Kambarova Dilfuza Usmanalievna
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Usovershenstvovanie xodovoy sistemi universal`no-propashnogo traktora s reguliruemoy koleey dlya mejduryadnoy obrabotki xlopchatnika», 05.07.01 - Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya mashinalari. Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/T5428 
Ilmiy rahbar: Akhmetov Adilbek Agabekovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi davlat texnika universiteti, PhD.03/30.06.2020.T.111.02. 
Rasmiy opponentlar: Musurmonov Azzam Turdievich, texnika fanlari doktori, professor; Xoliqov Baxtiyor Abdug‘opporovich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori.
Yetakchi tashkilot: Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligi texnikasi va texno1ogiyalarni sertifikatlash va sinash Markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi traktor g‘ildiraklari koleyasini pog‘onasiz rostlash hisobiga g‘o‘zaning turli qator oralariga moslashtiriladigan traktorning yurish tizimini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
traktor g‘ildiraklari diskasini uning gardishiga nisbatan siljitish evaziga demontaj ishlarisiz traktor koleyasini pog‘onasiz rostlashni ta’minlovchi qurilma konstruksiyasi ishlab chiqilgan (UZ IAP 07964);
traktor yurish tizimi parametrlari va qator oralig‘i kattaligi asosida traktor koleyasini ekin qator oralariga moslik darajasini baholash me’yori va undan foydalanish metodikasi ishlab chiqilgan;
g‘o‘zaning ildiz tizimi joylashgan zonada tuproqning zichlanishi va hosil elementlarini to‘kilishini kamaytirish shartidan traktorning maqbul koleyasini aniqlovchi analitik ifodalar keltirib chiqarilgan;
traktor yurish tizimining tuproqqa va o‘simlikga salbiy texnogen ta’sirini minimallashtirich shartidan kelib chiqib, traktor g‘ildiraklari koleyasini pog‘onasiz rostlash qurilmasining parametrlarini aniqlovchi analitik bog‘lanishlar keltirib chiqarilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Uurish tizimi g‘ildiraklarini, g‘o‘zaning turli qator oralariga aniq moslashtirilishini ta’minlaydigan koleyasi pog‘onasiz rostlanadigan traktorni ishlab chiqish va parametrlarini asoslash bo‘yicha tadqiqotlardan olingan natijalar asosida:
koleyasi pog‘onasiz rostlanadigan traktorga O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “Intellektual mulk markazi” davlat muassasasining ixtiroga patenti olingan (“Koleyasi o‘zgartiriladigan traktor”, № IAP 07964, 2022-y.). Natijada koleyasi pog‘onasiz rostlanadigan traktorning konstruksiyasini ishlab chiqish imkoni yaratilgan.
koleyasi pog‘onasiz rostlanadigan traktor O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tasarrufidagi Toshkent va Qashqadaryo viloyatlari fermer xo‘jaliklarida joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2025-yil 30-maydagi 05/04-04-289-son ma’lumotnomasi). Natijada, maydon birligiga sarflanadigan moddiy-texnika resurslari xarajatlarini 8,36% ga, yillik mehnat sarfini 6,86 kishi/soatga kamaytirishga hamda traktorning agrotexnik o‘tuvchanligini oshirishga erishilgan.
koleyasi pog‘onasiz rostlanadigan traktorni ishlab chiqarishni o‘zlashtirish uchun loyiha-konstrktorlik hujjatlari (texnikaviy topshiriq va chizmalar) "QXMKTM" MChJda loyihalash jarayoniga joriy etilgan ("QXMKTM" MChJ ning 2025-yil 3-martdagi 2/2-son ma’lumotnomasi). Natijada koleyasi pog‘onasiz rostlanadigan traktorni ishlab chiqarish imkoni yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish