Otajonova Dildor Baxtiyarovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Protsessual huquqiy atamalar va muloqot vositalarining lingvistik ekspertizasi (ijtimoiy tarmoqlar va internet saytlari materialida)” 10.00.11 – Til nazariyasi. Amaliy va kompyuter lingvistikasi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: 1007
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Botirova Shaxlo Isamiddinovna f.f.d. (DSc), professor
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti. PhD.03/27.09.2024.Ped.72.09
Rasmiy opponentlar: f.f.d. (DSc), professor Gadoeva Mavlyuda, f.f.d. (DSc), professor Mamajonov Muhammadjon Yusupjonovich, f.f.d. (DSc), dotsent Ataboev Ahadjon Djumaqo‘zievich
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi qonun ijodkorligi faoliyatining barcha bosqichlarida lingvistik ekspertizani o‘tkazishning tashkiliy-huquqiy asoslari va mexanizmlarini ilmiy-nazariy jihatdan asoslash, matnning lingvistik tahlili orqali uning huquqiy, ijtimoiy va kommunikativ ahamiyatini aniqlash va takomillashtirishga qaratilgan taklif va amaliy tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quuidagilardan iborat:
internet muhitida protsessual-huquqiy atamalarning faoliyat ko‘rsatishini qamragan murakkab semantik-pragmatik tahlil asosida ularning qo‘llanish xususiyatlari va raqamli diskursdagi huquqiy talqinga ta’siri aniqlangan;
sud lingvistik ekspertizasini o‘tkazish metodologiyasini takomillashtirish maqsadida yuridik ahamiyatga ega atamalarni avtomatik tarzda aniqlash, baholash hamda ularning buzib talqin qilinish holatlarini qayd etish imkonini beradigan sun’iy intellekt va kompyuter lingvistikasi texnologiyalari joriy etilgan;
internetda huquqiy atamalarning noto‘g‘ri qo‘llanilish oqibatlarini tahlil qilish hamda bu holatlarning foydalanuvchilar huquqiy madaniyati darajasiga ta’sirini o‘rganish orqali raqamli muhitda sud lingvistik ekspertizasining ijtimoiy ahamiyati ilmiy asoslangan;
internet diskursning noverbal va multimodal shakllari asosida ilmiy-nazariy jihatdan izohlangan yuridik atamalarning kontekstual transformatsiya xususiyatlari orqali ularning talqiniga ta’sir qiluvchi omillar, blogosfera va foydalanuvchi kontentidagi tanilish darajasi aniqlangan;
internet tarmog‘ida haqorat va tahdid holatlari bilan bog‘liq ishlar yuzasidan sud lingvistik ekspertizasini o‘tkazish uchun daliliy kuchga ega xulosalar ierarxiyasi va protsessual qonunchilikni takomillashtirish vazifalarini hisobga olgan holda ilmiy asoslangan takliflar va tahlil algoritmlari ishlab chiqilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Protsessual huquqiy atamalar va muloqot vositalarining lingvistik ekspertizasi bo‘yisha olingan ilmiy natijalar asosida:
internet muhitida protsessual-huquqiy atamalarning faoliyat ko‘rsatishini qamragan murakkab semantik-pragmatik tahlil asosida ularning qo‘llanish xususiyatlari va raqamli diskursdagi huquqiy talqinga ta’siri aniqlanganiga oid taklif va tavsiyalardan “Lingvistik tahlil asoslari” nomli darslikni yaratishda foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 14- apreldagi 136-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan 474272-raqamli nashr guvohnomasi). Natijada darslik mundarijasi boyitilib, talabalarning nutqiy etiketi va protsessual-huquqiy terminlarning mazmun-mohiyatini tushunish, tahlil qilish va qo‘llash ko‘nikmasi shakllantirilgan;
sud lingvistik ekspertizasini o‘tkazish metodologiyasini takomillashtirish maqsadida yuridik ahamiyatga ega atamalarni avtomatik tarzda aniqlash, baholash hamda ularning buzib talqin qilinish holatlarini qayd etish imkonini beradigan sun’iy intellekt va kompyuter lingvistikasi texnologiyalarini joriy etish, internet diskursning noverbal va multimodal shakllari asosida ilmiy-nazariy jihatdan izohlangan yuridik atamalarning kontekstual transformatsiya xususiyatlari orqali ularning talqiniga ta’sir qiluvchi omillar, blogosfera va foydalanuvchi kontentidagi tanilish darajasi aniqlanishi borasidagi ilmiy-nazariy xulosalardan Samarqand davlat chet tillar institutida amalga oshirilgan Evropa Ittifoqining Erasmus+ 585845 EPP-1-2017-ES-EPPKA2-CBHE-JP “CLASS: Development of the interdisiplinary master program on Computational Linguistics at Central Asian universities”: CLASS: “Markaziy Osiyo universitetlarida kompyuter lingvistikasi bo‘yicha magistratura dasturini ishlab chiqish” nomli innovatsion loyihada foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2025-yil 18-iyundagi 1828/02-son ma’lumotnomasi). Natijada sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalangan holda protsessual-huquqiy atamalarni tadqiq etish metodikasi va lingvistik ekspertiza o‘tkazish yondashuvlari takomillashtirilgan;
internetda huquqiy atamalarning noto‘g‘ri qo‘llanilish oqibatlarini tahlil qilish hamda bu holatlarning foydalanuvchilar huquqiy madaniyati darajasiga ta’sirini o‘rganish orqali raqamli muhitda sud lingvistik ekspertizasining ijtimoiy ahamiyati ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalardan Samarqand davlat chet tillari institutida 2022–2024-yillarda amalga oshirilgan Toshkent shahridagi AQSh elchixonasi hamda Xalqaro ta’lim bo‘yicha Amerika Kengashi bilan hamkorlikda AQSh davlat departamenti tomonidan moliyalashtirilgan “English Access Microscholarship Program” loyihasida foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2025-yil 18-iyundagi 1826/02-son ma’lumotnomasi). Natijada internet muhitidagi protsessual-huquqiy atamalarning foydalanuvchilar huquqiy savodxonligiga ta’siri ochib berilgan va lingvistik ekspertizaning ijtimoiy ahamiyati ilmiy jihatdan asoslangan;
internet tarmog‘ida haqorat va tahdid holatlari bilan bog‘liq ishlar yuzasidan sud lingvistik ekspertizasini o‘tkazish uchun daliliy kuchga ega xulosalar ierarxiyasi va protsessual qonunchilikni takomillashtirish vazifalarini hisobga olgan holda ilmiy asoslangan takliflar va tahlil algoritmlari ishlab chiqish bo‘yicha taklif va tavsiyalardan Samarqand davlat chet tillari institutida Evropa Ittifoqi tomonidan Erasmus + dasturining 2016–2018-yillarda amalga oshirilgan “561624-EPP-1-2015-UK-EPPKA2-CBHE-SP-ERASMUS+CBHE IMEP: O‘zbekistonda Oliy ta’lim tizimi jarayonlarini modernizatsiyalash va xalqarolashtirish” nomli loyihada foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2025-yil 18-iyundagi 1827/02-son ma’lumotnomasi). Natijada haqorat va tahdid ishlari yuzasidan sud-leksik ekspertiza o‘tkazish bo‘yicha algoritm va metodik tavsiyalar ishlab chiqilib, umumiy holda protsessual-huquqiy atamalar va kommunikatsiya vositalarini ekspertiza qilish samaradorligi oshirilgan.