Dadajonov Avazbek Raxmatjon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Muhokama nutqining funsional-uslubiy xususiyatlari”, 10.00.01 – O‘zbek tili ixtisosligi
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4PhD/Fil.5207
Ilmiy rahbar: Xojaliev Ismoiljon Tajibaevich, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.05.02 raqamli ilmiy kengash asosidagi Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Yuldashev Ma’rufjon Muhammadjonovich, filologiya fanlari doktori, professor; Rahimov Usmonjon Ergashevich, filologiya fanlari nomzodi, dotsent. 
Yetakchi tashkilot: Qo‘qon davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: ilmiy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi muhokama nutq tipining funsional, uslubiy belgilarini aniqlash, uning lingvistik xususiyatlarini ochib berish asosida monologik nutq tiplari doirasidagi maqomini belgilashdan iborat. 
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat: 
– muhokama nutq tipining terminologik tushunchasi va talqini, mavjud talqinlarning umumiy va farqli jihatilari tavsiflangan, hamda uning nutq tizimida tutgan o‘rni, maqomi aniqlangan;
– muhokama nutqining funsional-semantik jihatlarini belgilovchi qiyoslash, dalillash, xulosalash kabi xususiyatlari aniqlangan hamda uning kompozision qurilishi va shakllanish belgilari ochib berilgan;
– muhokama nutq tipining leksik-semantik, morfem-morfologik, sintaktik xususiyatlari doirasida ma’nodosh, shakldosh so‘zlarning qo‘llanishi, muhokama nutq tipida qiyoslash, solishtirish, asoslash va shu asosda xulosa chiqarish yetakchilik qilishi biroq bunday nutq tipi shakllanishida ularning u qadar muhimemasligi misollar bilan dalillangan;
– muhokama nutq tipining funsional uslubiy belgilarini o‘rganish orqali uning qaysi uslubga xoslanishidan qat’i nazar, tezis, dalil va xulosadan tashkil topishi, uning ilmiy uslubda to‘liq shaklda namoyon bo‘lishi, badiiy va publisistik uslublarda to‘liqsiz muhokama ham qo‘llanilishi, bunda rasmiy uslub ma’lum bir qolipga ega ekanligi, so‘zlashuv uslubi, oddiy axborot almashinuvidan iborat bo‘lganligi uchun bu uslublarda muhokama nutq tipi qo‘llanmasligi dalillangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Dissertatsiyada erishilgan natijalar asosida: 
muhokama nutq tipining leksik-semantik, morfem-morfologik, sintaktik xususiyatlari, unda ma’nodosh, shakldosh so‘zlar nutq tipining mohiyatidan kelib chiqib qo‘llanishi, biroq muhokama nutq tipida qiyoslash, solishtirish, asoslash va shu asosida xulosa chiqarish yetakchilik qilgani sababli muhokamaning nutq tipi sifatida shakllanishida ularning alohida o‘rni ko‘zga tashlanmasligi kabi lisoniy belgilari bilan dalillanishiga doir xulosalaridan 2022-2023-yillarga mo‘ljallangan AL-FDU2022307-010 raqamli “Lingvistik tahrir va tarjimashunoslik” ilmiy-tadqiqot markazida “Antiplagiat” dasturini amaliyotga joriy etishda, ilmiy-amaliy loyihasini amalga oshirishda foydalanildi (Farg‘ona davlat universitetining 04/6647-sonli ma’lumotnomasi. 13.11.2024). Natijada, muhokama nutq tipining morfologik xususiyati rivoya va tasvir nutq tiplaridan so‘z qo‘llash chastotasi va so‘zlarning semantik tuzulishi jihatdan farqlari aniqlandi va tahrirlash jarayonida qo‘llanildi. 
muhokama nutq tipining funsional uslubiy belgilarini o‘rganish asosida uning qaysi uslubda kelishidan qat’iy nazar tezis, dalil va xulosadan tashkil topishi, ilmiy uslubda to‘liq shaklda namoyon bo‘lishi, badiiy va publisistik uslublarda to‘liqsiz muhokama ham qo‘llanishi, rasmiy uslub ma’lum bir qolipga ega ekanligi, so‘zlashuv uslubi asosan oddiy axborot almashinuvidan iborat bo‘lganligi sababli bu uslublarda muhokama nutq tipi qo‘llanmasligi kabi ilmiy natijalaridan 
2023-2024-yillarda O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanalining “Bedorlik”, “Ijod zavqi”, “Ta’lim va taraqqiyot”, “Millat va ma’naviyat” eshittirishlari ssenariysini yozishda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” telekanali 26-36-946-sonli ma’lumotnomasi. 22.01.2025). Natijada, nutq va matnlar haqidagi ma’lumotlarni tinglovchilarga etkazishda ushbu eshittirishning mazmuni muallifning uslubi, ilmiy-nazariy qarashlari va xulosalari bilan boyitilgan.
muhokama nutqining funsional-semantik jihatlarini belgilovchi qiyoslash, dalillash, hukm-xulosa chiqarish kabi xususiyatlari aniqlangan hamda uning kompozision qurilishi va shakllanish belgilari ochib berilishiga doir xulosalardan O‘zbekiston davlat Xoreografiya akademiyasida amalga oshirilgan “O‘zbek milliy raqs san’atini targ‘ib etishga bag‘ishlangan veb-sayt va multimedia mahsulotlari to‘plamini yaratish” mavzusidagi FZ-2019081663 raqamli ilmiy-amaliy loyihani bajarishda foydalanildi (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi. 22.01.2025 01/04-176-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, muhokama nutqining funsional va lingvistik xususiyatlarini aniqlash hamda ularning kompozision qurilishi ochib berilgan va muhokama nutqini amaliy tilshunoslikda qo‘llash imkoniyatlarini asoslash orqali to‘plam qo‘shimcha materillar bilan kengaytirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish