Berdiev Usmonjon Farmonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Proton almashinuvchi nanokompozit membrana sintezi va xususiyatlari”, 01.04.12 - Nanomateriallar fizikasi va texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/FM1164.
Ilmiy rahbar: Ashurov Xatam Baxranovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: U.A. Arifov nomidagi Ion-plazma va lazer texnologiyalari instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Ion-plazma va lazer texnologiyalari instituti, DSc.02/30.12.2019.FM/T.65.01.
Rasmiy opponentlar: Quvondiqov Vahobjon Ortiqovich, fizika-matematika fanlari doktori, kat.i.x. Ashurov Jamshid Mingnorovich, kimyo fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Arzon va samarali nanokompozit proton almashinuvchi membrana sintezlash va uning fizik-kimyoviy, elektrokimyoviy xususiyatlarini o‘rganish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
- ilk bor nanokompozit proton almashinuvchi membrana sintezi uchun dioksid kremniy nanozarralarini sintez prekursori tetroetoksisilan va absolyut spirt olish qurilmasi (FAP 01228 va № IAP 06099) ishlab chiqildi;
- ilk bor absolyut spirt olish qurilmasida 99.99%li absolyut spirti olinib, texnik kremniy va absolyut spirt dan foydalanib, alkooksisilan sintezlash reaktorida tozaligi 99 % bo‘lgan tetroetoksisilan sintezlandi;
- ilk bor tetroetoksisilan dan nanokompozit proton almashinuvchi membrana sintez qilish uchun tayyorlangan polimer eritmasi muhitida (in suite), to‘g‘ridan-to‘g‘ri kremniy dioksidining ~100nm atrofidagi nanozarralari sintez qilish usuli yaratildi;
- ilk bor nanokompozit proton almashinuvchi membrana sintezida sulfolovchi agent sifatida mahalliy maxsulot bo‘lgan alkilbenzosulfokislotadan foydalanildi;
- ilk bor polivinil spirtidan yantar kislotasi bilan organik payvandlangan, strukturasiga alkilbenzosulfo kislota, SiO2 nanozarralari va uglerod nanonaylari kiritilgan yangi nanokompozit proton almashinuvchi membrana sintez usuli yaratildi.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Dissertatsiya doirasida olingan natijalar asosida “Absolyut spirt olish qurilmasi” (FAP 01228) va “Alkooksisilanlarni bevosita sintezi reaktori” (IAP 06099) kabi texnik echimlarga patentlar olindi. Ushbu texnologiyalar nanokompozit membranalar sintezida, xususan dioksid kremniy nanozarralarini bir hil taqsimlash va reaktiv muhitni nazorat qilishda muhim rol o‘ynadi. Bu esa yuqori darajada selektiv, barqaror va samarali proton o‘tkazuvchi membranalar ishlab chiqarishga imkon berdi.
Mazkur patentlar dissertatsiya ishida qo‘llanilgan nanokompozit membranalar sintezida asosiy texnologik echimlar sifatida xizmat qilgan bo‘lib, PVS asosidagi proton almashinuvchi membranalarni reagentlarnu mahalliylashtirish orqali ishlab chiqarish jarayonlari samaradorligini oshirgan. Amaliy jihatdan, yaratilgan membranalar vanadiy oqim akkumulyatorlarining samaradorligini oshirish, narxini kamaytirish va xizmat muddatini uzaytirishda katta imkoniyat yaratadi. Nafion kabi qimmat materiallarga nisbatan arzonligi, ekologik xavfsizligi va yuqori eksplutatsion xususiyatlari tufayli ushbu membranalarni sanoatga joriy etish istiqbollari katta ahamiyat kasb etadi.