Botirov Zafar Saydullaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon.
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Yangilanayotgan O‘zbekistonda ijtimoiy davlat barpo etishning huquqiy tizimini takomillashtirishni nazariy va amaliy masalalari”, 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat pedagogika instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/27.02.2020.F.72.08.
Ilmiy rahbar: Yaxshilikov Jo‘raboy Yaxshilikovich, falsafa fanlari doktori, professor
Rasmiy opponentlar: Xajieva Maksuda Sultanovna, falsafa fanlari doktori, professor; Teshaev Nutfullo Nasrullaevich, falsafa fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi yangilanayotgan O‘zbekistonda ijtimoiy davlat barpo etishning huquqiy tizimini takomillashtirishning o‘ziga xos xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: ijtimoiy davlatning axloqiy munosabatlar va milliy-ma’naviy qadriyatlar uyg‘unligiga asoslangan o‘zbek modelini shakllantirishda jamoaviylik (birdamlik va hamjihatlik) va paternalizm (ijtimoiy himoya va qo‘llab-quvvatlash) tamoyillarining huquqiy asoslarini (ijtimoiy siyosatda mahalla instituti rolini oshirish, hamkorlik tamoyiliga asoslangan yoshlar siyosatini rivojlantirish, jamoaviy manfaatlarni huquqiy himoya qilish) mustahkamlash zarurati asoslab berilgan;
O‘zbekistonda ijtimoiy davlat barpo etishning huquqiy tizimini takomillashtirish jarayonida demokratik islohotlarda transsendentalizm (shaxsiy erkinlik, davlat aralashuvini cheklash), personalistik ontologizm (inson qadri va huquqlari ustuvorligi), madaniy-tarixiy relyativizm (milliy madaniyat ustunligi, “boshqa madaniyatlar”ga nisbatan murosasizlikka qarshi kurash) kabi yondashuvlar ijtimoiylashuv mexanizmlarining buzilishini barataraf etuvchi va fuqarolik jamiyati taraqqiyotini ta’minlovchi indikator ekanligi aniqlashtirilgan;
ijtimoiy davlatda inson huquqlarini axloqiy-huquqiy reglamentlashtirish (“huquq va axloq birligi” g‘oyasi) asosida milliy qadriyatlarni shakllantirish va yuksaltirish (axloqiy ong va ma’naviy tamoyillar orqali mustahkamlash ) omili inson huquqlarini kafolatlashning zamonaviy mexanizmi hamda huquqiy normalarning milliy qadriyatlarni yuksaltirish vositasiga aylanishi isbotlangan;
Yangilanayotgan O‘zbekistonda ijtimoiy davlat konsepsiyasini ijtimoiy adolat (mehnat va iqtisodiy resurslardan foydalanishda teng huquqli bo‘lish, adolatli taqsimot, huquqiy va axloqiy muvozanatni ta’minlash), tenglik (gender tengligi, madaniyatlararo muloqot, tolerantlik va diniy bag‘rikenglik), ijtimoiy himoya (muhtoj fuqarolarga gʻamxoʻrlik, insonga munosib hayot darajasini taʼminlash) va inson huquqlari (“birinchi avlod”, “ikkinchi avlod”, “uchinchi avlod”) bilan bog‘liq tamoyillar asosida takomillashtirish xususiyatlari ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Yangilanayotgan O‘zbekistonda ijtimoiy davlatning huquqiy tizimini takomillashtirishga qaratilgan tadqiqot natijalari asosida:
ijtimoiy davlatning axloqiy munosabatlar va milliy-ma’naviy qadriyatlar uyg‘unligiga asoslangan o‘zbek modelini shakllantirishda jamoaviylik (birdamlik va hamjihatlik) va paternalizm (ijtimoiy himoya va qo‘llab-quvvatlash) tamoyillarining huquqiy asoslarini (ijtimoiy siyosatda mahalla instituti rolini oshirish, hamkorlik tamoyiliga asoslangan yoshlar siyosatini rivojlantirish, jamoaviy manfaatlarni huquqiy himoya qilish) mustahkamlash zaruratiga oid xulosalar va taklif-tavsiyalardan O‘zbekiston Milliy universitetida bajarilgan FZ-2020010829 raqamli “Talaba yoshlar ilmiy faoliyatida amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishning innovatsion mexanizmlari” grant loyihasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy universitetining 2025-yil 28-iyundagi 04/11-8173-son ma’lumotnomasi). Natijada, mamlakatimizda ijtimoiy davlat barpo etish yo‘lida huquqiy tizimni takomillashtirish hamda milliy qadriyatlarni mustahkamlash va fuqarolarning farovon turmushini ta’minlashda muhim omil bo‘lib xizmat qilgan;
O‘zbekistonda ijtimoiy davlat barpo etishning huquqiy tizimini takomillashtirish jarayonida demokratik islohotlarda transsendentalizm (shaxsiy erkinlik, davlat aralashuvini cheklash), personalistik ontologizm (inson qadri va huquqlari ustuvorligi), madaniy-tarixiy relyativizm (milliy madaniyat ustunligi, “boshqa madaniyatlar”ga nisbatan murosasizlikka qarshi kurash) kabi yondashuvlar ijtimoiylashuv mexanizmlarining buzilishini barataraf etuvchi va fuqarolik jamiyati taraqqiyotini ta’minlovchi indikator ekanligiga doir ilmiy asoslangan xulosalar va umumlashmalardan O‘zbekiston Milliy universitetida bajarilgan A-OT-2021-11-raqamli “O‘zbek xalqi diniy va milliy qadriyatlari kompleksining elektron-transdisiplinar platformasini yaratish” mavzusidagi davlat grant loyihasi ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy universitetining 2025-yil 28-iyundagi 04/11-8172-son ma’lumotnomasi). Natijada, yangilanayotgan O‘zbekistonda ijtimoiy davlat barpo etish jarayonida huquqiy tizimni takomillashtirish bo‘yicha nazariy yondashuvlar va amaliy mexanizmlarni chuqur o‘rganish va jamiyatda tenglik, adolat, ijtimoiy hamda barqarorlikni ta’minlovchi samarali huquqiy asoslarni shakllantirishga xizmat qilgan;
ijtimoiy davlatda inson huquqlarini axloqiy-huquqiy reglamentlashtirish (“huquq va axloq birligi” g‘oyasi) asosida milliy qadriyatlarni shakllantirish va yuksaltirish (axloqiy ong va ma’naviy tamoyillar orqali mustahkamlash ) omili inson huquqlarini kafolatlashning zamonaviy mexanizmi hamda huquqiy normalarning milliy qadriyatlarni yuksaltirish vositasiga aylanishiga oid yangiliklar va tavsiyalardan O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasining Saylovoldi dasturidagi “Ma’naviy-ma’rifiy sohadagi ustuvor yo‘nalishlar”ning 5.1 bandi “Milliy madaniyat va ma’naviyatni rivojlantirish, milliy urf-odat, an’ana va qadriyatlarni saqlash va boyitish sohasida” va 6.3 bandi “Davlat va jamoat tashkilotlari boshqaruvini takomillashtirish”da foydalanilgan (O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasining 2025-yil 10-iyuldagi 01-27/297-son ma’lumotnomasi). Natijada, partiyaning saylovoldi dasturi maqsad va vazifalarni amalga oshirishda, targ‘ibot tadbirlarida ishtirok etib, jamiyatda inson huquqlarini ta’minlashning umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish va fuqarolarning huquq va erkinliklariga mone bo‘lmagan odob-axloq qoidalari huquq normasi sifatida ifoda etilishining ta’minlanishi yangi jamiyatda ijtimoiy adolat tamoyillarining qaror topishida xizmat qilgan;
Yangilanayotgan O‘zbekistonda ijtimoiy davlat konsepsiyasini ijtimoiy adolat (mehnat va iqtisodiy resurslardan foydalanishda teng huquqli bo‘lish, adolatli taqsimot, huquqiy va axloqiy muvozanatni ta’minlash), tenglik (gender tengligi, madaniyatlararo muloqot, tolerantlik va diniy bag‘rikenglik), ijtimoiy himoya (muhtoj fuqarolarga gʻamxoʻrlik, insonga munosib hayot darajasini taʼminlash) va inson huquqlari (“birinchi avlod”, “ikkinchi avlod”, “uchinchi avlod”) bilan bog‘liq tamoyillar asosida takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalardan “O‘zbekiston” teleradiokanali tomonidan 2025-yilda efirga uzatilgan “Ta’lim va taraqqiyot”, “O‘zbekiston yoshlari” ko‘rsatuvlari ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston 24” ijodiy birlashmasi davlat muassasasining 2025-yil 7-iyuldagi 05-09-1088-son ma’lumotnomasi). Natijada, yoshlarimizda milliy o‘zlikni anglash tuyg‘usini yuksaltirishda va demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatini qaror topdirishda milliy qadriyatlarimiz hamda milliy ma’naviy merosimiz muhim nazariy manbalardan biri bo‘lib xizmat qilgan.