Utaev Latifjon Xolmamatovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Qisilgan churralarni jarrohlik davolashda gernioalloplastikaning taktik va texnik jihatlarini maqbullashtirish», 14.00.27 – Xirurgiya.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/Tib4992.
Ilmiy rahbar: Dusiyarov Muxammad Mukumbaevich, tibbiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Samarqand davlat tibbiyot universiteti, DSc.04/05.05.2023.Tib.102.03.
Rasmiy opponentlar: Eshonxodjaev Otabek Djuraevich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Shonazarov Iskandar Shonazarovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: V.I.Razumovskiy nomidagi Saratov davlat tibbiyot universiteti (Rossiya Federatsiyasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: 
qorin old devorining qisilgan churralari bo‘lgan bemorlarni taranglashmagan gernioalloplastika va lokal perioperativ ozonoterapiya usullarini qo‘llash orqali davolash natijalarini yaxshilashdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
qorin old devorining qisilgan churralarida kompartment sindromi, enteral va poliorgan etishmovchiligi rivojlanishini oldini olish orqali taranglashmagan protez plastikasi asoslangan;
qorin bo‘shlig‘ining ultratovush tekshiruvi va qorin ichki bosimi ko‘rsatkichlari dinamikasi asosida qisilgan churrali bemorlarni nazoenteral intubatsiya yordamida davolashda operatsiyadan keyingi ichak parezining bartaraf etilishi isbotlangan;
ilk bor perioperatsion ozonoterapiya bilan to‘rsimon protezlar qo‘llangan operatsiyalarda infeksiyalangan to‘qimalarda yot jismlar bo‘lishi bilan bog‘liq spesifik asoratlar kuzatilmasligi isbotlangan;
qaytalanishning kam foizi va spesifik asoratlar yo‘qligi, qisilgan churralarda taranglashmagan alloplastikaning profilaktik usul sifatida morfofunksional afzalligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Qisilgan churralarni jarrohlik davolashda gernioalloplastikaning taktik va texnik jihatlarini maqbullashtirish bo‘yicha olib borilgan ilmiy-tadqiqot natijalari asosida (O‘zbekiston Respublikasi SSV huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 15.02.2025 y. 12/13-son xulosasi):
birinchi ilmiy yangilik: qorin old devorining qisilgan churralarida kompartment sindromi, enteral va poliorgan etishmovchiligi rivojlanishini oldini olish orqali taranglashmagan protez plastikasi asoslangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Samarqand shaxar tibbiyot birlashmasi 29.11.2024 y. 4468-7-107-TB/2024-son buyrug‘i va Resbuplika shoshilinch tez tibbiy yordam ilmiy markazi Navoiy filiali 23.11.2024 y. 109-son buyruqlari bilan amaliy faoliyatiga joriy qilingan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: taklif etilgan algoritm ichak tutilishi bilan asoratlangan qisilgan churralari bo‘lgan va ustuvor tarzda taranglashmagan plastika bajarilgan bemorlarni davolashning barcha bosqichlarida davolash natijalarini yaxshilashga, asoratlar sonini va operatsiyadan keyingi o‘limni kamaytirishga imkon berdi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: qorin old devorining qisilgan churralarida kompartment sindromini oldini olishda bemorlarda bir vaqtdagi jarrohlik aralashuvi doirasida bemorlarning statsionar sharoitda davolash odatda umumiy o‘rtacha 8-10 kun uchun 3241320 so‘m. Bemorlarning barcha laborator-instrumental tekshirishlariga jami 855200 so‘m sarflanadi. miniinvaziv yondoshuvlar yordamida operatsiya kilinganda statsionar davolanish 2 kunga qiskarib, iqtisodiy ko‘rsatkich 1 123700 so‘mni tashkil etadi (bir nafar bemor uchun). Xulosa: Qisilgan churralari bo‘lgan bemorlarda allotransplantatdan foydalangan holda qorin old devorining taranglashmagan plastikasini bajarish maqsadga muvofiqdir, chunki bu usul 95,8% hollarda kompartment sindromi, enteral va poliorgan etishmovchiligi rivojlanishining oldini olib, bevosita ijobiy natijalarga olib keladi.
ikkinchi ilmiy yangilik: qorin bo‘shlig‘ining ultratovush tekshiruvi va qorin ichki bosimi ko‘rsatkichlari dinamikasi asosida qisilgan churrali bemorlarni nazoenteral intubatsiya yordamida davolashda operatsiyadan keyingi ichak bartaraf etilishi isbotlangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Samarqand shaxar tibbiyot birlashmasi 29.11.2024 y. 4468-7-107-TB/2024-son buyrug‘i va Resbuplika shoshilinch tez tibbiy yordam ilmiy markazi Navoiy filiali 23.11.2024 y. 109-son buyruqlari bilan amaliy faoliyatiga joriy qilingan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: ichakning enteral intubatsiyasi va dekompressiyasi ichak etishmovchiligi sindromining profilaktikasi ekanligi isbotlangan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: qorin bo‘shlig‘ining ultratovush tekshiruvi va qorin ichki bosimi ko‘rsatkichlari dinamikasi asosida qisilgan churrali bemorlarni nazoenteral intubatsiya yordamida ijobiy natijalar 2 barobar ko‘p holatda kuzatilganligini hisobga olsak, yillik iqtisodiy ko‘rsatkich 4355400 so‘mni tashkil etadi. Xulosa: NEI va taranglashmagan plastika natijasida asosiy tadqiqot guruhida QBIBning ishonchli pasayish tendensiyasi (p˂0,05) kuzatildi (taqqoslash guruhida dastlab 19,3±1,6 mm sim. ust.ga teng bo‘lgan bosim jarrohlik amaliyoti yakunida 17,1±1,3mm sim. ust.gacha, asosiy guruhda 18,8±1,8 dan 14,5±1,3 mm sim. ust. gacha kamaydi) va keyingi 3 kun davomida mos ravishda davom etdi. Qorin bo‘shlig‘ining UTTsi ichak tutilishi va parezning bartaraf etilishini kuzatib borish imkonini beradi. 
uchinchi ilmiy yangilik: ilk bor perioperatsion ozonoterapiya bilan to‘rsimon protezlar qo‘llangan operatsiyalarda infeksiyalangan to‘qimalarda yot jismlar bo‘lishi bilan bog‘liq spesifik asoratlar kuzatilmasligi isbotlangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Samarqand shaxar tibbiyot birlashmasi 29.11.2024 y. 4468-7-107-TB/2024-son buyrug‘i va Resbuplika shoshilinch tez tibbiy yordam ilmiy markazi Navoiy filiali 23.11.2024 y. 109-son buyruqlari bilan amaliy faoliyatiga joriy qilingan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: operatsiyadan keyingi davrda qorin bo‘shlig‘idagi bosim darajasi va qorin bo‘shlig‘i holatini ultratovush tekshiruvi ma’lumotlari asosida muntazam kuzatib borish ichak tutilishi dinamikasini o‘z vaqtida tuzatish imkonini beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: perioperatsion ozonoterapiya bilan to‘rsimon protezlar qo‘llangan operatsiyasidan keyingi davrda asoratlar tubdan qisqarishini inobatga olsak, asosiy guruxdagi bemorlarda byudjet va byudjetdan tashqari mablag‘lar 35% qisqartirishlikka erishildi. Xulosa: Qisilgan churralari bo‘lgan bemorlarni operatsiyadan keyingi davolashda mahalliy gidropressiv ozon terapiyasini qo‘llash yallig‘lanish asoratlarini 28,5% dan 7,1% gacha, statsionar davolanish muddatlarini 10,8±2,8 dan 8,8±6,5 kungacha qisqartirishga yordam berdi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: qaytalanishning kam foizi va spesifik asoratlar yo‘qligi, qisilgan churralarda taranglashmagan alloplastikaning profilaktik usul sifatida morfofunksional afzalligi isbotlangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Samarqand shaxar tibbiyot birlashmasi 29.11.2024 y. 4468-7-107-TB/2024-son buyrug‘i va Resbuplika shoshilinch tez tibbiy yordam ilmiy markazi Navoiy filiali 23.11.2024 y. 109-son buyruqlari bilan amaliy faoliyatiga joriy qilingan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: operatsiyadan keyingi davrning kechishi tahlili asosida, qisilgan churralarda mahalliy ozonoterapiya qo‘llanilgan holda taranglashmagan plastika usullarining samaradorligi isbotlangan. Bunda implantning ko‘chib tushishi yoki seroma ko‘payishi kuzatilmagan, bu esa ushbu usulni jarrohlik davolash usuli sifatida tanlash mumkinligini tasdiqlaydi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: reabilitatsiya muddatlarining qisqarishi tufayli bemorlarni statsionar sharoitda davolash odatda umumiy o‘rtacha 3558400 so‘m  sarflanadi. Yillik iqtisodiy ko‘rsatkich esa o‘z navbatida 20% gacha byudjet mablag‘larini tejashga olib keladi. Xulosa: Ichak tutilishi bilan asoratlangan qisilgan churra bilan og‘rigan  bemorlarni davolashning taktik va texnik jihatlarini optimallashtirishda to‘rsimon eksplantlardan foydalanib “taranglashmagan” gernioplastika bajarish va mahalliy perioperativ ozonoterapiyani qo‘llash natijasida qorin bo‘shlig‘i asoratlari chastotasi 21,4% dan 5,6% gacha, operatsiyadan keyingi umumiy asoratlar 26,8% dan 11,2% gacha, o‘lim ko‘rsatkichi esa 5,3% dan 1,4% gacha kamaytirildi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish