ehtimollik nisbati LR o‘rtacha 0,72 ni tashkil etdi, bu juda ishonchli ma’lumotlar hisoblanadi (p< 0,005).
ikkinchi ilmiy yangilik: anterograd endobiliar biopsiyaning takomillashtirilgan texnikasining samaradorligi uni biopsiyaning an’anaviy ma’lumotlari bilan taqqoslash orqali aniqlangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot mankazi Navoiy filiali 21.02.2024 y. 8/2024-son buyrug‘i va Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot mankazi Qashqadaryo filiali 01.02.2024 y. 10/2024-son buyruqlari bilan amaliy faoliyatiga joriy qilingan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: tadqiqot natijalari bemorlarni tekshirish bosqichlarida endobiliar qisqichli biopsiya olish diagnostik xatolar darajasini kamaytiradi, jigardan tashqari o‘t yo‘llarining o‘smalari diagnostikasi va davolash taktikasini tanlashni yaxshilaydi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: anterograd endobiliar biopsiyaning takomillashtirilgan texnikasining samaradorligi yordamida ijobiy natijalar 2 barobar ko‘p holatda kuzatilganligini hisobga olsak, yillik iqtisodiy ko‘rsatkich 7458400 so‘mni tashkil etadi. Xulosa: jigardan tashqari o‘t yo‘llarining o‘sma obstruksiyasi holatida ultratovush tekshiruvi 70,5%, KT 84,7% va MRT 90%, laparoskopiya 100% o‘smani aniqlash ehtimolini beradi. Safro gipertenziyasining mavjudligiri ultratovush yordamida 95,4%, KT 90 (97,8%) da aniqlangan, sariqlik turini aniqlash usullarining diagnostik qiymati va MRTda eng yuqori bo‘lgan, bu 96% ni ko‘rsatdi. 100% hollarda mexanik sariqlikning tabiatini aniqlashda ERPXG va TTXG tomonidan to‘g‘ri javob berilgan. Laparoskopiya 90,3%, MRT va KT mos ravishda 90% va 84,8% ni tashkil qiladi. Obturatsiya darajasining eng aniq mavzusi quyidagi usullar bilan berilgan: TTXG (100%), ERPXG (100%), MRT (90%) va KT (84,8%). Klinik va laboratoriya tadqiqotlari bemorlarning 86,6 foizida safro chiqishi uchun to‘siq bilan bog‘liq safro sekresiyasi funksiyasining buzilishini aniqlashga muvaffaq bo‘ldi. 
uchinchi ilmiy yangilik: jigardan tashqari o‘t yo‘llari o‘smalari bilan kasallangan bemorlar o‘z vaqtida morfologik tekshirishning endobiliar qisqichli biopsiyasi keyingi davolash taktikasini tanlashga va bemorlarning umr ko‘rish davomiyligiga ta’siri aniqlangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot mankazi Navoiy filiali 21.02.2024 y. 8/2024-son buyrug‘i va Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot mankazi Qashqadaryo filiali 01.02.2024 y. 10/2024-son buyruqlari bilan amaliy faoliyatiga joriy qilingan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: o‘tkazilgan tadqiqotlar natijalari eng oqilona diagnostika taktikasini takomillashtirishga ma’lum hissa qo‘shadi, shuningdek, jigardan tashqari o‘t yo‘llari o‘smalarining bashorat parametrlarini aniqlashga yordam beradi, bu davolash usullarini optimallashtiradi, yashovchanlik darajasini, o‘rtacha umr ko‘rishni oshiradi va bemorlarning hayot sifatini yaxshilaydi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: oqilona diagnostika taktikasini takomillashtirishda bemorning 3 kun statsionar davolanishdagi byudjet mablag‘laridan ajratilgan 563565 so‘mni tejalinishi bilan ijobiy natijalar 35% byudjet mablag‘larini tashkil etadi. Xulosa: sitologik va gistologik tahlil uchun eng to‘liq to‘qimalarni materialni olishning endobiliar usuli bilan olish mumkin. Sitologik surtmalar 80,2% va 88,5% Laparoskopik tekshiruvda to‘liq tahlil qilish uchun mos edi, mos ravishda 79,6% va 88,7% endobiliar usulda (χ2=3,815, r<0,005).
to‘rtinchi ilmiy yangilik: bemorlarni operatsiyadan oldin va keyin  olib borish, shuningdek yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan asoratlarning oldini olish bo‘yicha metodologik yondashuv kompleksi ishlab chiqilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot mankazi Navoiy filiali 21.02.2024 y. 8/2024-son buyrug‘i va Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot mankazi Qashqadaryo filiali 01.02.2024 y. 10/2024-son buyruqlari bilan amaliy faoliyatiga joriy qilingan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: klinik amaliyotga radiojarrohlik, immunogistokimyoviy va immunologik tadqiqot usullari joriy etildi, bu jigardan tashqari o‘t yo‘llari o‘smalari bo‘lgan bemorlarda kasallikning bashoratini aniqlash imkonini berdi va ushbu toifadagi bemorlarda adekvat davolash taktikasi aniqlandi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: reabilitatsiya muddatlarining qisqarishi tufayli bemorlarni statsionar sharoitda davolash odatda byudjet mablag‘lari xisobidan 12441300 so‘m  sarflanadi. Jami asosiy gurux bemorlarning statsionar davolanishining 3 kungacha qiskarishini inobatga olsak, byudjet mablag‘larini qarib 354000000 so‘mni tejashga olib keladi. Xulosa: safro yo‘llarining balon kengayishi bilan teri orqali trancgepatik dekompressiya orqali dekompressiyani amalga oshirishda to‘liq ta’sir PCI an’anaviy usuliga qaraganda ancha keng tarqalgan edi (=0.887, p<0.05). Patologik jarayonning rivojlanishi va davolanishning qisman ta’siri ikkala guruhda ham deyarli bir xil. Jarayonning barqarorlashishi asosiy guruhda 19,2% va 30% hollarda sodir bo‘lgan, bu sariqlikning rivojlanishini to‘xtatish, ba’zi hollarda ikkinchisining intensivligining biroz pasayishi bilan ifodalangan. Agar balon kengayishi va o‘t yo‘llarini drenajlashda asoratlarning umumiy soni 9 (17,3%) holatda kuzatilgan bo‘lsa, an’anaviy drenaj texnikasi o‘tkazilgan nazorat guruhida bu ko‘rsatkich 73,3% ni tashkil etdi (44 bemor) (α=0,887, r<0,05). Asosiy guruhda jarrohlik aralashuvlar nazorat guruhining 40,4% ga nisbatan 20% da amalga oshirildi. Kimyoterapiya asosiy guruhda (36,5%) va nazorat guruhida (13,3%) amalga oshirildi. Nazorat guruhidagi simptomatik terapiya asosiy guruhga qaraganda deyarli uch baravar ko‘p (66,7% va 23,1%) amalga oshirildi. Endobiliar balon kengayishi bilan o‘t yo‘llarining dekompressiyasi ushbu toifadagi bemorlarni davolashda yanada maqbul yondashuv hisoblanadi (α=0.918, p<0.005).

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish