Sapaev Akbar Dilshadovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘tkir ichak tutilishida qayta chandiq hosil bo‘lishini bashorat qilish va oldini olish», 14.00.27 – «Xirurgiya» (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Tib3630.
Ilmiy rahbar: Oxunov Alisher Oripovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat tibbiyot instituti, DSc.04/30.12.2019.Tib.95.01.
Rasmiy opponentlar: Xakimov Murod Shavkatovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Tadjibaev Sharof Abdurashidovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: A.N.Rijix nomidagi koloproktologiya Milliy tibbiy tadqiqot markazi (Rossiya Federatsiyasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: chandiqli ichak tutilishi bilan xastalangan bemorlarni chandiq shakllanishining takrorlanishini bashorat qilish va oldini olish usullarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ko‘pchilik hollarda qorin bo‘shlig‘ining chandiq kasalligi remissiya bosqichida minimal klinik belgilar bilan yuzaga kelishi, o‘tkir ichak tutilishining rivojlanishiga qadar chandiq shakllanishining keyingi qaytalanishining yuqori xavfi isbotlangan;
fibroblastlarning mitotik faolligi, xujayradan tashqari matriks darajasi, oksiprolin va metalloproteinazaning 9-fraksiyasining faolligi chandiq jarayonining hosil bo‘lish bosqichlari bilan sezilarli darajada bog‘liqligi, chandiq hosil bo‘lish xavfi va intensivligini bashorat qilish uchun biomarker sifatida foydalanish zararuligi asoslangan;
natriy karboksimetilsellyuloza nafaqat to‘siq ta’siriga ega, balkim yalig‘lanish va fibrozning biomarkerlariga (metalloproteinazaning 9-fraksiyasi va oksiprolinning kamayishi) modulyasiya qiluvchi ta’sirida yuqori xavfli bemorlarda qayta chandiq hosil bo‘lish darajasini sezilarli darajada pasayishiga yordam berishining o‘rni isbotlangan;
EQ-5D-3L shkalasi bo‘yicha intraoperativ asoratlar darajasini 2,9 martaga, o‘lim ko‘rsatkichini 2,1 barobarga, qayta operatsiyalarni esa 50% gacha kamaytirish natijasida davolashdan 12 oy o‘tgach hayot sifatini ikki barobar yaxshilanishiga olib kelishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘tkir ichak tutilishida qayta chandiq hosil bo‘lishini bashorat qilish va oldini olishni baholash bo‘yicha ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
birinchi ilmiy yangilik: ko‘pchilik hollarda qorin bo‘shlig‘ining chandiq kasalligi remissiya bosqichida minimal klinik belgilar bilan yuzaga kelishi, o‘tkir ichak tutilishining rivojlanishiga qadar chandiq shakllanishining keyingi qaytalanishining yuqori xavfi isbotlanganligi Toshkent pediatriya tibbiyot instituti Ekspert kengashi tomonidan 2025 yil 23 aprelda 03/357-son bilan tasdiqlangan “Razrabotka i vnedrenie algoritma prognozirovaniya i profilaktiki spaykoobrazovaniya pri ostroy kishechnoy neproxodimosti” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Mazkur taklif Toshkent shahar 7-son klinik shifoxonasi bo‘yicha 13.05.2025 yildagi 68-U/T-son, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Surxondaryo filiali bo‘yicha 13.05.2025 yildagi 100-T-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2025 yil 10 iyundagi 19/06-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: chandiq hosil bo‘lish xavfini baholash uchun tashxislash algoritmini ishlab chiqishda oksiprolin, MMP-9, hujayradan tashqari matrisa komponentlari va fibroblastlarning mitotik faolligi, bu bemorlarni patologik jarayon boshlanganidan boshlab birinchi 10 kun ichida xavf darajasiga ta’siri baholash bilan bog‘liqligi natijasidagi yuzaga keladigan kasalliklarni erta tashxislash va davolash tartibini ishlab chiqish imkonini berganchandiq hosil bo‘lish xavfini baholash uchun tashxislash algoritmini ishlab chiqishda oksiprolin, MMP-9, hujayradan tashqari matrisa komponentlari va fibroblastlarning mitotik faolligi, bu bemorlarni patologik jarayon boshlanganidan boshlab birinchi 10 kun ichida xavf darajasiga ta’siri baholash bilan bog‘liqligi natijasidagi yuzaga keladigan kasalliklarni erta tashxislash va davolash tartibini ishlab chiqish imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: ichak tutilishining obstruktiv va strangulyasiya shakllari o‘rtasidagi farqi, chandiq shakllanishining intensivligini va ularning anatomik taqsimlanishini hisobga olgan holda tavsiflash, bu esa o‘z navbatida operatsiyadan keyingi asoratlar darjasini kamaytirishi natijasida reabilitatsiya vaqti qiskarishini ta’minlab, bemorlarning hayot sifatini yaxshilashga imkon berdi va natijalarning mablag‘ tejalishi, mukammallashtirilgan tashxislash jarayonini ta’minladi. Bemorlarni shifoxonada yotish vaqti 2-3 kunga qisqartirish, 7,84±2,12ni tashkil qilgan. Xulosa: andiq shakllanishining intensivligi va anatomik taqsimlanishi hamda ichak tutilishining obstruktiv va strangulyasiya shakllarini hisobga olgan holda amalga oshirilgan diagnostika va monitoring jarayonlari operatsiyadan keyingi asoratlar xavfini kamaytirib, reabilitatsiya muddatini qisqartirish (o‘rtacha 2–3 kun, 7,84±2,12) va bemorlarning hayot sifatini yaxshilash imkonini berdi. Bu esa tadqiqotning ijtimoiy va iqtisodiy samaradorligini ta’minladi.
ikkinchi ilmiy yangilik: fibroblastlarning mitotik faolligi, xujayradan tashqari matriks darajasi, oksiprolin va metalloproteinazaning 9-fraksiyasining faolligi chandiq jarayonining hosil bo‘lish bosqichlari bilan sezilarli darajada bog‘liqligi, chandiq hosil bo‘lish xavfi va intensivligini bashorat qilish uchun biomarker sifatida foydalanish zararuligi asoslanganligi Toshkent pediatriya tibbiyot instituti Ekspert kengashi tomonidan 2025 yil 23 aprelda 03/357-son bilan tasdiqlangan “Razrabotka i vnedrenie algoritma prognozirovaniya i profilaktiki spaykoobrazovaniya pri ostroy kishechnoy neproxodimosti” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Mazkur taklif Toshkent shahar 7-son klinik shifoxonasi bo‘yicha 13.05.2025 yildagi 68-U/T-son, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Surxondaryo filiali bo‘yicha 13.05.2025 yildagi 100-T-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2025 yil 10 iyundagi 19/06-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: chandiqlarning takrorlanishini bashorat qilish uchun logistik model yaratilgan bo‘lib, o‘tkir chandiqli ichak tutilishi bilan xastalangan bemorlarni davolashda klinik amaliyotga joriy etilishi natijasida kasallikning qaytalanishini oldini olish uchun shaxsiylashtirilgan taktika tanlash orqali, ushbu biomarkerlarni aniqlash ularning qayta chandiq hosil bo‘lish xavfi va intensivligini bashorat qilish uchun prognostik usul sifatida foydalanish va bemorlarda intraoperatsion asoratlar darjasini 2,9 marotabaga kamayishiga olib kelish imkonini berganligi bilan bog‘liqligi natijasidagi yuzaga keladigan kasalliklarni erta tashxislash va davolash tartibini ishlab chiqish imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: ichak tutilishining obstruktiv va strangulyasiya shakllari o‘rtasidagi farqi, chandiq shakllanishining intensivligini va ularning anatomik taqsimlanishini hisobga olgan holda tavsiflash, bu esa o‘z navbatida operatsiyadan keyingi asoratlar darjasini kamaytirishi natijasida reabilitatsiya vaqti qiskarishini ta’minlash,shifoxonada yotish vaqti 2-3 kunga qisqartirish( 7,84±2,12) ni tashkil qilish hamda bemorlarning hayot sifatini yaxshilashga imkon berdi va natijalarning mablag‘ tejalishi, mukammallashtirilgan tashxislash jarayonini ta’minlash imkonini bergan. Xulosa: Ko‘p omilli logistik model orqali ushbu biomarkerlardan foydalanish klinik amaliyotda shaxsiylashtirilgan davolash taktikasini tanlash va o‘tkir chandiqli ichak tutilishi bilan xastalangan bemorlarda kasallikning qayta rivojlanishini oldini olish imkonini bergan. Shu bilan birga, intraoperatsion asoratlar darajasi 2,9 marotaba kamaygan, bu esa kasallarning erta tashxis qilinishi va davolanishiga imkon yaratgan. Operatsiyadan keyingi asoratlar xavfini kamaytirish, reabilitatsiya muddatini qisqartirish (o‘rtacha 2–3 kun, 7,84±2,12) va bemorlarning hayot sifatini yaxshilash orqali tadqiqot ijtimoiy va iqtisodiy samaradorligini ta’minladi.
uchinchi ilmiy yangilik: natriy karboksimetilsellyuloza nafaqat to‘siq ta’siriga ega, balkim yalig‘lanish va fibrozning biomarkerlariga (metalloproteinazaning 9-fraksiyasi va oksiprolinning kamayishi) modulyasiya qiluvchi ta’sirida yuqori xavfli bemorlarda qayta chandiq hosil bo‘lish darajasini sezilarli darajada pasayishiga yordam berishining o‘rni isbotlangan usuli Toshkent pediatriya tibbiyot instituti Ekspert kengashi tomonidan 2025 yil 23 aprelda 03/357-son bilan tasdiqlangan “Razrabotka i vnedrenie algoritma prognozirovaniya i profilaktiki spaykoobrazovaniya pri ostroy kishechnoy neproxodimosti” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Mazkur taklif Toshkent shahar 7-son klinik shifoxonasi bo‘yicha 13.05.2025 yildagi 68-U/T-son, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Surxondaryo filiali bo‘yicha 13.05.2025 yildagi 100-T-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2025 yil 10 iyundagi 19/06-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: ko‘p omilli bashoratlash modelida 5 ta parametrdan foydalanish an’anaviy usullarga nisbatan chandiq jarayoni xavfini baholashning sezgirligi va o‘ziga xosligini mos ravishda 29,1% va 2,1 barobar oshirish imkonini berganligi bilan bog‘liqligi natijasidagi yuzaga keladigan kasalliklarni erta tashxislash va davolash tartibini ishlab chiqish imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: ichak tutilishining obstruktiv va strangulyasiya shakllari o‘rtasidagi farqi, chandiq shakllanishining intensivligini va ularning anatomik taqsimlanishini hisobga olgan holda tavsiflash, bu esa o‘z navbatida operatsiyadan keyingi asoratlar darjasini kamaytirishi natijasida reabilitatsiya vaqti qiskarishini ta’minlab, bemorlarning hayot sifatini yaxshilashga imkon berdi va natijalarning mablag‘ tejalishi, mukammallashtirilgan tashxislash jarayonini ta’minladi. Bemorlarni shifoxonada yotish vaqti 2-3 kunga qisqartirish, 7,84±2,12ni tashkil qilgan. Xulosa: Olingan ma’lumotlar ko‘p omilli bashoratlash modelida 5 ta parametrdan foydalanish orqali chandiq jarayoni xavfini aniqlashning sezgirligi va o‘ziga xosligini 29,1% va 2,1 barobar oshirishga yordam bergan, bu esa kasalliklarni erta tashxislash va individual davolash rejasini ishlab chiqish imkonini bergan. Chandiq shakllanishining intensivligi va anatomik taqsimlanishi hamda ichak tutilishining obstruktiv va strangulyasiya shakllarini hisobga olgan holda amalga oshirilgan diagnostika va monitoring jarayonlari operatsiyadan keyingi asoratlar xavfini kamaytirib, reabilitatsiya muddatini qisqartirish (o‘rtacha 2–3 kun, 7,84±2,12) va bemorlarning hayot sifatini yaxshilashga imkon bergan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: EQ-5D-3L shkalasi bo‘yicha intraoperativ asoratlar darajasini 2,9 martaga, o‘lim ko‘rsatkichini 2,1 barobarga, qayta operatsiyalarni esa 50% gacha kamaytirish natijasida davolashdan 12 oy o‘tgach hayot sifatini ikki barobar yaxshilanishiga olib kelishi isbotlanganligi Toshkent pediatriya tibbiyot instituti Ekspert kengashi tomonidan 2025 yil 23 aprelda 03/357-son bilan tasdiqlangan “Razrabotka i vnedrenie algoritma prognozirovaniya i profilaktiki spaykoobrazovaniya pri ostroy kishechnoy neproxodimosti” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Mazkur taklif Toshkent shahar 7-son klinik shifoxonasi bo‘yicha 13.05.2025 yildagi 68-U/T-son, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Surxondaryo filiali bo‘yicha 13.05.2025 yildagi 100-T-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2025 yil 10 iyundagi 19/06-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: jarrohlik amaliyotiga qayta chandiq hosil bo‘lishiga qarshi vositani (natriy karboksimetilsellyuloza) bashorat qilish va qo‘llash bo‘yicha tavsiya etilgan kompleksni joriy etish operatsiyadan keyingi chandiq hosil bo‘lish darajasi, shifoxonaga yotqizish muddati, takroriy operatsiyalar darajasini kamaytirishga qaratilgan ixtiro patenti №IAP 807 olingan va uning natijasida bemorlarning hayot sifatining uzoq muddatli ko‘rsatkichlarini yaxshilash imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: ichak tutilishining samarali tashxislash va davolash natijasida chandiq shakllanishini intensivligi va ularning anatomik taqsimlanishi baholash algoritm va yondashuvdan foydalanish asoratlarni oldini olish, qo‘shimcha davolanishga bo‘lgan ehtiyojni kamaytirish, algoritmning iqtisodiy samaradorligi bir bemorda qaytalanishni yoki kasallikning og‘ir kechishini oldini olgan holda 480000 so‘mni tashkil etish, shifoxonada yotish vaqti 2-3 kunga qisqartirish imkonini bergan hamda umumiy xarajatlarini kamaytirish imkon bergan. Xulosa: Tadqiqot natijalari ko‘rsatdiki, EQ-5D-3L shkalasi orqali baholash natijalari intraoperativ asoratlar darajasini 2,9 marotaba, o‘lim ko‘rsatkichini 2,1 barobar va qayta operatsiyalarni 50% gacha kamaytirish orqali davolashdan 12 oy o‘tgach bemorlarda hayot sifatini ikki barobar yaxshilash imkonini bergan. Chandiq shakllanishining intensivligi va anatomik taqsimlanishini baholash uchun ishlab chiqilgan algoritm va yondashuv asoratlarni oldini olish, qo‘shimcha davolanishga bo‘lgan ehtiyojni kamaytirish va har bir bemor uchun iqtisodiy samaradorlikni ta’minlab, shifoxonada yotish muddatini 2–3 kunga qisqartirish va umumiy xarajatlarni kamaytirishga imkon bergan.