Bobonazarova Sarvinoz Habibullaevna
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy darajalar beriladigan fan tarmog‘i): “Toluidinni xloratsetillash reaksiyalari va olingan birikmalarning xossalari”, 02.00.03 - Organik kimyo (kimyo fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/K717.
Ilmiy rahbar: Abdushukurov Anvar Kabirovich, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc03/30.12.2019.K.01.03.
Rasmiy opponentlar: Ziyadullaev Odiljon Egamberdievich, kimyo fanlari doktori, professor; Abdurazaqov Asqar Sheralievich, texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot sifatida: Toshkent farmatsevtika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi toluidinni xloratsetillash reaksiyalari maqbul usullarini takomillashtirish va olingan birikmalarning ba’zi alkoloidlar bilan reaksiyalarini tadqiq qilish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
toluidinlarni xloratsetillash reaksiyalari ilk bor ultratovushli suv hammomida -5-20C haroratda, atsetonitril erituvchisida olib borilgan, va toluidin izomerlarini xloratsetillash reaksiyalarida unum o-toluidin< m-toluidin< p-toluidin qatorida azot atomining elektron zichligi va asosliligi ortishiga mos ravishda ortib borishi isbotlangan
ilk bor 2-xlor-N-tolilatsetamid izomerlarini ba’zi tanlangan F7, sitizin, salsalin, psevdoefedrin, 8-oksixinolin, anabazin alkaloidlar bilan nukleofil almashinish reaksiyalari maqbul sharoitda yuqori unum bilan mahsulot ajratib olingan, ushbu reaksiyalar uchun erituvchilarning etilatsetat< 1,4-dioksan< atseton<DMFA selektivlik qatori aniqlangan va unga asoslanib qulay erituvchi DMFA deb topilgan; 
2-xlor-N-tolilatsetamidlarni alkaloidlar bilan reaksiyalari qizdirish bilan olib borilganga qaraganda ultratovush sharoitda yuqori unum bilan mahsulot hosil bo‘lishiga erishilgan, bu harorat ta’sirida molekulalarning harakati tezlashishi hisobiga, ultratovush sharoitida esa atomlar orasidagi bog‘larning tebranishlar soni ortishi bog‘larning uzilishini osonlashishi va yangi bog'ning hosil bo‘lishi tezlashishi bilan izohlandi;
2-xlor-N-tolilatsetamid izomerlarini ba’zi tanlangan F7, sitizin, salsolin, psevdoefedrin, 8-oksixinolin, anabazin alkaloidlari bilan nukleofil almashinish reaksiyalariga ilk bor kam miqdordagi DMFA ta’siri o‘rganilgan va DMFA ni katalitik ta’siri uchun mexanizm taklif qilingan. 
2-xlor-N-tolilatsetamid izomerlarini alkaloidlar bilan nukleofil almashinish reaksiya unumlari asosida tanlab olingan alkaloidlarning F7> psevdoefedrin> sitizin> anabazin> salsolin >8-oksixinolin faollik qatori aniqlangan va bu molekuladagi azot atomining nukleofilligi ortishi bilan izohlandi.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 2-Xlor-N-tolilatsetamidlarni ba’zi alkaloidlar bilan reaksiyalari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
2-xlor-N-p-tolil-atsetamid, 2-xlor-N-m-tolil-atsetamidning F7 alkaloidi bilan hosilasi va 2-xlor-N-m-tolil-atsetamidning psevdoefedrin alkaloidi bilan hosilasining rentgen tuzilish tahlili (RTT) natijalari Kembridj kristallografik markazi ma’lumotlar bazasiga kiritilgan (Cambridge Crystallographic Data Centre ning 2023-yil 12-apreldagi 2255655-sonli, 2023-yil 12-apreldagi 2255648-sonli, 2025-yil 11-maydagi 2387687-sonli ma’lumotnomalari). Natijada 2-xlor-N-tolil-atsetamid izomerlarini alkaloidlar bilan hosilalari tarkibiga kiruvchi yangi moddalarning tuzilishini aniqlash imkonini bergan;
2-(Xinolin-8-oksi)-N-m-tolilatsetamid va 2-(sitizin)-N-m-tolilatsetamid moddalarining metall ionlari bilan xelatlashish ya’ni molekuladagi ikki yoki undan ortiq koordinatsion atomlar bilan koordinatsion bog‘lar orqali metall ionlarini o‘z ichiga olgan geterotsiklik tuzilmani (xelat halqasini) yoki kompleks hosil qilish qobiliyati yuqori ekanligi aniqlangan. Natijada shu moddalar reaktiv sifatida O‘zbekiston Respublikasi IIV EKBM portlash-texnik ekspertizalar bo‘limining turli xildagi tekshirilayotgan tarkibida metall ionlari tutgan namunalar tarkibidagi metallarni aniqlash va ajratish uchun qulay reaktiv vazifasini bajarish imkonini bergan. Bu moddalar reagent sifatida amaliyotga tatbiq qilingan va (O‘zbekiston Respublikasi IIV EKBM portlash-texnik ekspertizalar bo‘limining 2025yil 24-apreldagi 21/a-691 son) ma’lumotnomasi olingan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish