Pasieva Zoya Joldasbaevnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida E’lon 

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): “Modifikatsiyalangan kam shag‘alli betonlarni Orol qumi asosida ishlab chiqish texnologiyasini tadbiq etish va mahalliy dekorativ qurilish materiallarida samarali foydalanish”, 05.09.05 – “Qurilish materiallari va buyumlari” (texnika fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/T5489.
Ilmiy rahbar: Davlyatov Shoxrux Muratovich, texnika fanlari bóyicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti. 
IK faoliyat kursatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti huzuridagi PhD.03/05.04.2025.T.20.12 raqamli Ilmiy kengash. 
Rasmiy opponentlar: To‘remuratov Sharibay Naurızbaevich, texnika fanlari doktori, professor; Abdullaev Ulug‘bek Xakimovich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent. 
Yetakchi tashkilot: Jizzax politexnika instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi. Texnika yo‘nalishi. Nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Ishlab chiqarish sanoatida yaroqsiz beton buyumlarini qayta ishlash va kompleks foydalanish, xususan, Orol qumi asosida ishlangan kam shag‘alli beton buyumlarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
beton aralashmasi uchun qo‘llanilgan faol qo‘shimchalar organo-mineral qo‘shimchalar (OMQ) miqdoriga bog‘liqligi, kam shag‘alli beton aralashmalarining suvga bo‘lgan talabining ko‘p o‘zgaruvchan omillarining kvadratik bog‘liqliklari va harakatchanlik ko‘rsatkichlariga qarab mustahkamligini, beton aralashmasidagi mayda tuldiruvchilar deb hisoblangan qum ulushi, bog‘lovchi sement iste'moli sarfi bilan bog‘liqligi va beton qorishmasining mustahkamligini ifodalovchi matematik modeli ishlab chiqilgan;
kam shag‘alli betonning suv-sement nisbati 0,4 dan 0,7 gacha bo‘lgan to‘ldiruvchilar aralashmasidagi qum ulushi 0,55 foyizdan 0,65 foyizgacha teng bo‘lganida aralashmalarining harakatlanuvchi yopishqoqligi eng optimal darajaga etishi aniqlangan; 
kam shag‘alli betonning fizik-mexanik va ekspluatasion xossalari talabiga ko‘ra organomineral qo‘shimchalar OMQ nisbati sement massasidan 0,45% gacha va o‘rtacha zichligi 1 m3 betonda 2265 kg, betonning siqilishdagi mustahkamligi 27.4 MPa, egilishdagi darzbardoshlik mustahkamligi 1.1 MPa va betonning reologik xossalari 0,25 MPa gacha bo‘lgan kursatkichlari aniqlangan;
Orol qumi asosida ishlab chiqilgan modifikasiyali kam shag‘alli beton qorishmasida mexanik va kimyoviy faollashuvchi silikatlar va kalsiy karboalyuminatlar kabi mayda kristalli yangi birikmalar o‘zaro faol shakllanganligi sababli ulardan sifatli mahsulot olish samaradorligi oshganligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Modifikasiyalangan kam shag‘alli betonlarni Orol qumi asosida ishlab chiqish texnologiyasini tadbiq etish va mahalliy dekorativ qurilish materiallarida samarali foydalanish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
beton aralashmasi uchun qo‘llanilgan faol qo‘shimchalar organo-mineral qo‘shimchalar (OMQ) miqdoriga bog‘liqligi, kam shag‘alli beton aralashmalarining suvga bo‘lgan talabining ko‘p o‘zgaruvchan omillarining kvadratik bog‘liqliklari va harakatchanlik ko‘rsatkichlariga qarab mustahkamligini, beton aralashmasidagi mayda tuldiruvchilar deb hisoblangan qum ulushi, bog‘lovchi sement iste’moli sarfi bilan bog‘liqligi va beton qorishmasining mustahkamligini ifodalovchi matematik modeli ishlab chiqilganligi hamda kam shag‘alli betonning suv-sement nisbati 0,4 dan 0,7 gacha bo‘lgan to‘ldiruvchilar aralashmasidagi qum ulushi 0,55 foyizdan 0,65 foyizgacha teng bo‘lganida aralashmalarining harakatlanuvchi yopishqoqligi eng optimal darajaga etishi aniqlanganligi xususidagi takliflar temirbeton buyumlar ishlab chiqaruvchi korxonalar “MODERN PLUS” MChJ XQK  va “CONCRETE BUILD” TBB MChJ faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligining 2025-yil 25-yanvardagi 03-07/01-297-son ma'lumotnomasi). Tadqiqot ishlari natijalarining ishlab chiqarishga tatbiq etilishida qayta ishlangan beton qoldiqlaridan olingan ikkilamchi to‘ldiruvchilarni foydalanishda sarflanadigan xarajatlar tabiiy xom ashyo materiallariga iqtisodiy nisbati, iqtisodiy foydali, ya’ni qayta ishlangan beton qoldiqlaridan olingan ikkilamchi to‘ldiruvchilar narxidan 1.5 barobar arzon ekanligini aniqlash imkonini bergan;
kam shag‘alli betonning fizik-mexanik va ekspluatasion xossalari talabiga ko‘ra organomineral qo‘shimchalar OMQ nisbati sement massasidan 0,45% gacha va o‘rtacha zichligi 1 m3 betonda 2265 kg, betonning siqilishdagi mustahkamligi 27.4 MPa, egilishdagi darzbardoshlik mustahkamligi 1.1 MPa va betonning reologik xossalari 0,25 MPa gacha bo‘lgan kursatkichlari aniqlanganligi hamda Orol qumi asosida ishlab chiqilgan modifikasiyali kam shag‘alli beton qorishmasida mexanik va kimyoviy faollashuvchi silikatlar va kalsiy karboalyuminatlar kabi mayda kristalli yangi birikmalar o‘zaro faol shakllanganligi sababli ulardan sifatli mahsulot olish samaradorligi oshganligi asoslanganligi xususidagi takliflar temirbeton buyumlar ishlab chiqaruvchi korxonalar “MODERN PLUS” MChJ XQK  va “CONCRETE BUILD” TBB MChJ faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligining 2025-yil 25-yanvardagi 03-07/01-297-son ma'lumotnomasi). Natijalar mahalliy arzon bozorbop dekorativ qurilish yig‘ma beton yulka plitalarining 200x100x70mm, 245x245x65mm, 800x200x80x65mm bulgan beton buyumlarini olishga erishgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish