Iskandarov Shuxrat Chorievichning
fan doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmogʻi nomi): “Vanadiy oqim akkumulyatorlari uchun qayta ishlangan V2O5 asosidagi elektrolitlar va nanoqatlamlar bilan modifikatsiyalangan elektrodlar”, 01.04.12 – Nanomateriallar fizikasi va texnologiyasi (texnika fanlari fanlari PhD).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/T5212.
Ilmiy maslahatchi: Ashurov Xatam Baxronovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: U.A. Arifov nomidagi Ion-plazma va lazer texnologiyalari instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Ion-plazma va lazer texnologiyalari instituti, DSc.02/30.12.2019.FM/T.65.01.
Rasmiy opponentlar:
Maxmanov Urol Qudratovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor. 
Alimov Umarbek Kadirberganovich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi:
Vanadiy oqim akkumulyatori uchun qayta ishlangan vanadiy besh oksididan (V2O5) elektrolit sifatida foydalanish imkoniyatini oʻrganish hamda elektrod yuzasiga atom qavat oʻstirish (ALD) usulida TiO2 nanoqoplamalar qoplash orqali elektrod samaradorligini oshirish va emirilishini oldini olish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor modifikatsiyalangan nanoqoplamali elektrodlarni sinovdan oʻtkazish maqsadida bir yacheykali membrana elektron blok (MEB) laboratoriya modeli ishlab chiqildi;
ilk bor ALD usulida uglerod namat yuzasiga nanoqoplamali TiO2 qoplash orqali 50 nm qalinlikda oʻstirilgan TiO2 li elektrodning zaryadlanish vaqti 1,5-martagacha kamayishi va optimal qalinlik 50 nm ekanligi aniqlandi;
ilk bor TiO2 bilan modifikatsiyalangan katod elektrodlarida emirilish 2,3-martagacha kamayishi aniqlandi. Bundan tashqari katod elektrodlaridagi emirilish TiO2 nanoqoplama qalinligi bog‘liq etmasligi aniqlandi;
ilk bor vanadiy oqim akkumulyatorlar MEB uchun yangi turdagi bipolyar plastinkalar texnologiyasi echimi taklif qilindi. (№ FAP 02314. 31.07.2023)
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Vanadiy oqim akkumulyatorlari uchun qayta ishlangan V2O5 asosidagi elektrolitlar va nanoqatlamlar bilan modifikatsiyalangan elektrodlar boʻyicha tadqiqot natijalariga ko‘ra:
Koʻp yacheykali MEB uchun Oʻzbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi tomonidan foydali modelga patent olindi (№ FAP 02314, №-31.07.2023-y.). Natijada, koʻp yacheykali MEB yigʻishda yuqa (2-3 mm) grafit plitalardan foydalaniladi. Grafit materiali moʻrtligi uchun koʻp yacheykali grafit plitalarni yigʻish jarayonida grafit plitani sinish ehtimoli yuqori. Shu sababli ushbu patentda grafit plita materialini oʻrniga arzon, ishlov berish qulay mustahkam materiallardan foydalanish taklif etilgan.
Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan olinadigan energiyani saqlash va istemolga yo‘qotishlarsiz etkazib berishda, katta hajmli energiya saqlash texnologiyalarning ulishi katta. Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishda yaqin kelajakda eng istiqboli texnologiyalardan biri hisoblanayotgan vanadiy oqim akkumulyatorlarini imkoniyati mavzusidagi maqolamizga: “Solving the Problem of Energy Storage for Solar Photovoltaic Plans (Review)” quydagi xorijiy tadqiqotchilar (Physical Review Letters. 2020. V.124. №19. p.196402, IF=9.185; Applied Solar Energy. 2024. V.60. p.357–369, IF=1.6; Membranes. 2021. V.11. №11. p.867, IF=4.2; Applied Solar Energy. 2022. V.58. p.444–457, IF=1.6) har xil turdagi katta hajmli energiya saqlash akkumulyatorlarining yutuq va kamchiliklarini taqqoslashda keng foydalangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish