Jalolov Farruh Baxshulloevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Osilgan massalari bo‘lgan doiraviy va to‘rtburchakli qovushqoq-elastik plastinkalarning tebranishlari” (Kolebaniya kruglix i chetirexugol`nix vyazkouprugix plastinok s povisnimi massami) 01.02.04-Deformatsiyalanuvchan qattiq jism mexanikasi (fizika matematika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/FM1309
Ilmiy rahbar: Teshaev Muxsin Xudoyberdievich fizika matematika fanlai doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat texnika universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro davlat texnika universiteti huzuridagi ilmiy daraja beruvchi PhD.03/27.02.2021.FM.101.02 raqamli ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Mardonov Botir Mardonovich fizika-matematika fanlari doktori, professor; Indiaminov Ravshan Shukurovich fizika-matematika fanlari doktori, professor;
Yetakchi tashkilot nomi: Toshkent davlat transport universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: garmonik (yoki statsionar bo‘lmagan) yuklarning ta'siri ostida biriktirilgan massalari bo‘lgan yupqa ortotrop plastinkalarning dinamikasini analitik va sonli echish metodikasi va algoritmi ishlab chiqish, hamda sonli natijalar olib tahlil qilishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk marotaba bir-biri bilan deformasiyalanuvchan elementlar bilan biriktirilgan hamda yig‘ilgan massasi bo‘lgan qovushqoq-elastik ortotrop (to‘rtburchakli va doiraviy) plastinkalarning xos va majburiy tebranishlari masalalarining matematik qo‘yilishi, echish metodikasi va algoritmi “muzlatish”, o‘zgaruvchilartsh ajratish, Muller, Gauss va Laplas usullari asosida ishlab chiqilgan;
yig‘ilgan massali qovushqoq-elastik ortotrop (to‘rtburchakli va doiraviy) plastinkadan va massasiz elementlardan tashkil topgan dissipative bir jinsli bo‘lmagan mexanik sistemaning xos chastotalari haqiqiy qismlari maksimal yaqinlashganda mexanik sistemada energiya dissipatsiyasi intensiv bo‘lish samarasi topilgan.
strukturaviy bir jinsli yig‘ilgan massali qovushqoq-elastik ortotrop plastinkalardan tashkil topgan mexanik sistemalarda dempferlash (yoki so‘nish) koeffisientining bikrlikka bog‘liqli monoton bo‘lishi, dissipative bir jinsli bo‘lmagan mexanik sistemalarda esa nomonoton funksiyalar orqali ifodalanishi topilgan
markazga qo‘yilgan massa qiymati ortishi bilan birinchi xos tebranish chastotasi sezilarli darajada kamayishi, massa 1 kg dan 100 kg gacha oshirilganda birinchi chastota 7 marta pasayishi, ikkinchi va uchinchi tebranish chastotalari esa deyarli o‘zgarmasdan qolganligi ishlab chiqilgan metodikasi va algoritmini qo‘llash asosida aniqlangan;
tayanchlari va biriktirilgan (ikkita yoki uchta) massalari bo‘lgan strukturaviy bir jinsli va bir jinsli bo‘lmagan elastik va qovushqoq-elastik ortotrop plastinkalar kompleks chastotalari haqiqiy qismlarining farqi 6% gacha bo‘lishi, mavhum qismlari esa tubdan farq qilishi “muzlatish”, o‘zgaruvchilarga ajratish, Gauss, Muller va Laplas usullariga asoslangan metodikasi va algoritmini qo‘llash asosida topilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqotdagi Osilgan massalari bo‘lgan doiraviy va to‘rt burchakli qovushqoq-elastik plastinkalarning tebranishlari masalalarini echish metodikasi va algoritmi bo‘yicha olingan natijalar asosida:
material qovushqoqligini hisobga oluvchi matematik model tenglamalarini taqribiy echish samaralaridan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi institutida bajarilgan № IL-21071166 – sonli “Shamolning past tezligi uchun mo‘ljallangan vertikal o‘qli shamol turbinasini yaratish” mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti 2025-yil 21-apreldagi 434-3-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, shamol turbinalarining parametrlarini aniqlash tenglamalarini taqribiy echish imkonini bergan;
ishlab chiqilgan ortotrop plastinkaga osilgan yuklarning majburiy tebranishlarini ifodalovchi xususiy hosilali gibrid integro-differensial tenglamalarni echish metodikasidan Toshkent kimyo-texnologiya institutining 2016-2020 yillarda bajarilgan OT-F4-01 sonli "Qovushqoq suyuqlik oquvchi ko‘p qatlamli kompozit quvurlar egri chiziqli bo‘laklarining harorat va dinamik yuklanishlar ta'sirida chiziqli bo‘lmagan dinamik kuchlanish-deformatsiya holatini o‘rganish usullarini ishlab chiqish va nazariyasini rivojlantirish” mavzusidagi loyihada foydalanilgan (Toshkent kimyo-texnologiya institutining 2025-yil 8-iyuldagi 1/01-2409-sonli ma'lumotnoma). Natijada qovushqoq suyuqlik oquvchi ko‘p qatlamli kompozit quvurlar egri chiziqli bo‘laklarining dinamik yuklanishlar ta’siridagi tebranishlar chastotalarini topish va tebranish formalarini qurish imkoniyati yaratilgan.