Mamurova Mushtari Maxammadjanovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Maqsud Qoriev romanlarida uslub va xarakter muammosi”, 10.00.02 – O‘zbek adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: № B2022.2.PhD/Fil2448.
Ilmiy rahbar: Sabirdinov Akbar Gofurovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.05.02 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Rasulova Umida Yo‘ldosh qizi, filologiya fanlari doktori, professor; Karimov Halim Urinovich, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi XX asrning ikkinchi yarmi – XXI asr boshlari
o‘zbek adabiyotida Maqsud Qoriev tarixiy romanlari ahamiyatini tahlil etish orqali qahramon va xarakter yaratishdagi yozuvchi uslubi, badiiy mahoratiga xos jihatlarni yoritish hamda bu davr romanchiligi taraqqiyot tendensiyalarini belgilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
XX–XXI asrlar o‘zbek romanchiligi taraqqiyotida Maqsud Qoriev ijodining muhim o‘rni o‘zbek xalq og‘zaki ijodidagi maqol, ertak, afsona, rivoyatlardan, sharq mumtoz adabiyotidagi Qur’on oyatlari, hadislar, hikmatlardan, jahon romanchiligiga xos tarixiy shaxs va qahramon, tarixiy davr hamda manzaralar yaratishdagi realistik uslub bilan bog‘liq an’analardan ta’sirlanib, ularni ijodiy davom ettirganligida ekani aniqlangan;
yozuvchining mahorati buyuk alloma va sarkardalar faoliyatini tarixiy faktlar asosida xolis, haqqoniy aks ettirishida, qahramon va personajlar nutqi hamda kechinmalari tasvirlarida badiiy to‘qimadan, davr kartinasi, turli qiyofa va xarakterlar talqinida tarixiy manbalardan, asar hayotiyligi va ta’sirchanligida o‘xshatish, taqqos, qiyos kabi badiiy vositalardan samarali foydalanishida ko‘rinishi isbotlangan;
Spitamen, Iskandar (Aleksandr Makedonskiy), Mahmud G‘aznaviy, Ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy kabi tarixiy shaxslar faoliyati, qiyofa va xarakteri tasviridagi yangicha yondashuv hamda xolis tasvirlar, personajlar talqinidagi tarixiy haqiqat va badiiy to‘qima Maqsud Qoriev romanlarida ijodiy niyat va g‘oya, falsafiy fikr va adabiy-estetik qarashlar ifodasida o‘ziga xos vosita ekanligi asoslangan;
Maqsud Qoriev tarixiy romanlaridagi uslubiy o‘ziga xoslik syujetning xronikali va retrospektiv turlariga murojaat qilib, voqelikning shiddatli rivoji yuzaga chiqarilishida, davrning keng kartinasi, qahramonlar ichki dunyosi tasvirining chuqur yoritilishida, badiiy portret, peyzaj va detallar nafaqat personajlar ichki dunyosi, kechinmalari, balki muallif niyatini ifodalashga ham xizmat qilganligida, diologik va monologik nutqlarda maqol hamda matallardan samarali foydalanib, asarning tarbiyaviy-axloqiy, badiiy-estetik qimmatini, hayotiyligi va ta’sirchanligini oshirishga erishganligida ekanligi dalillangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Maqsud Qoriev romanlarida uslub va xarakter muammosi tadqiqi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
XX–XXI asrlar o‘zbek romanchiligi taraqqiyotida Maqsud Qoriev ijodining muhim o‘rni o‘zbek xalq og‘zaki ijodidagi maqol, ertak, afsona, rivoyatlardan, sharq mumtoz adabiyotidagi Qur’on oyatlari, hadislar, hikmatlardan, jahon romanchiligiga xos tarixiy shaxs va qahramon, tarixiy davr hamda manzaralar yaratishdagi realistik uslub bilan bog‘liq an’analardan ta’sirlanib, ularni ijodiy davom ettirganligida ekani aniqlangan xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutida FA-F1-G003-raqamli “Hozirgi qoraqalpoq tilida funksional so‘z yasalishi” mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining 2024-yil 28-yanvardagi 166/1-son ma’lumotnomasi). Natijada Maqsud Qoriev romanlari tili, asarlarida o‘rinli foydalanilgan so‘z va iboralarning ahamiyatini o‘rganish jarayonida ularga davr va xarakterlar talqinidagi o‘zbek xalq og‘zaki ijodi, sharq mumtoz adabiyoti hamda jahon adabiyoti na’munalarining ta’siri borligi aniqlangan. Yozuvchining tarixiy haqiqat va badiiy to‘qimadan, turli tasviriy vosita va ifodalardan foydalanib betakror xarakterlar yaratishdagi o‘ziga xos jihatlaridan foydalanilgan;
Spitamen, Iskandar (Aleksandr Makedonskiy), Mahmud G‘aznaviy, Ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy kabi tarixiy shaxslar faoliyati, qiyofa va xarakteri tasviridagi yangicha yondashuv hamda xolis tasvirlar, personajlar talqinidagi tarixiy haqiqat va badiiy to‘qima Maqsud Qoriev romanlarida ijodiy niyat va g‘oya, falsafiy fikr va adabiy-estetik qarashlar ifodasida o‘ziga xos vosita ekanligi asoslangan tadqiqot natijalaridan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutida FA-A1-G007-raqamli “Qoraqalpoq naql va maqollari lingvistik tadqiqot ob’ekti sifatida” mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining 2024-yil 28-maydag 167/1-son ma’lumotnomasi). Natijada loyihada tahlilga tortilgan naqllar va maqollarning mazmuni Maqsud Qoriev romanlari misolida tahlil etilgan;
Maqsud Qoriev tarixiy romanlaridagi uslubiy o‘ziga xoslik syujetning xronikali va retrospektiv turlariga murojaat qilib, voqelikning shiddatli rivoji yuzaga chiqarilishida, davrning keng kartinasi, qahramonlar ichki dunyosi tasvirining chuqur yoritilishida, badiiy portret, peyzaj va detallar nafaqat personajlar ichki dunyosi, kechinmalari, balki muallif niyatini ifodalashga ham xizmat qilganligida, diologik va monologik nutqlarda maqol hamda matallardan samarali foydalanib, asarning tarbiyaviy-axloqiy, badiiy-estetik qimmatini, hayotiyligi va ta’sirchanligini oshirishga erishganligida ekanligi dalillangan materiallardan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali DM tarkibidagi «Foreign languages» telekanalining “Good morning, Uzbekistan!”, “English club” ko‘rsatuvlari ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali Davlat muassasasining 2024-yil 4-noyabrdagi 02-25-1162-son ma’lumotnomasi). Natijada "Spitamen", "Ibn Sino" va "G‘aznaviylar" romanlariga doir ilmiy-amaliy va qiyosiy tahlillar, fikr mulohazalar, jumladan, tadqiqot ishidagi ilmiy xulosalar, mavzu tahliliga oid taklif va tavsiyalardan ko‘rsatuvning adabiyotga doir qismida keng foydalanildi, ssenariy ma’lum darajada ilmiy leksika bilan boyigan;
yozuvchining mahorati buyuk alloma va sarkardalar faoliyatini tarixiy faktlar asosida xolis, haqqoniy aks ettirishida, qahramon va personajlar nutqi hamda kechinmalari tasvirlarida badiiy to‘qimadan, davr kartinasi, turli qiyofa va xarakterlar talqinida tarixiy manbalardan, asar hayotiyligi va ta’sirchanligida o‘xshatish, taqqos, qiyos kabi badiiy vositalardan samarali foydalanishida ko‘rinishi isbotlangan ilmiy natija va xulosalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “Mahalla” teleradiokanalining 2024-yilda efirga uzatilgan “Bir asar tarixi” eshittirishi ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “Mahalla” teleradiokanali Davlat muassasasining 2024-yil 11-dekabrdagi 20-son ma’lumotnomasi). Natijada Maqsud Qoriev qalamiga mansub “Ibn Sino” romanining yaratilish tarixi, Ibn Sino shaxsi, adibning ushbu asarida ifodalangan tarixiy va to‘qima obrazlarga xos xususiyatlar to‘g‘risida berilgan nazariy xulosalar eshittirish mazmunini boyitishga xizmat qilgan.