Abdukarimova Gulchexra Baratovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Qariyalarning ijtimoiy faolligi yangilanayotgan O‘zbekistonda avlodlararo voriysiylikni ta’minlash omili” mavzusidagi 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa ixtisosligi. 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Fal558
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat transport universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.F.01.05.
Ilmiy rahbar: Shermuxamedova Niginaxon Arslanovna, falsafa fanlari doktori, professor;
Rasmiy opponentlar: Aliev Bekdavlat, falsafa fanlari doktori, professor; Sodiqova Shoxida Marhaboevna sotsiologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: “Toshkent kimyo-texnologiya instituti” 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy-amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi qariyalar ijtimoiy faolligini oshirishning yangilanayotgan O‘zbekistonda avlodlararo voriysiylikni ta’minlash va yoshlarga ibrat maktabi sifatidagi ijtimoiy falsafiy jihatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
Gerontologiya fanining mohiyati, qarilikning bosqichlari tadqiq etish orqali qariyalarni mahalliy tashabbuslarda ishtirok etishi, tarbiyaviy faoliyat va fuqarolik nazoratida faol bo‘lishiga asoslangan milliy yo‘naltirilgan metodologiyasini ochib berilgan;
yangi O‘zbekistonda Nuroniy respublika jamg‘armasi faoliyatini tizimli tashkil etishning qariyalarni o‘z vaqtida davolanishi, dam olishi, ularning ijtimoiy faolligini oshirish uchun sharoitlarning yaratilishida, avlodlararo vorisliylikni ta’minlash, yoshlarga ibrat bo‘lish omili sifatida ijtimoiy ma’naviy ahamiyat kasb etishi asoslangan;
qarilik yoshining uzayishida ijtimoiy-ma’naviy muhit va sharoitlarni takomillashtirishining insonning tabiiy qarilikka erishish omili ekanligi, qarilarning ijtimoiy maqomi, ijtimoiy rol va identifikatsiya mezonlari ijtimoiy-falsafiy jihatdan oichib berilgan;
Sharq va G‘arb mutafakkirlarning qarilikka oid qarashlarning avlodlararo muloqot va ijtimoiy birdamlik bilan mutanosibiligini ta’minlash orqali qariyalarning yoshlar ma’naviy-kamolotining yuksalishida faol ishtirok qilishining muhim jihati ekanligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qariyalarning ijtimoiy faolligi yangilanayotgan O‘zbekistonda avlodlararo voriysiylikni ta’minlash omili bo‘yicha olingan ilmiy natijalar xususan: 
Gerontologiya fanining mohiyati, qarilikning bosqichlari tadqiq etish orqali qariyalarni mahalliy tashabbuslarda ishtirok etishi, tarbiyaviy faoliyat va fuqarolik nazoratida faol bo‘lishiga asoslangan milliy yo‘naltirilgan metodologiyasini ochib berilganligiga oid xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi faoliyatida foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazining 2024 yil 24 yanvardagi 1/02-56-son ma’lumotnomasi). Natijalar markazning “Yoshlar nuroniylar nigohida” mavzusidagi tadbirlarni tashkil etish, qariyalarning bo‘sh vaqtidan unumli foydalanish, ularning ijtimoiy faolligini oshirish mexanizmlarini ishlab chiqishga xizmat qilgan; 
Yangi O‘zbekistonda Nuroniy respublika jamg‘armasi faoliyatini tizimli tashkil etishning qariyalarni o‘z vaqtida davolanishi, dam olishi, ularning ijtimoiy faolligini oshirish uchun sharoitlarning yaratilishida, avlodlararo vorisliylikni ta’minlash, yoshlarga ibrat bo‘lish omili sifatida ijtimoiy ma’naviy ahamiyat kasb etishi asoslanganligiga oid xulosalardan O'zbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash "NURONIY” jamg'armasi faoliyatida foydalanilgan. (O'zbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qo'llabquvvatlash "NURONIY” jamg'armasining 2023 yil 24 oktyabrdagi 05-01/353-son ma’lumotnomasi). Natijalar, O‘zbekiston faxriylarini ijtimoiy faoliyatini qo‘llab quvvatlash “Nuroniy” jamg‘arrnasining yo‘l xaritasini belgilash, turkum tadbirlarni o‘tkazish, viloyatlar kesimida “Nuroniy” jamg‘armasi bolimlarining faoliyatini tizimli tashkil etish va qariyalarning ijtimoiy faolligini oshirishga xizmat qilgan; 
Qarilik yoshining uzayishida ijtimoiy-ma’naviy muhit va sharoitlarni takomillashtirishining insonning tabiiy qarilikka erishish omili ekanligi, qarilarning ijtimoiy maqomi, ijtimoiy rol va identifikatsiya mezonlari ijtimoiy-falsafiy jihatdan oichib berilganligiga oid xulosalardan Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati-O‘zbekiston liberal-demokratik partiyasi siyosiy kengash ijroiya qo‘mitasi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston liberaldemokratik partiyasining 2024 yil 16 yanvardagi 01-27/22-son ma’lumotnomasi). Natijalar O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasining ish rejasiga kiritilgan tadbirlarni amalga oshirishda partiyaning Faxriylar Kengashi faoliyatini takomillashtirishga xizmat qilgan; 
Sharq va G‘arb mutafakkirlarning qarilikka oid qarashlarning avlodlararo muloqot va ijtimoiy birdamlik bilan mutanosibiligini ta’minlash orqali qariyalarning yoshlar ma’naviy-kamolotining yuksalishida faol ishtirok qilishining muhim jihati ekanligi isbotlanganligiga oid ilmiy xuloѕalardan Reѕrublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2022-2023-yillarda o‘tkazilgan ma’naviy targ‘ibotlarida foydalanilgan (Reѕrublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2024-yil 16iyuldagi 10/27-ѕon ma’lumotnomaѕi). Natijada dissertatsiyada ilgari surilgan takliflar, tavsiya va xulosalar qariyalar ijtimoiy faolligini oshirishning yangilanayotgan O‘zbekistonda avlodlararo voriysiylikni ta’minlash va yoshlarga ibrat maktabi sifatidagi ijtimoiy falsafiy jihatlarini ochib berishga xizmat qilgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish