Shamuradov Ilxom Ismoilovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Stenoz va oqma bilan asoratlangan qizilungach saratonida endoskopik stentlashning o‘rni», 14.00.27 – Xirurgiya.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/Tib3834.
Ilmiy rahbar: Jo‘raev Mirjalol Dexkanovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Samarqand davlat tibbiyot universiteti, DSc.04/05.05.2023.Tib.102.03.
Rasmiy opponentlar: Eshonxodjaev Otabek Djuraevich, tibbiyot fanlari doktori, professor. Raxmanov Qosim Erdanovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Abu Ali ibni Sino nomidagi Tojikiston davlat tibbiyot universiteti (Tojikiston Respublikasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: 
o‘z-o‘zidan kengayadigan endoprotezlar bilan endoskopik stentlash protokolini ishlab chiqish orqali stenoz va oqma bilan asoratlangan qizilo‘ngach saratonini palliativ davolash natijalarini yaxshilashdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
ilk bor xavfli jarayonning etiologiyasiga va uning anatomik xususiyatlariga (stenoz va oqmaning og‘irligi, zararlanish darajasi va joylashgan joyi) ko‘ra o‘z-o‘zidan kengayadigan nitinol bilan qoplangan protezlar bilan endoskopik stentlashni patofiziologik samaradorligi asoslangan;
ilk bor oqma bilan asoratlangan qizilo‘ngach saratonining stenozida o‘z-o‘zidan kengayadigan nitinol bilan qoplangan stentlarni o‘rnatishning turli usullari uchun ko‘rsatmalar aniq shakllantirildi va turli klinik holatlarda stent implantatsiyasining har bir usulining morfofunksional o‘rni asoslangan;
ilk bor oqma bilan asoratlangan qizilo‘ngach saratoni bilan og‘rigan bemorlarda stentlashning oziq-ovqat o‘tish sifatini tubdan yaxshilashi, yo‘tal reflekslari va bemorlarning boshqa tegishli funksional holatini oldini olishi asoslangan;
xavfli o‘smaning etiologiyasi va tabiati ularni davolash usullariga va oldini olish usullariga qarab erta va kech asoratlarning umumiy tahlili asosida endoskopik stentlashning oqma bilan asoratlangan qizilo‘ngach o‘smalari bo‘lgan bemorlarning yashovchanlik darajasi aniqlangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Stenoz va oqma bilan asoratlangan qizilungach saratonida endoskopik stentlashning o‘rni bo‘yicha olib borilgan ilmiy-tadqiqot natijalari asosida (O‘zbekiston Respublikasi SSV huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 12.04.2025 y. 000079-son xulosasi):
birinchi ilmiy yangilik: ilk bor tibbiy muassasamiz tajribasiga asoslanib, xavfli jarayonning etiologiyasiga va uning anatomik xususiyatlariga (stenoz va oqmaning og‘irligi, zararlanish darajasi va joylashgan joyi) ko‘ra o‘z-o‘zidan kengayadigan nitinol bilan qoplangan protezlar bilan endoskopik stentlashni patofiziologik samaradorligi asoslangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot mankazi Navoiy filiali 21.02.2024 y. 7/2024-son buyrug‘i va Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot mankazi Qashqadaryo filiali 01.02.2024 y. 11/2024-son buyruqlari bilan amaliy faoliyatiga joriy qilingan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: ctenoz va oqma bilan asoratlangan qizilo‘ngach saratoni bilan og‘rigan bemorlarni stenoz va oqma soniga, tarqalishiga va joylashishiga qarab ishlab chiqilgan davolashning optimal strategiyasi va rolini baholash imkonini beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: ctenoz va oqma bilan asoratlangan qizilo‘ngach saratoni bilan og‘rigan bemorlarni statsionar sharoitda davolash odatda umumiy o‘rtacha 12-15 kun uchun 14325400 so‘m (bir nafar bemor uchun) sarflanadi. Bemorlarning o‘z-o‘zidan kengayadigan nitinol bilan qoplangan protezlar bilan endoskopik stentlash orqali xirurgik davolashda statsionar davolanish muddati sezilardi darajada qisqarib, byudjet mablag‘larini 20% gacha tejashga olib keldi. Xulosa: qizilo‘ngachni endoprotezlash uchun o‘z-o‘zidan kengayadigan stentni o‘rnatish afzalroqdir, chunki bu amaliyot qizilo‘ngachning amaliyotdan oldin kengaytirishni yoki koagulyasiyasini talab qilmaydi. Ushbu amaliyot alohida e’tibor talab qiladi, chunki oqma borligida qizilo‘ngachning torayishi stent vaqtida teshilish va oqmaning kengayishiga qadar turli xil asoratlar bilan murakkablashishi mumkin.
ikkinchi ilmiy yangilik: ilk bor oqma bilan asoratlangan qizilo‘ngach saratonining stenozida o‘z-o‘zidan kengayadigan nitinol bilan qoplangan stentlarni o‘rnatishning turli usullari uchun ko‘rsatmalar aniq shakllantirildi va turli klinik holatlarda stent implantatsiyasining har bir usulining morfofunksional o‘rni asoslang. Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot mankazi Navoiy filiali 21.02.2024 y. 7/2024-son buyrug‘i va Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot mankazi Qashqadaryo filiali 01.02.2024 y. 11/2024-son buyruqlari bilan amaliy faoliyatiga joriy qilingan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: ctenoz va oqma bilan asoratlangan qizilo‘ngach saratonida endoskopik stentlash uchun ko‘rsatmalar ishlab chiqildi hamda tekshirish va davolashning, davolashdan oldingi va keyingi bosqichlarida o‘smaning rivojlanish xavfi yuqori bo‘lgan bemorlarni aniqlash mezonlari amaliyotni rivojlantirishning muhim vazifasidir. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: ctenoz va oqma bilan asoratlangan qizilo‘ngach saratonida endoskopik stentlash uchun ko‘rsatmalar yordamida ijobiy natijalar bemorlarning statsionar sharoitda davolanish muddatining qisqarishi kuzatilganligini hisobga olsak, yillik iqtisodiy ko‘rsatkich 67000000 so‘mni tashkil etadi. Xulosa: asosiy guruhda bevosita asoratlar 5 bemorda (15,6%, qon ketishi va stent migratsiyasi) kuzatildi, nazorat guruhidagi 25 (73,5%) dan 3 (8,8%) nafarida jiddiy asoratlar bor edi va tibbiy yordamni talab qildi. Oqma hajmining progressiv o‘sishi nazorat guruhining 13 (38,2%) bemorlarida kuzatildi, bu barcha bemorlarni o‘limga olib keldi, chunki vaqt o‘tishi bilan bu asorat yiringli-yallig‘lanishli o‘zgarishlarga yoki qon ketishiga sabab bo‘ldi. 
uchinchi ilmiy yangilik: ilk bor oqma bilan asoratlangan qizilo‘ngach saratoni bilan og‘rigan bemorlarda stentlashning oziq-ovqat o‘tish sifatini tubdan yaxshilashi, yo‘tal reflekslari va bemorlarning boshqa tegishli funksional holatini oldini olishi asoslangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot mankazi Navoiy filiali 21.02.2024 y. 7/2024-son buyrug‘i va Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot mankazi Qashqadaryo filiali 01.02.2024 y. 11/2024-son buyruqlari bilan amaliy faoliyatiga joriy qilingan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: ishlab chiqilgan davolash algoritmi asosida ushbu guruhdagi bemorlarning yashovchanlik darajasi, o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligi va hayot sifatining oshirish imkonini beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: ishlab chiqilgan davolash algoritmi asosida statsionar davolanishdagi 15 kundan 8 kungacha qisqarishini inobatka olsak, byudjet mablag‘laridan ajratilgan 1 nafar bemor uchun 21426850 so‘mni tejalinishi bilan ijobiy natijalar 20% byudjet mablag‘larini tashkil etadi. Xulosa: qizilo‘ngachni stentlash bilan ovqat hazm qilishni tiklash ko‘proq fiziologik bo‘lib, oshqozon-ichak traktining kamroq buzilishi, oziq-ovqatning yaxshi singishi, bemorlarning hayot sifatining yaxshilanishi va ichakning bakterial florasining kamroq buzilishi bilan asoslanadi. Asosiy guruhda to‘rt hafta davomida 22 (68,8%) bemorlarda nazorat guruhidagi 14 (41,2%) bemorlarda vazn ortishi kuzatildi, asosiy guruhdagi 6 (18,8%) va 9 (26,5%) bemorlarda vazn barqarorlashuvi kuzatildi. Nazorat guruhidagi bemorlar, progressiv vazn yo‘qotish asosiy guruhdagi 4 (12,5%) va nazorat guruhlaridagi 11 (32,4%) bemorlarda kuzatilgan. O‘rtacha vazn ortishi 2,3 va 1,0 kg oralig‘ida edi. (0,9 kg dan 3,7 kg gacha). Asosiy guruhda disbakterioz 2-darajaga, nazorat guruhida 3-darajasiga to‘g‘ri keldi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: xavfli o‘smaning etiologiyasi va tabiati ularni davolash usullariga va oldini olish usullariga qarab erta va kech asoratlarning umumiy tahlili asosida endoskopik stentlashning oqma bilan asoratlangan qizilo‘ngach o‘smalari bo‘lgan bemorlarning yashovchanlik darajasi aniqlangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot mankazi Navoiy filiali 21.02.2024 y. 7/2024-son buyrug‘i va Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot mankazi Qashqadaryo filiali 01.02.2024 y. 11/2024-son buyruqlari bilan amaliy faoliyatiga joriy qilingan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: ushbu tadqiqotlar natijalari stenoz va oqma bilan asoratlangan qizilo‘ngach saratoni bilan og‘rigan bemorlarni davolashga ma’lum hissa qo‘shadi, bu davolash usullarini optimallashtiradi, omon qolish darajasini oshiradi va bemorlarning hayot sifatini yaxshilaydi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: reabilitatsiya muddatlarining qisqarishi tufayli, bemorlarning hayot sifatini yaxshilanishi bilan ambulator davolanish uchun extiyoj qisqarib, bemorlarning maishiy xaetga qaytishi bilan iqtisodiy ko‘rsatgich sifati yaxshilanadi. Agarda asosiy gurux bemorlarning statsionar davolanishining 8 kungacha qiskarishini inobatga olsak, byudjet mablag‘larini qarib 67000000 so‘mni tejashga olib keladi. Xulosa: qizilo‘ngachni stentlashdan so‘ng, nazorat guruhiga qaraganda ancha ko‘p bemorlarda davolanishning ijobiy ta’siri kuzatildi, chunki 32 bemordan 22 (68,8%) bemor ahvoli nisbatan qoniqarli bo‘ldi (r <0,005). Faqat 10 bemor (31,3%) davriy va doimiy tibbiy va ijtimoiy yordamga muhtoj bo‘ldi. Stomani o‘rnatishda bu natija 18 (46,2%) holatda kuzatilgan. Shuningdek, stentlash minimal invaziv bo‘lib, bemorlarning kasalxonada qolish vaqtini o‘rtacha ikki kunga qisqartirdi (asosiy guruhda 3,6 kun va nazorat guruhida 5,8 kun). O‘rganilgan bemorlar orasida o‘rtacha hayot 3,6±0,3 oyni tashkil etdi, asosiy guruhda 4,7±0,2 oyni tashkil etdi va nazorat guruhida 3,3±0,2 oyni tashkil etdi. O‘rtacha, asosiy guruhdagi bemorlar nazorat guruhiga qaraganda bir oydan ko‘proq umr ko‘rishgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish