O‘ktamov O‘ktamjon Xayrulla o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Gravitatsion obektlarning qorong‘u materiya halosi va magnit maydoni mavjud bo‘lgan muhitdagi o‘ta og‘ir qora tuynuklar atrofidagi dinamikasi”, 01.04.02-Nazariy fizika va 01.03.01-Astronomiya.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: № B2024.2.PhD/FM1094.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti huzuridagi fundamental va amaliy tadqiqotlar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: ““Yangi O‘zbekiston” universiteti, Ilg‘or tadqiqotlar instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/07.07.2025.FM/T.192.01 raqamli Ilmiy kengash
Ilmiy rahbarlar: f.-m.f.d., akademik B. J. Axmedov, f.-m.f.d. S. R. Shaymatov
Rasmiy opponentlar: f.-m.f.d., Sh. Xoliqov (National Solar Observatory, Boulder, USA), f.-m.f.d, A. B. Abdikamalov (“Yangi O‘zbekiston” universiteti professor assistenti)
Yetakchi tashkilot: Al-Farobiy nomidagi Qozoq milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Qorong‘u materiya halosidagi yangi analitik Schwarzschild echimiga o‘xshash qora tuynukni topishdir. O‘ta og‘ir qora tuynuk (SMBH) atrofidagi zarrachalar dinamikasini tahlil qilish va bizning topilmalarimizni S2 yulduzining kuzatilgan pozisiyasi bilan qiyosiy tahlil qilish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
- Birinchi marta Dehnen tipidagi qorong‘u materiya halosida yadro modeli uchun Schwarzschild echimiga o‘xshash analitik echimi topildi.
- Birinchi marta LQGda o‘z-o‘ziga dual qora tuynuk holati uchun maydon tenglamalari va elektromagnit maydon to‘rt-vektor potensiali echimi olindi. LQGda o‘z-o‘ziga dual qora tuynuk yaqinidagi magnit dipollar va elektr zaryadlangan zarralar harakati o‘rganildi.
- Birinchi marta tashqi bir jinsli magnit maydonga kiritilgan Schwarzschild qora tuynugi atrofida aylanayotgan magnitlangan zarralarning bog‘langan va bog‘lanmagan harakati o‘rganildi
- Birinchi marta tahlil natijasida olingan S2 yulduzning nazariy joylashuvi S2 yulduzining haqiqiy joylashuvi bilan taqqoslandi va yulduzning magnit dipoli 〖10〗^6 G·sm³ sifatida baholandi. Magnetlangan zarralarning tashqi magnit maydonga kiritilgan Schwarzschild qora tuynugi atrofida Gravitatsion Ruterford tarqalishiga o‘xshash burilish traektoriyalari aniqlandi.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ixcham ob'ektlar dinamikasiga asoslanib, ularning xususiyatlariga oid ilmiy topilmalar xalqaro tadqiqotchilar tomonidan o‘rganishlarda qo‘llanilgan va yuqori ta'sirli xorijiy jurnallarda, jumladan (Journal of Cosmology and Astroparticle Physics, 2025(03), Volume 2025, Web-Sc, IF: 5.9; The European Physical Journal C, Volume 85, Article number 786, Web-Sc, IF: 4.2; The European Physical Journal C, Volume 85, Article number 494, Web-Sc, IF: 4.2; Universe, Web-Sc, IF: 2.6;)da nashr etilgan.
Mazkur ilmiy natijalar Vellore Institute of Technology instituti tomonidan qo‘llab-quvvatlangan dasturlar doirasida qo‘llanilgan (Dr. Pankaj Sheoran tomonidan taqdim etilgan rasmiy xat asosida).