Shodiev G‘ulom Maxammatovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.    Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: «Jinoyat protsessida reabilitatsiya qilishning nazariy va amaliy masalalari», «12.00.09 – Jinoyat protsessi. Kriminalistika, tezkor-qidiruv huquq va sud ekspertizasi».
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.DSc/Yu171
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi, DSc.31/31.12.2020.Yu.67.01.
Rasmiy opponentlar: yuridik fanlar doktori, professor Mirazov Davron Miragzamovich, yuridik fanlar doktori, professor Raxmonova Surayyo Maxmudovna, yuridik fanlar doktori, professor Suyunova Dilbar Joldasbaevna
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Odil sudlov akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqot maqsadi jinoyat protsessida reabilitatsiya qilishning nazariy va amaliy masalalariga oid taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
jinoyat ishini yuritishga vakolatli bo‘lgan davlat organlari va mansabdor shaxslarning qonunga xilof harakat(harakatsizlik)lari hamda qarorlaridan jabrlangan shaxslarga etkazilgan zarar, ziyonning o‘rni davlat tomonidan qoplanishi kerakligi asoslantirilgan;
jinoyat protsessida ma’naviy ziyonni qoplash asosi sifatida prokuror va sud’yaning jinoyat ishini yuritishga vakolatli bo‘lgan davlat organlari va mansabdor shaxslarning qonunga xilof harakat(harakatsizlik)lari hamda qarorlaridan jabrlangan shaxslardan rasman davlat nomidan uzr so‘rashlarini belgilash asoslantirilgan;
jinoyat protsessida shaxsni reabilitatsiya qilish asosi sifatida sudga qadar ish yuritish jarayonida shaxsni reabilitatsiya etish bo‘yicha jinoyat ishini tugatish to‘g‘risidagi qaror va jinoyat ishini birinchi instansiya sudida ko‘rish jarayonida oqlov hukmi yoki birinchi hamda yuqori instansiya sudlarida shaxsni reabilitatsiya etish bo‘yicha jinoyat ishini tugatish to‘g‘risidagi ajrim belgilanishi lozimligi asoslantirilgan;
reabilitatsiya etilgan shaxsga sudning qaroriga asosan mahrum qilingan maxsus, harbiy va faxriy unvoni, malaka darajasi, shuningdek davlat mukofotlari qayta tiklanishini belgilash lozimligi asoslantirilgan;
reabilitatsiya qilingan harbiy xizmatchilarning xizmatga oid, pensiya olish, uy-joydan foydalanish va boshqa shaxsiy hamda mulkiy huquqlarini tiklash va ularga etkazilgan mulkiy zararning o‘rnini qoplash, ma’naviy ziyon oqibatlarini bartaraf etish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibda amalga oshirilishi lozimligi asoslangan.
qilmishning jinoiyligini istisno qiluvchi holatlar va qilmishning jinoiyligini bekor qiladigan qonun kuchga kirganidan keyin ishda gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilingan yoxud unga nisbatan ayblov hukmi chiqarilgan hollar reabilitatsiya asoslari sifatida belgilanishi zarurati asoslantirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Tadqiqot asosida olingan natijalar quyidagilarda o‘z ifodasini topgan:
jinoyat ishini yuritishga vakolatli bo‘lgan davlat organlari va mansabdor shaxslarning qonunga xilof harakat(harakatsizlik)lari hamda qarorlaridan jabrlangan shaxslarga etkazilgan zarar, ziyonning o‘rni davlat tomonidan qoplanishi kerakligi borasidagi takliflardan yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 55-moddasi 5-qismini ishlab chiqishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud huquq masalalari qo‘mitasining 2023-yil 3-maydagi 04/2-10/823-sonli dalolatnomasi). Mazkur taklif joriy etilishi shaxsga nisbatan davlat organlari yoxud ular mansabdor shaxslarining qonunga xilof qarorlari, harakatlari yoki harakatsizligi tufayli etkazilgan zararning o‘rni davlat tomonidan qoplanishining konstitutsiyaviy huquqiy asosi sifatida qayd etilishiga xizmat qilgan;
jinoyat protsessida ma’naviy ziyonni qoplash asosi sifatida prokuror va sud’yaning jinoyat ishini yuritishga vakolatli bo‘lgan davlat organlari va mansabdor shaxslarning qonunga xilof harakat(harakatsizlik)lari hamda qarorlaridan jabrlangan shaxslardan rasman davlat nomidan uzr so‘rashlarini belgilash to‘g‘risidagi takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat protsessual kodeksi yangi tahrirdagi loyihasining 378-moddasini ishlab chiqishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining 2025-yil 30-iyundagi 27/2-135-24-sonli dalolatnomasi). Mazkur taklifning inobatga olinishi jinoyat protsessida shaxsni reabilitatsiya etilishida nafaqat moddiy zarar, balki ma’naviy ziyonni ham hisobga olinishiga va shu orqali protsess ishtirokchilarining reabilitatsiyaga bo‘lgan huquqlarini takomillashuviga xizmat qilgan; 
jinoyat protsessida shaxsni reabilitatsiya qilish asosi sifatida jinoyat ishini tugatish to‘g‘risidagi qaror, oqlov hukmi yoki jinoyat ishini tugatish to‘g‘risidagi ajrim belgilanishi lozimligi borasidagi takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat protsessual kodeksi yangi tahrirdagi loyihasining 370-moddasini ishlab chiqishda inobatga olindi. (O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining 2024-yil 24-dekabrdagi 27/2-358-24-sonli dalolatnomasi). Mazkur taklifni joriy etilishi jinoyat protsessida shaxsni reabilitatsiya etish asoslarini aniq qanday hujjatlar asosida belgilanishiga xizmat qilgan.
reabilitatsiya etilgan shaxsga sudning qaroriga ko‘ra mahrum qilingan maxsus, harbiy va faxriy unvoni, malaka darajasi, shuningdek davlat mukofotlari qayta tiklanishini belgilash lozimligi to‘g‘risidagi takliflardan, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat protsessual kodeksi yangi tahrirdagi loyihasi 374-moddasining beshinchi qismini ishlab chiqishda inobatga olingan. (O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining 2024-yil 24-dekabrdagi 27/2-358-24-sonli dalolatnomasi) Mazkur taklifning joriy etilishi reabilitatsiya huquqi e’tirof etilgan shaxsning mahrum qilingan maxsus, harbiy va faxriy unvoni, malaka darajasi, shuningdek davlat mukofotlari qayta tiklanishini ta’minlashga xizmat qilgan;
reabilitatsiya qilingan harbiy xizmatchilarning mulkiy huquqlarini tiklash va ularga etkazilgan mulkiy zararning o‘rnini qoplash, ma’naviy ziyon oqibatlarini bartaraf etish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibda amalga oshirilishi lozimligi borasidagi takliflar O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat protsessual kodeksi yangi tahrirdagi loyihasining 382-moddasini ishlab chiqishda inobatga olingan. (O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining 2025-yil 30-iyundagi 27/2-135-24-sonli dalolatnomasi). Mazkur taklifning joriy etilishi reabilitatsiya qilingan harbiy xizmatchilarning xizmatga oid, pensiya olish, uy-joydan foydalanish va boshqa shaxsiy hamda mulkiy huquqlarini tiklashni va ularga etkazilgan mulkiy zararning o‘rnini qoplashni, ma’naviy ziyon oqibatlarini bartaraf etishni O‘zbekiston Respublikasida ijro hokimiyatini amalga oshiruvchi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan ta’minlanishiga xizmat qiladi;
qilmishning jinoiyligini istisno qiluvchi holatlar va qilmishning jinoiyligini bekor qiladigan qonun kuchga kirganidan keyin ishda gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilingan yoxud unga nisbatan ayblov hukmi chiqarilgan hollar reabilitatsiya asoslari sifatida belgilanishi to‘g‘risidagi takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat protsessual kodeksi yangi tahrirdagi loyihasining 371-moddasini ishlab chiqishda inobatga olingan. (O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining 2025-yil 30-iyundagi 27/2-135-24-sonli dalolatnomasi). Mazkur taklifning joriy etilishi reabilitatsiya asoslarini takomillashuviga va shu orqali jinoyat protsessida shaxslarning reabilitatsiyaga bo‘lgan huquqini xizmat qiladi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish