Nazirjonov Ibrohimjon Anvarjon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘rmon ko‘chatxonalarini ekin ekishga tayyorlaydigan kombinatsiyalashgan mashina pushta olgichini turini tanlash va parametrlarini asoslash” 05.07.01 – Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya mashinalari. Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash. (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/T5136
Ilmiy rahbar: Abdusalim To‘xtaqo‘ziev, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa (muassasalar) nomi: O‘rmon xo‘jaligi ilmiy-tadqiqot instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti, PhD.05/30.06.2021.T.126.02
Rasmiy opponentlar: Mansurov Muxtorjon Toxirjonovich, texnika fanlari doktori, professor va Rasuljonov Abdurahmon Ravshanbek o‘g‘li texnika fanlari falsafa doktori, katta ilmiy xodim tayinlangan.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat texnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga loyiq.
II. Tadqiqotning maqsadi: o‘rmon ko‘chatxonalarini ekishga tayyorlaydigan kombinatsiyalashgan mashina pushta olgichining turini tanlash va parametrlarini asoslash orqali ish sifatini oshirish va sarf-xarajatlarni kamaytirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: quyidagilardan iborat:
o‘rmon ko‘chatxonalarini ekishga tayyorlaydigan kombinatsiyalashgan mashina pushta shakllantiruvchi ish organining turi u kam energiya sarflab talablar darajasida pushta shakllantirishi hisobga olingan holda asoslangan;
kombinatsiyalashgan mashina pushta olgichining tuproqqa botish chuqurligi, pushta balandligi va tepasining kengligi agrotexnika talablariga mos bo‘lishi sharti hisobga olinib aniqlangan.
pushta olgichning tuproqqa kirish, u qanotlarining ochilish va yon qirqilish burchaklari, ko‘kragining balandligi, qanotlarining kengligi, korpusining uzunligi, ramada joylashishi hamda tortishga qarshiligini aniqlash imkonini beradigan analitik ifodalar tuproqning xossalari va agregat harakat tezligini hisobga olgan holda olingan;
pushta olgich parametrlarining maqbul qiymatlari uning talablar darajasidagi agrotexnik ish ko‘rsatkichlari minimal energiya sarflab ta’minlashi shartidan aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘rmon ko‘chatxonalarini ekishga tayyorlaydigan kombinatsiyalashgan mashina pushta olgichining turi va parametrlarini asoslash bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqotlarda olingan natijalar asosida:
ishlab chiqilgan pushta olgich bilan jihozlangan kombinatsiyalashgan mashinaning texnologik jarayoni bajarilishining sifat ko‘rsatkichlarini baholashga dastlabki talablar va mashina konstruksiyasini loyihalashga texnik topshiriq ishlab chiqilgan (O‘zbekiston Respublikasi ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining 2025-yil 24-fevraldagi №-03-03/1-03/3-1815-sonli ma’lumotnomasi). Natijada o‘rmon ko‘chatxonalarini bir o‘tishda ekishga tayyorlaydigan kombinatsiyalashgan mashina yaratilgan;
ishlab chiqilgan pushta olgich bilan jihozlangan kombinatsiyalashgan mashinaning tajriba nusxasi Andijon va Farg‘ona davlat o‘rmon xo‘jaliklari hamda Qo‘qon ilmiy tajriba stansiyasining ko‘chatxonalarida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining 2025-yil 24-fevraldagi №-03-03/1-03/3-1815-sonli ma’lumotnomasi). Natijada kombinatsiyalashgan mashina qo‘llanilganda mehnat va ekspluatatsion xarajatlar sarfini kamaytirshga erishilgan;
kombinatsiyalashgan mashinaning sanoat nusxasini ishlab chiqish va tayyorlash uchun uning loyiha-konstruktorlik hujjatlari (dastlabki talablar, texnik topshiriq va chizmalar) “Andijon mexanika zavodi” AJ da loyihalash jarayoniga joriy etilgan (“Andijon mexanika zavodi” AJ ning 2024-yil 19-avgustdagi №1660-son ma’lumotnomasi). Natijada asoslangan parametrlarga ega bo‘lgan pushta olgich bilan jihozlangan kombinatsiyalashgan mashinaning sanoat nusxasini ishlab chiqish imkoni yaratilgan.