Abdullaev Zafarbek Safibullaevichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): 
“Tadbirkorlik subektlarini rivojlantirishda soliq mexanizmi orqali barqarorlik reytingini aniqlashning metodologik asoslari”, 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit”
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.DSc/Iqt843
Ilmiy maslahatchi: To‘raev Shavkat Shuxratovich, iqtisod fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent Xalqaro universiteti, DSc.22/29.12.2023.I.175.01
Rasmiy opponentlar: Rajabov Sherzod Umrzoqovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Xamidova Faridaxon Abdulkarim qizi, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Normurzaev Umid Xolmurzaevich, iqtisodiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat texnika universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston Respublikasida tadbirkorlik subektlarining moliyaviy-iqtisodiy barqarorligini oshirish, fiskal intizomni kuchaytirish va soliq yuki boshqaruvini takomillashtirish maqsadida barqarorlik reytingini aniqlashning metodologik asoslarini ishlab chiqishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tadbirkorlik subektlarining barqarorligini baholashda reyting asosidagi differensial soliqqa tortish tizimini avtomatlashtirilgan va real vaqt rejimidagi axborot almashinuvi asosida shakllantirish orqali fiskal siyosatni individuallashtirish bilan birga, soliq ma’murchiligini byurokratik aralashuvsiz raqamlashtirishga asoslangan algoritmik yondashuv ishlab chiqilgan;
tadbirkorlik subektlarini rag‘batlantirishga qaratilgan differensial soliqqa oid yondashuv doirasida “AAA” reytingli subektlar uchun soliq tekshiruvlaridan ozod qilish, QQSni 1 kunda, boshqa soliqlarni 3 kunda qaytarish hamda “AAA” va “AA” reytingli subektlariga davlat aktivlarini 7 yilga foizsiz bo‘lib to‘lash asosda sotish bo‘yicha konseptual model taklif etilgan;
tadbirkorlik subektlarining fiskal intizomi, moliyaviy barqarorligi hamda ijtimoiy mas’uliyatini baholovchi 23 ta mezon asosida indikatorlar tizimini umumiy, kamaytiruvchi va rag‘batlantiruvchi ko‘rsatkichlarga ajratilgan holda, har bir mezon uchun aniq vazn koeffisientlari belgilangan kompleks baholash mexanizmi taklif etilgan;
tadbirkorlarning moliyaviy salohiyatini obektiv, sektoral farqlarga mos tarzda raqamli mezonlar bilan baholash imkoniyatini beruvchi soliq reytingi tizimida “EBITDA margin” asosida korxona rentabelligi soha o‘rtachasidan 20 foizdan yuqori bo‘lsa 10 ballgacha, 5 foizdan yuqori bo‘lsa 4 ballgacha baholash tizimi taklif etilgan;
fiskal intizomni mustahkamlash, qaytarish muddatlarini keskin qisqartirish va soliq tizimiga bo‘lgan ishonchni oshirishda “AAA” reytingli subektlar uchun QQS qaytarish jarayonini soliq to‘lovchining arizasidan boshlab, ortiqcha to‘lovni aniqlash va bank hisobvarag‘iga mablag‘ni o‘tkazishgacha bo‘lgan barcha bosqichlarni algoritmik tarzda avtomatlashtiruvchi soliq-huquqiy model taklif etilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadbirkorlik subektlarini rivojlantirishda soliq mexanizmi orqali barqarorlik reytingini aniqlashning metodologik asoslari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:    
tadbirkorlik subektlarining barqarorligini baholashda reyting asosidagi differensial soliqqa tortish tizimini avtomatlashtirilgan va real vaqt rejimidagi axborot almashinuvi asosida shakllantirish orqali fiskal siyosatni individuallashtirish bilan birga, soliq ma’murchiligini byurokratik aralashuvsiz raqamlashtirishga asoslangan algoritmik yondashuv bo‘yicha bergan taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 23-yanvardagi “Tadbirkorlik subektlarining barqarorlik reytingini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-39-son qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Soliq qo‘mitasining 2025 yil 16 yanvardagi №27/2-05904-son ma’lumotnomasi). Natijada, 2024-yil iyul holatiga ko‘ra 12,4 ming tadbirkorlik subekti o‘z reytingini oshirishga erishgan bo‘lib, umumiy reytingga ko‘ra yuqori reyting olgan subektlar soni 9 631 tani, o‘rta reyting olganlar 137 062 tani, qoniqarli reytingdagi subektlar 282 003 tani, reytingli subektlar esa 140 285 tani tashkil etgan holda tadbirkorlik subektlarini rivojlantirishda soliq mexanizmlari orqali barqarorlik reytingini aniqlash amaliyotini takomillashtirish uchun xizmat qilgan;
tadbirkorlik subektlarini rag‘batlantirishga qaratilgan differensial soliqqa oid yondashuv doirasida “AAA” reytingli subektlar uchun soliq tekshiruvlaridan ozod qilish, QQSni 1 kunda, boshqa soliqlarni 3 kunda qaytarish hamda “AAA” va “AA” reytingli subektlariga davlat aktivlarini 7 yilga foizsiz bo‘lib to‘lash asosda sotish bo‘yicha konseptual model joriy etish bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 23-yanvardagi “Tadbirkorlik subektlarining barqarorlik reytingini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-39-son qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Soliq qo‘mitasining 2025 yil 16 yanvardagi №27/2-05904-son ma’lumotnomasi). Natijada, 2024-yil iyul holatiga ko‘ra “AAA” reyting toifasiga kiruvchi 9 631 ta tadbirkorlik subekti tomonidan 1 697 ta ariza asosida 400,1 mlrd so‘mlik ortiqcha QQS summasi tekshiruvlarsiz 1 kun ichida qaytarilib, tadbirkorlik subektlarini rivojlantirishni aniqlash amaliyotini takomillashtirish uchun xizmat qilgan;
tadbirkorlik subektlarining fiskal intizomi, moliyaviy barqarorligi hamda ijtimoiy mas’uliyatini baholovchi 23 ta mezon asosida indikatorlar tizimini umumiy, kamaytiruvchi va rag‘batlantiruvchi ko‘rsatkichlarga ajratilgan holda, har bir mezon uchun aniq vazn koeffisientlari belgilangan kompleks baholash mexanizmi bo‘yicha berilgan taklifi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-yanvardagi “Tadbirkorlik subektlarining barqarorlik reytingini aniqlash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 55-son qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Soliq qo‘mitasining 2025 yil 16 yanvardagi №27/2-05904-son ma’lumotnomasi). Natijada, reyting mezonlari asosida faoliyat yuritgan 130,6 ming tadbirkorlik subekti o‘z reytingini oshirishga erishgan bo‘lib, shundan 12,4 mingtasi faqat 2024-yil iyul oyida reytingini yaxshilagan, bu esa reyting mezonlarining amaliy samaradorligi va differensial soliq yondashuvining rag‘batlantiruvchi ta’sirini ko‘rsatgan;
tadbirkorlarning moliyaviy salohiyatini obektiv, sektoral farqlarga mos tarzda raqamli mezonlar bilan baholash imkoniyatini beruvchi soliq reytingi tizimida “EBITDA margin” asosida korxona rentabelligi soha o‘rtachasidan 20 foizdan yuqori bo‘lsa 10 ballgacha, 5 foizdan yuqori bo‘lsa 4 ballgacha baholash tizimi bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-yanvardagi “Tadbirkorlik subektlarining barqarorlik reytingini aniqlash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 55-son qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Soliq qo‘mitasining 2025 yil 16 yanvardagi №27/2-05904-son ma’lumotnomasi). Natijada, EBITDA bo‘yicha rentabellik darajasini baholash mezonining joriy etilishi 2024-yilda 10 500 dan ortiq tadbirkorlik subekti reyting ballarini oshirgan bo‘lib, bu moliyaviy samaradorlikni rag‘batlantirish va reyting tizimining tahliliy aniqligini kuchaytirishga xizmat qilgan;
fiskal intizomni mustahkamlash, qaytarish muddatlarini keskin qisqartirish va soliq tizimiga bo‘lgan ishonchni oshirishda “AAA” reytingli subektlar uchun QQS qaytarish jarayonini soliq to‘lovchining arizasidan boshlab, ortiqcha to‘lovni aniqlash va bank hisobvarag‘iga mablag‘ni o‘tkazishgacha bo‘lgan barcha bosqichlarni algoritmik tarzda avtomatlashtiruvchi soliq-huquqiy model bo‘yicha berilgan taklifi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 16-iyuldagi “Tadbirkorlik subektlarining barqarorlik reytingi joriy etilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi 428-son qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Soliq qo‘mitasining 2025 yil 16 yanvardagi №27/2-05904-son ma’lumotnomasi). Natijada, algoritmik tarzda avtomatlashtiruvchi soliq-huquqiy model moliyaviy likvidligini oshirish va fiskal intizomni rag‘batlantirishda, QQS qaytarish muddatlarining qisqarishi va soliq tizimiga bo‘lgan ishonch oshirishga, soliq organlarining yuklamasi kamaytirish va reyting tizimi orqali sog‘lom raqobat shakllanishiga muhim omil bo‘lib xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish