Abdumalikov Shoxjahon Jaloliddin o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Tibbiy xizmatlar bozorini raqamli marketing strategiyasi asosida rivojlantirish mexanizmlari”, 08.00.05 – “Xizmat ko‘rsatish tarmoqlari iqtisodiyoti” (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:
Ilmiy rahbar: Toshboev Bekzod Baxtiyorovich, iqtisodiyot fanlari falsafa doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Guliston davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti,  PhD.03/30.01.2020.I.20.06.
Rasmiy opponentlar: Nazarbaev Orinbay, iqtisodiyot fanlari nomzodi, professor; Arabov Nurali Uralovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Jizzax politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi raqamlashtirish sharoitida tibbiyot tashkilotlari faoliyatini marketing qo‘llab-quvvatlashni rivojlantirishning nazariy va uslubiy yondashuvlarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “tibbiy xizmatlar bozorida raqamli marketing” tushunchasining iqtisodiy mazmuni axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va raqamli platformalar imkoniyatlaridan foydalangan holda tibbiy xizmatlarni iste’molchilarga samarali etkazish, bemorlar bilan o‘zaro interaktiv aloqalarni rivojlantirish, ularning ehtiyoj va afzalliklarini tahlil qilish hamda sog‘liqni saqlash muassasalari raqobatbardoshligini oshirishga qaratilgan bozor strategiyalari va vositalarining majmuasi nuqtai nazaridan takomillashtirilgan;
tibbiy xizmat xavfsizligini ta’minlashda sog‘liqni saqlash hududiy boshqarmalarida kadrlar tanqisligi va sifati bilan bog‘liq muammolarni kamaytirish imkonini beruvchi tibbiyot tashkilotining inson resurslari bo‘limi brendini rivojlantirishga yo‘naltirilgan kichik jamoaviy guruhlar faoliyatini yo‘lga qo‘yish taklifi asoslangan;
raqamli transformatsiya doirasida davlat va tijorat tibbiyot segmentlari samaradorligini oshirishda ekologik tibbiyot rivoji, kasalliklar profilaktikasi, tibbiyot tashkilotlari o‘rtasida hamkorlikni mustahkamlash hamda ijtimoiy va iqtisodiy samaradorlikni ta’minlash orqali xizmat ko‘rsatishning onlayn va oflayn formatlarini integratsiyalash zarurligi asoslangan;
Sirdaryo viloyatida tibbiyot sohasini asosiy iqtisodiy ko‘rsatkichlariga ta’sir etuvchi omillar o‘rtasidagi bog‘liqlikni ifodalovchi ekonometrik model asosida tibbiyot xizmatlari hajmining 2030 yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Tibbiy xizmatlar bozorini raqamli marketing strategiyasi asosida rivojlantirish bo‘yicha olingan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar asosida:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “tibbiy xizmatlar bozorida raqamli marketing” tushunchasining iqtisodiy mazmunini axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va raqamli platformalar imkoniyatlaridan foydalangan holda tibbiy xizmatlarni iste’molchilarga samarali etkazish, bemorlar bilan o‘zaro interaktiv aloqalarni rivojlantirish, ularning ehtiyoj va afzalliklarini tahlil qilish hamda sog‘liqni saqlash muassasalari raqobatbardoshligini oshirishga qaratilgan bozor strategiyalari va vositalarining majmuasi nuqtai nazaridan takomillashtirishga oid nazariy ishlanmalardan oliy o‘quv yurtlari 61010100 – “Turizm va mehmondo‘stlik” ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun tavsiya etilgan “Turizm va mehmondo‘stlik maqsadli boshqaruvi” o‘quv qo‘llanmani tayyorlashda foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Guliston davlat universitetining 2025 yil 21 maydagi 113-O-son buyrug‘i). Mazkur o‘quv qo‘llanmadan foydalanish bakalavriat talabalarida “tibbiy xizmatlar bozorida raqamli marketing” kategoriyasining mohiyatini to‘g‘ri va kengroq tushunishlariga hamda talabalarda bozor strategiyalari va vositalarining majmuasi nuqtai nazaridan takomillashtirilgan “tibbiy xizmatlar bozorida raqamli marketing” tushunchasi bo‘yicha nazariy bilimlarni kengaytirish imkonini yaratgan;
tibbiy xizmat xavfsizligini ta’minlashda sog‘liqni saqlash hududiy boshqarmalarida kadrlar tanqisligi va sifati bilan bog‘liq muammolarni kamaytirish imkonini beruvchi tibbiyot tashkilotining inson resurslari bo‘limi brendini rivojlantirishga yo‘naltirilgan kichik jamoaviy guruhlar faoliyatini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 29 oktyabrdagi “Ilm-fanni 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi                           PF-6097-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida hududiy ilmiy-tadqiqot va oliy ta’lim muassasalari tomonidan amalga oshirilayotgan ilmiy tadqiqot ishlari samaradorligini oshirish yuzasidan chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Sirdaryo viloyati boshqarmasining 2025 yil 10 iyuldagi №01-04-5/168-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida tibbiy xizmatlar bozorining strategik rivojlanishini ta’minlash, hududiy sog‘liqni saqlash dasturlarini ishlab chiqishda raqamli marketing yondashuvlarini qo‘llash, shuningdek, tibbiy xizmat ko‘rsatish tizimini zamonaviylashtirishga qaratilgan aniq chora-tadbirlarni belgilab olish imkonini bergan;
raqamli transformatsiya doirasida davlat va tijorat tibbiyot segmentlari samaradorligini oshirishda ekologik tibbiyot rivoji, kasalliklar profilaktikasi, tibbiyot tashkilotlari o‘rtasida hamkorlikni mustahkamlash hamda ijtimoiy va iqtisodiy samaradorlikni ta’minlash orqali xizmat ko‘rsatishning onlayn va oflayn formatlarini integratsiyalash bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 29 oktyabrdagi “Ilm-fanni 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-6097-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida hududiy ilmiy-tadqiqot va oliy ta’lim muassasalari tomonidan amalga oshirilayotgan ilmiy tadqiqot ishlari samaradorligini oshirish yuzasidan chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Sirdaryo viloyati boshqarmasining  2025 yil 10 iyuldagi №01-04-5/168-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida tibbiy xizmatlar bozorida raqamli marketing strategiyalarini tatbiq etish orqali sog‘liqni saqlash sohasiga investisiyalar oqimini rag‘batlantirish, aholining tibbiy xizmatlarga bo‘lgan ishonchini va ularning qamrovini kengaytirish hamda bandlikni oshirish orqali turmush darajasini yaxshilashga xizmat qiluvchi aniq chora-tadbirlarni belgilab olish imkonini bergan;
Sirdaryo viloyatida tibbiyot sohasini asosiy iqtisodiy ko‘rsatkichlariga ta’sir etuvchi omillar o‘rtasidagi bog‘liqlikni ifodalovchi ekonometrik model asosida tibbiyot xizmatlari hajmining                   2030 yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil                      29 oktyabrdagi “Ilm-fanni 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi               PF-6097-son Farmoni 4-ilovasining 12-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida hududiy ilmiy-tadqiqot va oliy ta’lim muassasalari tomonidan amalga oshirilayotgan ilmiy tadqiqot ishlari samaradorligini oshirish yuzasidan chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Sirdaryo viloyati boshqarmasining 2025 yil 10 iyuldagi №01-04-5/168-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklif va tavsiyaning amaliyotga joriy etilishi natijasida tibbiy xizmatlar bozorida raqamli marketing strategiyalari asosida tahliliy yondashuvlarni kengaytirish, prognoz ko‘rsatkichlari asosida strategik rejalashtirishni yo‘lga qo‘yish, shuningdek, sog‘liqni saqlash tizimida resurslardan samarali foydalanish imkoniyatlari oshirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish