Opaev Biysenbay Aymanovochning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Qishloq xo‘jaligida tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish va tashkiliy-iqtisodiy rag‘batlantirish samaradorligi (Qoraqalpog‘iston Respublikasi misolida)”, 08.00.04 – “Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti” (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Iqt 4006.
Ilmiy rahbar: Sauxanov Janibek Kazievich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti, PhD.03/30.01.2020.I.20.06.
Rasmiy opponentlar: Doschanov Tangirbergen, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Foyziev Oybek Raximovich, iqtisodiyot fanlari falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi qishloq xo‘jaligida tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish va tashkiliy-iqtisodiy rag‘batlantirish samaradorligi bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
qishloq xo‘jaligi korxonasida kadrlar salohiyatini rivojlantirish orqali tadbirkorlik faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish vositalari va uni amalga oshirish mexanizmi taklif etilgan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi qishloq xo‘jaligida tadbirkorlik faoliyatini tashkiliy-iqtisodiy rivojlantirishning ko‘p omilli chiziqsiz modeli ishlab chiqilgan;
qishloq xo‘jaligi korxonalari faoliyati samaradorligini ta’minlashning iqtisodiy mexanizmi asosida qishloq xo‘jaligi korxonalarining rentabelligini prognozli baholash algoritmi tavsiya etilgan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi dehqon (jismoniy shaxslar tadbirkorligi) xo‘jaligi sonini 2025-2030 yillar uchun ko‘p omilli prognoz ko‘rsatkichlari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Qishloq xo‘jaligi korxonasida kadrlar salohiyatini rivojlantirish orqali tadbirkorlik faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish vositalari va uni amalga oshirish mexanizmi bo‘yicha taklifi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi va unga tegishli bo‘limlar faoliyatida foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2025 yil 26 iyundagi 03/06-2140-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklif natijasida Qoraqalpog‘iston respublikasining qishloq xo‘jaligi bo‘yicha dehqonchilik va chorvachilik bo‘yicha ixtisoslashuv darajalari aniqlangan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi qishloq xo‘jaligida tadbirkorlik faoliyatini tashkiliy-iqtisodiy rivojlantirishning ko‘p omilli chiziqsiz modeli bo‘yicha taklifi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi va unga tegishli bo‘limlar faoliyatida foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2025 yil 26 iyundagi 03/06-2140-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif natijasida respublika dexqonchilik sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan xo‘jalik sub’ektlari samaradorligi qo‘shimcha 15,2 %, chorvachilik sohasi 14,8 %ga oshgan;
qishloq xo‘jaligi korxonalari faoliyati samaradorligini ta’minlashning iqtisodiy mexanizmi asosida qishloq xo‘jaligi korxonalarining rentabelligini prognozli baholash algoritmi bo‘yicha taklifi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi va unga tegishli bo‘limlar faoliyatida foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2025 yil 26 iyundagi 03/06-2140-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif natijasida respublika dexqonchilik va chorvachilik sohasiga ixtisoslashuv bo‘yicha hududiy kartogramma asosida maqsadli “Yo‘l xaritasi”ni tuzish imkoniyatini bergan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi dehqon (jismoniy shaxslar tadbirkorligi) xo‘jaligi sonini 2025-2030 yillar uchun ko‘p omilli prognoz ko‘rsatkichlari bo‘yicha taklifi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi va unga tegishli bo‘limlar faoliyatida foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2025 yil 26 iyundagi 03/06-2140-son ma’lumotnomasi). Ushbu takliflardan Qoraqalpog‘iston Respublikasi qishloq xo‘jaligida tadbirkorlikni rivojlantirish konsepsiyasi bandlarini ishlab chiqishda foydalanilgan.