Sultonmurodov Bobir Bahodirovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Bank tizimini isloh qilish sharoitida investision loyihalarni moliyalashtirish metodologiyasini takomillashtirish”, 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit”
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.DSc/Iqt589
Ilmiy rahbar: Jumaev Nodir Xosiyatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent Xalqaro universiteti, DSc.22/29.12.2023.I.175.01
Rasmiy opponentlar: Gulyamov Saidaxror Saidaxmedovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor, akademik; Abduraxmonov Ilyos Xurshidovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent; Raxmatov Xasan O‘tkirovich, iqtisodiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: "Trastbank" XAB
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklari tomonidan investision loyihalarni moliyalashtirish metodologiyasini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy takliflar va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
investision loyihalarni xalqaro «yashil» moliyalashtirish standartlariga moslashtirish asosida, bankning kredit portfelida «yashil» kreditlar ulushini oshirish orqali portfel risklarini kamaytirishga xizmat qiluvchi kompleks yondashuv taklif etilgan;
moliyalashtirish manbalarining diversifikatsiyasi bankning tarkibiy bo‘linmalari faoliyatiga istiqbolli loyihalarni tahlil qilish tizimini joriy etish orqali, potensial mijozlarning investision loyihalarini moliyalashtirish manbalarini aniqlash asoslangan;
moliyaviy samaradorlikning barqarorlik mezonlarini ham inobatga olgan holda, bank kredit portfelining uzoq muddatli xavfsizligini ta’minlashda investision loyihalarni moliyalashtirishdan oldin ularning ekologik va ijtimoiy tavakkalchiligini baholash zarurligi asoslangan; 
banklarda investision loyihalarni moliyalashtirish mexanizmlarini iqtisodiy samaradorlik bilan bir vaqtda barqarorlik, ijtimoiy javobgarlik va boshqaruv shaffofligini baholovchi mezonlar bilan integratsiyalash orqali uzoq muddatli investision xavfsizligini ta’minlashga xizmat qiluvchi konseptual model taklif etilgan;
banklar tomonidan kredit ajratish jarayonida ekologik mezonlarni institutsional qarorlar darajasiga olib chiqish, barqaror moliyalashtirishni milliy rivojlanish ustuvorliklari bilan uygʼunlashtirish maqsadida tijorat banklari tomonidan investision loyihalarni moliyalashtirish amaliyotiga milliy “yashil” iqtisodiyot taksonomiyasi taklif etilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. tijorat banklari tomonidan investision loyihalarni moliyalashtirishga qaratilgan yondashuvlarni takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:    
investision loyihalarni xalqaro «yashil» moliyalashtirish standartlariga moslashtirish asosida bankning kredit portfelida «yashil» kreditlar ulushini oshirish orqali portfel risklarini kamaytirishga xizmat qiluvchi kompleks yondashuvga doir taklifi O‘zsanoatqurilishbank ATB Boshqaruvining 2022 yil 4 oktyabrdagi “Mijozlarning istiqbolli loyihalarini “yashil” moliyalashtirish mezonlariga muvofiqligini «Green Banking» departamenti tomonidan ko‘rib chiqish tartibini tasdiqlash to‘gʼrisida”gi 118/2-son qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zsanoatqurilishbank ATB ning 2024 yil 15 fevraldagi ma’lumotnomasi). Natijada, 2023 yilda 156 ta mijozning investisiya loyihasi “yashil” moliyalashtirish talablariga muvofiqligi yuzasidan baholangan va 3 168,6 mlrd so‘m (ekvivalentda) miqdorida kreditlar ajratilgan bo‘lib, bankning “yashil” kredit portfelidagi ulushi 2022 yilga nisbatan 3,92 foizga o‘sib, umumiy portfelning 9,92 foizini tashkil etgan; 
moliyalashtirish manbalarining diversifikatsiyasini bankning tarkibiy bo‘linmalari faoliyatiga istiqbolli loyihalarni tahlil qilish tizimini joriy etish orqali potensial mijozlarning investision loyihalarini moliyalashtirish manbalarini aniqlash O‘zsanoatqurilishbank ATB Boshqaruvining 2022 yil 21 sentyabrdagi “Mijozlarning istiqbolli loyihalarini moliyalashtirish manbalarini Moliya institutlari va investorlar bilan ishlash departamenti tomonidan ko‘rib chiqish tartibini tasdiqlash to‘gʼrisida”gi 113/1-son qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zsanoatqurilishbank ATB ning 2024 yil 15 fevraldagi ma’lumotnomasi). Natijada, 2023 yilda xalqaro moliya institutlari mablagʼlari hisobidan 19 183,5 mlrd.so‘m miqdorida kreditlar yoʼnaltirilgan holda, yangi mijozlarga ajratilgan investisiya kreditlari ulushi 2022 yilga nisbatan 6,3 foizga oshgan; 
moliyaviy samaradorlikning barqarorlik mezonlarini inobatga olgan holda bank kredit portfelining uzoq muddatli xavfsizligi ta’minlashda investision loyihalarni moliyalashtirishdan oldin ularning ekologik va ijtimoiy tavakkalchiligini baholashga doir takrifi O‘zsanoatqurilishbank ATB Boshqaruvining 2023 yil 6 noyabrdagi “Bankning ayrim ichki meʼyoriy hujjatlarini yangidan tasdiqlash to‘gʼrisida”gi 294-son qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zsanoatqurilishbank ATB ning 2024 yil 15 fevraldagi ma’lumotnomasi). Natijada, 2023 yil 31 dekabr holatiga ko‘ra 49 309,9 mlrd so‘m investisiya kreditlari ajratilgan bo‘lib, shundan 2 497,7 mlrd so‘mlik kreditlar ekologik va ijtimoiy xavflarga ta’sirini baholash jarayonidan o‘tgan;
banklarda investision loyihalarni moliyalashtirish mexanizmlarini iqtisodiy samaradorlik bilan bir vaqtda barqarorlik, ijtimoiy javobgarlik va boshqaruv shaffofligini baholovchi mezonlar bilan integratsiyalash orqali uzoq muddatli investision xavfsizlikni ta’minlashga xizmat qiluvchi konseptual modeliga doir takrifi O‘zsanoatqurilishbank ATB Boshqaruvining 2023 yil 28 dekabrdagi “Bankning ESG va energiya siyosatlarini ma’qullash to‘gʼrisida”gi 401-son qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zsanoatqurilishbank ATB ning 2024 yil 15 fevraldagi ma’lumotnomasi). Natijada, «O‘zsanoatqurilishbank» ATB da investision loyihalarni ESG tamoyillari asosida moliyalashtirish tizimi yo‘lga qo‘yildi;
banklar tomonidan kredit ajratish jarayonida ekologik mezonlarni institutsional qarorlar darajasiga olib chiqish, barqaror moliyalashtirishni milliy rivojlanish ustuvorliklari bilan uygʼunlashtirishda tijorat banklari tomonidan investision loyihalarni moliyalashtirish amaliyotiga milliy “yashil” iqtisodiyot taksonomiyasini joriy etishga doir takrifi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023 yil 25 oktyabrdagi “Milliy “”yashil” iqtisodiyot taksonomiyasini tasdiqlash to‘gʼrisida”gi 561-son qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2024 yil 19 fevraldagi ma’lumotnomasi). Natijada, 2024 yilda “yashil” kreditlar portfeli 550 mln AQSh dollari, 2025 yilda — 650 mln dollar, 2026 yilda esa — 750 mln dollar darajasida bo‘lishi kutilmoqda va bu “yashil” kreditlar ulushini 58,7 foizga oshishiga olib keladi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish