Atoev Fazliddin Sayfiddinovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Bo‘lajak muhandislarning axborot-kommunikatsion kompetentligini elektron ta’lim resurslari vositasida rivojlantirish metodikasi (“Texnik tizimlarda axborot texnologiyalari“ fani misolida)”  13.00.02- Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/Ped5662
Ilmiy rahbar: O‘rinov Uyg‘un Abdullaevich, pedagogika fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: 
Buxoro davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: 
Buxoro davlat texnika universiteti, PhD.03/29.10.2021.T.101.03
Rasmiy opponentlar: 1. Hamroev Alijon Ro‘ziqulovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor  (ixtisoslik shifri 13.00.02) Ilmiy kengash a’zosi;
2. Jo‘raev Akmal Razzoqovich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), professor. (ixtisoslik shifri 13.00.02);
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi:
bo‘lajak muhandislarning axborot-kommunikatsion kompetentligini elektron ta’lim resurslari vositasida rivojlantirish tizimini ishlab chiqish va joriy etishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
           kompetentlik, didaktik ta’minot tushunchalari talqini asosida axborot-kommunikatsion kompetentlikni rivojlantirishning pedagogik shart-sharoitlari aniqlanib, umumiy ilmiy, kasbiy va axborot tayyorgarlikni uygʻunlashtirishga yoʻnaltirilgan yaxlit o‘quv-uslubiy ta’minotni joriy etish mexanizmi aniqlangan.
“Texnik tizimlarda axborot texnologiyalari” o‘quv fanini fanlararo o‘quv moduli asosida o‘qitishda ALT (SolidWorks, Aspen HYSYS), CMG (Computer Modelling Group), CALS/ITI-texnologiyalari, intellektual ta’lim tizimlar (Intelligent Tutorig Systems)ni va elektron ta’lim resurslarini tizimli qo‘llash orqali bo‘lajak muhandislarning axborot-kommunikatsion kompetentligini rivojlantirish modeli va uni joriy etishning o‘quv-metodik ta’minoti ishlab chiqilgan;
bo‘lajak muhandislar faoliyatining tashkiliy tuzilmasi yondashuvlari (gnoseologik, aksi-logik, amaliyotga yoʻnalganlik, innovatsion, axborot-kommunikativ) va axborot-kommunikatsion kompetentligi komponentlari (motivatsion, kognitiv, faoliyatli) mazmuni texnik tizimlarda axborot texnologiyalarini qo‘llashning o‘quv-amaliy, loyihalash-konstruktorlik, texnologik va tadqiqotchilik yoʻnalishlari va didaktik maqsadlarini innovatsionlik tamoyiliga ko‘ra integratsiyalash orqali takomillashtirilgan;
o‘qitishning didaktik ta’minotini optimallashtirish, “Texnik tizimlarda axborot texnologiyalari” o‘quv fanini mustaqil amaliy faoliyatga yoʻnaltirib o‘qitish, interfaol (Project-Based Learning, Blended Learning, There-stage training, Problem-Based Learning) metodlarni tizimlashtirish, topshiriqlarni loyihalash (rolli-imitatsion, muammoli-vaziyatli, ijodiy tasvirlash va boshqalar), elektron ta’lim vositalarini qo‘llash asosida bo‘lajak muhandislarning axborot-kommunikatsion kompetentligini tadrijiy rivojlantirish va natijalarni tanlangan mos mezonlar asosida baholash metodikasi takomillashtirilgan.
    IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Bo‘lajak muhandislarning axborot-kommunikatsion kompetentligini elektron ta’lim resurslari vositasida rivojlantirish bo‘yicha olingan tadqiqotlar natijalari asosida:
bo‘lajak muhandislarning axborot-kommunikatsion kompetentligini rivojlantirishga yo‘naltirilgan elektron ta’lim resurslari asosidagi metodikaning amaliyotga tatbiqi, o‘quv fanining mazmunini samarali o‘zlashtirishga va ta’lim jarayonining natijadorligini oshirishga xizmat qildi. Mazkur metodika texnik tizimlarda axborot texnologiyalarini qo‘llash bo‘yicha o‘quv-amaliy, loyihaviy-konstruktorlik, texnologik va ilmiy-tadqiqot faoliyatlarini innovatsion yondashuv asosida uyg‘unlashtirish orqali bo‘lajak muhandislarning kasbiy faoliyatiga oid tarkibiy komponentlar - gnoseologik (bilim olishga oid), aksiologik (qadriyatlar bilan bog‘liq), amaliyotga yo‘naltirilganlik, innovatsionlik va axborot-kommunikativ ko‘nikmalar mazmunini yangilash imkonini berdi. Shuningdek, ishlab chiqilgan metodika va takliflar Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 8-iyuldagi 344-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “60710500 - Energetika (tarmoqlar bo‘yicha)”, “60720900 - Neft-gaz-kimyo sanoati texnologiyasi” va “60720700 – Texnologik mashinalar va jihozlar” bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari uchun malaka talablari hamda muhandislik fanlari bo‘yicha o‘quv-amaliy topshiriqlar mazmunini takomillashtirishda qo‘llanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 6-fevraldagi 01/01-01-45-sonli ma’lumotnomasiga asosan). Mazkur echimlar oliy ta’lim muassasalarining ta’lim jarayonini innovatsion yondashuvlar asosida tashkil qilish, shuningdek, bo‘lajak muhandislarning axborot-kommunikatsion kompetentligini rivojlantirish hamda ta’lim sifatini oshirishda muhim ahamiyat kasb etdi;
“Texnik tizimlarda axborot texnologiyalari” fanini o‘qitish jarayonida zamonaviy axborot-kommunikatsion vositalar - ALT (SolidWorks, Aspen HYSYS), CMG (Computer Modelling Group), CALS/ITI texnologiyalari, intellektual ta’lim tizimlari (Intelligent Tutoring Systems) hamda raqamli ta’lim resurslaridan foydalanish orqali bo‘lajak muhandislarning axborot-kommunikatsion kompetentligini rivojlantirishga qaratilgan nazariy, amaliy va ijodiy faoliyat turlarining mazmuni kompetensiyaviy yondashuv asosida takomillashtirildi. Ushbu yondashuv doirasida muallif tomonidan “Texnik tizimlarda axborot texnologiyalari” nomli darslik, shu fan bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlarni o‘z ichiga olgan o‘quv qo‘llanma, “Texnik tizimlarda axborot texnologiyalari fanida elektron ta’lim resurslaridan foydalanish” nomli elektron darslik hamda talabalarning elektron ta’lim resurslaridan foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qiluvchi innovatsion dastur ishlab chiqildi. Mazkur materiallar Buxoro muhandislik-texnologiya instituti, Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti va Jizzax politexnika institutlarining o‘quv jarayonida sinov tariqasida joriy etilib, amaliy natijalar berishi tasdiqlandi (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 6-fevraldagi 01/01-01-45-sonli ma’lumotnomasiga muvofiq). Tayyorlangan darsliklar va o‘quv resurslari muhandislik yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalarda zamonaviy axborot-kommunikatsion ko‘nikmalarni shakllantirish hamda kasbiy tayyorgarlik samaradorligini oshirishda muhim vosita sifatida xizmat qilmoqda;
Zamonaviy didaktik va metodik yondashuvlar asosida shakllanayotgan muhandislik ta’limi talablariga muvofiq holda, “Texnik tizimlarda axborot texnologiyalari” fanini o‘qitish jarayonida bo‘lajak muhandislarning kasbiy-amaliy faoliyatiga yo‘naltirilgan ta’lim mazmuni asosida CAD/CAM/CAE tizimlaridan samarali foydalanish imkonini beruvchi axborot-kommunikatsion kompetentligini rivojlantirishga xizmat qiluvchi model ishlab chiqilib, o‘quv jarayoniga joriy etildi (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 6-fevraldagi 01/01-01-45-sonli ma’lumotnomasiga muvofiq). Ushbu model orqali talabalar nazariy bilimlarni amaliyotga tatbiq etish, loyihalash hamda texnologik masalalarni zamonaviy texnik vositalar orqali echish ko‘nikmalarini egallash imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
Mazkur dissertatsiya tadqiqoti natijalari bo‘yicha olingan ma’lumotlar o‘quv jarayoniga joriy etilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish