Karlibaeva Gulshat Xojabaevnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):
“Oliy ta’lim muassasalarini moliyalashtirish uslubiyotini takomillashtirish”, 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit”
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.DSc/Iqt909
Ilmiy rahbar: Buzrukxonov Sarvarxon Munavvarxonovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent Xalqaro universiteti, DSc.22/29.12.2023.I.175.01
Rasmiy opponentlar: Burxanov Aktam Usmanovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Sherov Alisher Bakbergenovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Ishmanova Dinora Nurmamadovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor;
Yetakchi tashkilot: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi oliy ta’lim muassasalarini moliyalashtirish uslubiyotini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy-uslubiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
oliy ta’lim muassasalarini moliyalashtirish uslubiyotini takomillashtirish doirasida davlat-xususiy sheriklik mexanizmi asosida ta’lim infratuzilmasini loyihalash, moliyalashtirish, qurish, foydalanish va belgilangan muddatdan so‘ng davlat balansiga o‘tkazishni nazarda tutuvchi barqaror moliyalashtirish modeli taklif etilgan;
oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish, samaradorlikni rag‘batlantirish va ilmiy faollikni kuchaytirishda byudjet mablag‘lari va to‘lov-kontrakt tushumlaridan tashqari, reyting va natijaviylik ko‘rsatkichlariga asoslangan, milliy sharoitga moslashtirilgan samarali moliyalashtirish modeli taklif etilgan;
oliy ta’lim muassasalarini moliyalashtirishdagi mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, xarajatlarni optimallashtirish va manbalarni diversifikatsiya qilishni rag‘batlantirishda moliyaviy mustaqillik darajasini va tizim barqarorligini kompleks baholay oladigan “oliy ta’lim muassasalarining moliyaviy barqarorligi indeksi” ishlab chiqilgan;
oliy ta’lim muassasalarida moliyaviy faoliyatni real vaqt rejimida xolisona kuzatish, tahlil qilish va asosli qarorlar qabul qilishni ta’minlashda kalit samaradorlik ko‘rsatkichlari (KPI) asosida shaffof moliyaviy boshqaruvni shakllantirish va strategik rejalashtirish imkonini beradigan zamonaviy raqamli KPI-monitoring tizimi konsepsiyasi taklif etilgan;
oliy ta’lim muassasalariga kiritilayotgan moliyaviy resurslarning ijtimoiy-iqtisodiy samaradorligini baholashda kapital rentabelligi koeffisentiga ta’sir etuvchi omillar asosida moliyaviy boshqaruvni strategik rejalashtirish va natijaviylikni oshirishga qaratilgan kompleks regression model asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Oliy ta’lim muassasalari moliyalashtirish uslubiyotini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
oliy ta’lim muassasalarini moliyalashtirish uslubiyotini takomillashtirish doirasida davlat-xususiy sheriklik mexanizmi asosida ta’lim infratuzilmasini loyihalash, moliyalashtirish, qurish, foydalanish va belgilangan muddatdan so‘ng davlat balansiga o‘tkazishni nazarda tutuvchi barqaror moliyalashtirish modeli bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar Vazirligi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar Vazirligining 2025 yil 27 maydagi 4/17-5/08-07 con ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarning turar-joy bilan ta’minlash muammosi bartaraf etish maqsadida Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti hududida 550 o‘ringa mo‘ljallangan talabalar turar joyi binosini qurish uchun davlat-xususiy sheriklik loyihasi amalga oshirilgan;
oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish, samaradorlikni rag‘batlantirish va ilmiy faollikni kuchaytirishda byudjet mablag‘lari va to‘lov-kontrakt tushumlaridan tashqari, reyting va natijaviylik ko‘rsatkichlariga asoslangan, milliy sharoitga moslashtirilgan samarali moliyalashtirish modeli bo‘yicha takrifi O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar Vazirligi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar Vazirligining 2025 yil 27 maydagi 4/17-5/08-07 con ma’lumotnomasi). Natijada, Samarqand davlat universitetida innovatsion loyihalar, tadqiqot va startaplar kabi tadqiqot faoliyatiga 2020 yilda 213 milliard so‘m ajratilgan bo‘lsa, 2024 yilda bu ko‘rsatkich 203 milliard so‘mni tashkil etgan;
oliy ta’lim muassasalarini moliyalashtirishdagi mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, xarajatlarni optimallashtirish va manbalarni diversifikatsiya qilishni rag‘batlantirishda moliyaviy mustaqillik darajasini va tizim barqarorligini kompleks baholay oladigan “oliy ta’lim muassasalarining moliyaviy barqarorligi indeksi” ishlab chiqish bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar Vazirligi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar Vazirligining 2025 yil 27 maydagi 4/17-5/08-07 con ma’lumotnomasi). Natijada, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, Urganch davlat universiteti, Toshkent arxitektura-qurilish universiteti hamda Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutlari daromadlari 2019 yilga nisbatan 2023 yilda 200-250 foiz atrofida o‘sish kuzatilgan;
oliy ta’lim muassasalarida moliyaviy faoliyatni real vaqt rejimida xolisona kuzatish, tahlil qilish va asosli qarorlar qabul qilishni ta’minlashda kalit samaradorlik ko‘rsatkichlari (KPI) asosida shaffof moliyaviy boshqaruvni shakllantirish va strategik rejalashtirish imkonini beradigan zamonaviy raqamli KPI-monitoring tizimi konsepsiyasiga doir taklifi O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar Vazirligi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar Vazirligining 2025 yil 27 maydagi 4/17-5/08-07 con ma’lumotnomasi). Natijada, oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida sog‘lom raqobat muhiti shakllangan, samarali faoliyat ko‘rsatuvchi OTMlar ko‘proq moliyaviy resurslarga ega bo‘lib, o‘z infratuzilmasini, ilmiy salohiyatini va ta’lim jarayonini yanada rivojlantirish imkoniga ega bo‘lgan, davlat byudjetidan ajratiladigan mablag‘lar maqsadli va oqilona taqsimlanib, ta’lim sifatining oshishi orqali mehnat bozorida raqobatbardosh mutaxassislar tayyorlash imkoniyatini kengaytirgan;
oliy ta’lim muassasalariga kiritilayotgan moliyaviy resurslarning ijtimoiy-iqtisodiy samaradorligini baholashda kapital rentabelligi koeffisentiga ta’sir etuvchi omillar asosida moliyaviy boshqaruvni strategik rejalashtirish va natijaviylikni oshirishga qaratilgan kompleks regression model bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar Vazirligi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar Vazirligining 2025 yil 27 maydagi 4/17-5/08-07 con ma’lumotnomasi). Natijada, oliy ta’lim sektoridagi kapital hajmi o‘zgarishlarida uzviy bog‘liqlikni aks ettirilib, ta’lim sohasidagi strategik investisiyalar hamda raqamli infratuzilmalarning taraqqiy etishi bilan moliyalashtirish amaliyotlarining qo‘llab-quvvatlovi mustahkam tendensiyalari tufayli oliy ta’lim muassasalarda sof daromadning o‘sishiga xizmat qilgan.