Choriev Mirjalolning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Qovushqoq-elastik ko‘p qatlamli silindrik qobiqqa garmonik va turg‘un bo‘lmagan to‘lqin difraksiyasi” (Difraksiya garmonicheskix i nestatsionarnix voln na mnogosloynoy vyazkouprugoy silindricheskoy obolochke) 01.02.04–Deformatsiyalanuvchan qattiq jism mexanikasi (fizika matematika fanlari). Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: № B2024.4.PhD/FM964
Ilmiy rahbar: Safarov Ismoil Ibrohimovich fizika matematika fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent kimyo-texnologiya instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro davlat texnika universiteti huzuridagi ilmiy daraja beruvchi PhD.03/27.02.2021.FM.101.02 raqamli ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Ibraxim Mirzaev – fizika-matematika fanlari doktori, professor; Ismayilov Kubaymurat – texnika fanlari doktori, professor
Yetakchi tashkilot nomi: Namangan davlat texnika universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: qovushqoq-elastik muhitda joylashgan ko‘p qatlamli silindrik qobiqqa bo‘ylama yoki ko‘ndalang (garmonik yoki noturg‘un) to‘lqinlar yuklanish masalalarining matematik qo‘yilishi, echish metodikasi va algoritmlarini ishlab chiqishdan hamda sonli natijalar olib tahlil qilishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
qovushqoq-elastik muhitdagi silindrik jismga statsionar boʻlmagan toʻlqin difraksiyasi jarayonida kuchlanishlar va deformatsiyalarni vaqt boʻyicha oʻzgarishi muxitning uch parametirli Rijanisin–Koltunov yadrosi parametrlariga bogliq analitik formulasi Furening integral almashtirishi asosida ilk marta olingan;
qatlam qalinligi kamayganda, nisbatan qattiq qatlamlar uchun kuchlanish konsentratsiyasining ortishi, yumshoq qatlamlar uchun esa oraliqda kuchlanish konsentratsiyasining kamayishi aniqlangan;
garmonik toʻlqin ta'sirida qovushqoq-elastik muhitdagi ikki va uch qatlamli silindrik qobiqlarda hosil boʻladigan dinamik kuchlanish-deformasiyalanish holati uzun toʻlqinlar va kichik chastotalarda (10 Grs gacha) oʻzining maksimal qiymatlariga erishuvi dispersion munosabatlardan topilgan;
qovushqoq-elastik silindrik qobiqlarda nostatsionar (impulsli) toʻlqinlar ta'sirida hosil boʻladigan dinamik kuchlanish va deformatsiyalar vaqtning boshlangʻich davrida maksimal qiymatlarga erishib, keyinchalik statik kuchlanish va deformasiyalarga asimptotik yaqinlashib borishi hamda ularning parametrlar bilan bogʻliq nomanoton oʻzgarish oraliqlarining mavjud boʻlishi topilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqotdagi qovushqoq-elastik ko‘p qatlamli silindrik qobiqqa garmonik va turg‘un bo‘lmagan to‘lqinlar difraksiyasi masalalarini echish metodikasi va algoritmi hamda olingan natijalar asosida:
bir jinsli bo‘lmagan ko‘p qatlamli silindrik qobiqlarning dinamik kuchlanish-deformatsiya holatini solishtirma baholashga yo‘naltirilgan xususiy hosilali, kompleks koeffisientli differensial tenglamalarni taqribiy echish usullaridan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi institutida bajarilgan IL-21071166-sonli “Shamolning past tezligi uchun mo‘ljallangan vertikal o‘qli shamol turbinasini yaratish” mavzusidagi innovatsion loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi institutning 2025-yil 24-yanvardagi 71-3-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, shamol turbinalarining samarali ishlashini ta'minlash maqsadida tuzilgan matematik model tenglamalarining to‘g‘riligini tekshirish imkoniyati yaratilgan;
dissertatsiyada ishlab chiqilgan birinchi tartibli, bir jinslimas xususiy hosilali differensial tenglamalarni echish metodikasidan Toshkent kimyo-texnologiya institutida 2016–2020 yillarda bajarilgan OT-F4-01 “Qovushqoq suyuqlik oquvchi ko‘p qatlamli kompozit quvurlar egri chiziqli bo‘laklarining harorat va dinamik yuklanishlar ta’sirida chiziqli bo‘lmagan dinamik kuchlanish-deformatsiya holatini o‘rganish usullarini ishlab chiqish va nazariyasini rivojlantirish” mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (Toshkent kimyo-texnologiya instituti, 2025-yil 6-fevral, 1/01-358-sonli ma’lumotnoma). Natijada, qovushqoq suyuqlik oquvchi, ko‘ndalang kesimi silindrik shakldagi kompozit quvurlarni dinamik yuklanishlar ta’sirida yuzaga keladigan kuchlanganlik-deformatsiyalanganlik holati aniqlanib, rezonans hodisasi sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan sohalarni oldindan bilish imkonini bergan.