Alimova Nargiza Rustam qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ayol qiyofasining vizual san’at turlarida ifodalanishi va transformatsiyasi: badiiy-estetik tahlil”, 09.00.02 – Ong, madaniyat va amaliyot shakllari falsafasi (estetika)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/Fal1199
Ilmiy rahbar: Qodirova Dilbar Solihovna, falsafa fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.F.01.05.
Rasmiy opponentlar: Agzamxodjaeva Saida Sabitxanovna, falsafa fanlari doktori, professor; Jumaniyazova Dilfuza Kamalovna, falsafa fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy-amaliy ahamiyatga molik
II. Tadqiqotning maqsadi vizual san’atda ayol qiyofasining aks ettirilishining turli davrlar, yo‘nalishlar, ijtimoiy jarayonlar ta’sirida transformatsiyaga uchrashini badiiy-estetik tarafdan tahlil qilishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
vizual san’at turlarida ayol qiyofasi namoyon bo‘lishida obrazning anatomik jihatlari (yuz va tananing fiziologik strukturasi), funksional elementlari (harakat, mimika, nutq), ijtimoiy atributlari (libos, pardoz, taqinchoqlar, soch turmagi) hamda estetik determinantlarining (estetik me’yorlar, qonuniyatlar, ideallar, qadriyatlar) uyg‘unligi dominant estetik tamoyil ekanligi aniqlangan;
Sharq va G‘arb vizual san’atining qiyosiy tahlili asosida ayol vizual obrazining zamon va makondagi transformatsiyasiga tarixiy, sivilizatsiyaviy va madaniy kontekst, badiiy-estetik, diniy-falsafiy qarashlar, estetik qadriyatlar tizimi, san’at uslublari va vositalari hamda dialektik rivojlanish tamoyillari ta’sir ko‘rsatishi falsafiy dalillangan;
ayolning zamonaviy vizual qiyofasini belgilovchi global madaniy integratsiya, raqamli estetika va virtual san’atning taraqqiyoti, an’anaviy san’at uslublari va ayollar obrazlarining qaytishi, gender neytrallik, zamonaviylik va futurizm, estetik tibbiyotning rivojlanishi kabi tendensiyalarning estetik faoliyat, did va qadriyatlar tizimiga ta’siri falsafiy nuqtayi nazardan ochib berilgan;
zamonaviy o‘zbek vizual san’atida ayol obrazini ifodalashda ayolning jamiyatdagi o‘rni, global muammolarning genderga oid jihatlari, estetik va ijtimoiy ideallar uyg‘unligi, ayollar tashqi go‘zalligi mezonlariga “inson-tabiat” dialektikasining ta’siri kabi ijtimoiy-falsafiy va estetik xususiyatlarga e’tibor qaratish zaruriyati konseptual jihatdan asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ayol qiyofasining vizual san’at turlarida ifodalanishi va transformatsiyasini badiiy-estetik tahlil qilishga oid olib borilgan tadqiqotlar natijalari asosida:
vizual san’at turlarida ayol qiyofasi namoyon bo‘lishida obrazning anatomik jihatlari (yuz va tananing fiziologik strukturasi), funksional elementlari (harakat, mimika, nutq), ijtimoiy atributlari (libos, pardoz, taqinchoqlar, soch turmagi) hamda estetik determinantlarining (estetik me’yorlar, qonuniyatlar, ideallar, qadriyatlar) uyg‘unligi dominant estetik tamoyil ekanligi aniqlanganligiga oid ilmiy xulosalardan O‘zbekiston muzeylar kengashi tarkibidagi O‘zbekiston davlat san’at muzeyi, O‘zbekiston kino san’ati muzeyi, O‘zbekiston amaliy san’at muzeyi kabi muzeylarda ayollar tasviri bilan bog‘liq eksponatlar zallari va ko‘rgazmalar faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston muzeylar kengashining 2024-yil
29-oktyabrdagi 01-01/392-son ma’lumotnomasi). Natijada respublika muzeylarida ayollar obrazini ifodalovchi ko‘rgazmalarning vizual tarafdan ta’sirchanligi ortishiga hamda muzeyga tashrif buyuruvchilarning estetik dunyoqarashini oshishiga erishilgan.
Sharq va G‘arb vizual san’atining qiyosiy tahlili asosida ayol vizual obrazining zamon va makondagi transformatsiyasiga tarixiy, sivilizatsiyaviy va madaniy kontekst, badiiy-estetik, diniy-falsafiy qarashlar, estetik qadriyatlar tizimi, san’at uslublari va vositalari hamda dialektik rivojlanish tamoyillari ta’sir ko‘rsatishi dalillanganligiga doir taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining 2020-2024-yillarga mo‘ljallangan saylovoldi dasturining VI. “Ma’naviy-ma’rifiy sohadagi ustuvor yo‘nalishlar”da keltirilgan vazifalar ijrosi doirasida foydalanilgan (O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining 2024-yil 23-oktyabrdagi 02-02/57-son ma’lumotnomasi). Natijada partiya tizimidagi xodimlarning siyosiy-huquqiy yo‘nalishdagi bilim va ko‘nikmalarini oshirish, o‘quv-uslubiy hamda mafkuraviy targ‘ibot ishlarida samaradorlik ortishiga xizmat qilgan.
ayolning zamonaviy vizual qiyofasini belgilovchi global madaniy integratsiya, raqamli estetika va virtual san’atning taraqqiyoti, an’anaviy san’at uslublari va ayollar obrazlarining qaytishi, gender neytrallik, zamonaviylik va futurizm, estetik tibbiyotning rivojlanishi kabi tendensiyalarning estetik faoliyat, did va qadriyatlar tizimiga ta’siri falsafiy nuqtayi nazardan ochib berilganligiga oid ilmiy xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi huzuridagi “Oila va gender” ilmiy-tadqiqot institutining 2024-yilga mo‘ljallangan ish rejasining “Oila institutini mustahkamlash, xotin-qizlar va erkaklarning teng huquq hamda imkoniyatlarini ta’minlash, ayollarni qo‘llab-quvvatlash, ularning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish sohasidagi ustuvor yo‘nalishlarni shakllantirishda ishtirok etish, fanlararo fundamental, ilmiy-amaliy tadqiqotlar va innovatsion loyihalarni amalga oshirish” deb nomlangan I-bobining 7-bandi ijrosini amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi huzuridagi “Oila va gender” ilmiy-tadqiqot institutining 2024-yil 9-sentyabrdagi 01-09/2146A-son ma’lumotnomasi). Natijada davlat va jamiyat boshqaruvida xotin-qizlarning rolini yanada oshirishga qaratilgan uslubiy materiallarning ilmiy tarafdan ta’sirchanligi oshishiga erishilgan.
zamonaviy o‘zbek vizual san’atida ayol obrazini ifodalashda ayolning jamiyatdagi o‘rni, global muammolarning genderga oid jihatlari, estetik va ijtimoiy ideallar uyg‘unligi, ayollar tashqi go‘zalligi mezonlariga “inson-tabiat” dialektikasining ta’siri kabi ijtimoiy-falsafiy va estetik xususiyatlarga e’tibor qaratish zaruriyati konseptual jihatdan asoslanganligiga oid xulosalar, taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi faoliyatida zamonaviy o‘zbek ayolining imijini shakllantirish, xotin-qizlarning jamiyat taraqqiyotida o‘rni bilan bog‘liq “Dugonalar”, “Millat va ma’naviyat”, “Ta’lim va taraqqiyot” teledasturlarining 2024-yil iyun-avgust oylaridagi sonlari dasturlari va ssenariylari tayyorlanishida foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston telerediokanali” davlat muassasasining 2024-yil 14-oktyabrdagi 04-36-1104-son ma’lumotnomasi). Natijada teletomoshabinlar ma’naviy-estetik dunyoqarashi va ayollar vizual obrazi hamda imiji bilan bog‘liq estetik qarashlar tizimi yuksalishiga erishilgan.