Ergashev Farrux Alisherovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.    Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: «Sudlar faoliyatiga axborot kommunikasiya texnologiyalarini joriy etishning nazariy va amaliy masalalari», «12.00.07 – Sud hokimiyati. Prokuror nazorati. Huquqni muhofaza qilish faoliyatini tashkil etish. Advokatura».
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/Yu1324
Ilmiy rahbar: Mamasiddiqov Muzaffarjon Musajonovich, yuridik fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi, DSc.31/31.12.2020.Yu.67.01.
Rasmiy opponentlar: yuridik fanlar doktori, professor G‘ofurov Asqar Boyisovich, yuridik fanlari doktori, professor v.b. Pirmatov Otabek Shavkatovich.
Yetakchi tashkilot: Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqot maqsadi mamlakatimizda sudlar faoliyatiga axborot kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etishning nazariy-amaliy va huquqiy asoslarini takomillashtirishga qaratilgan taklif hamda tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mamlakatimiz sudlari faoliyatini raqamlashtirish ishlarini jadallashtirish maqsadida sudlar faoliyatida ilg‘or axborot texnologiyalarini, shuningdek, sun’iy intellektni joriy etish, kelajakda mamlakatimizda “Aqlli sud” (“Smart sud”) konsepsiyasini ishlab chiqish va shu asosida ishlarni bosqichma-bosqich to‘liq elektron shaklda yuritish amaliyotini joriy qilish,  “Aqlli sud” (“Smart sud”) platformasi orqali protsessual harakatlarni avtomatik qayd etish; ma’lumotlarni onlayn olish imkonini yaratish; ma’lumotlar o‘rtasida tafovutlar yuzaga kelishining oldini olish; ish materiallarini onlayn uzatish imkonini yaratish; jinoyatlarni kvalifikatsiya qilishda sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalanish; jinoyat ishini qo‘zg‘atishni rad etishning yagona hisobini yuritish hamda sud ekspertizasini onlayn tayinlashning huquqiy mexanizmlarini belgilash asoslantirilgan;
mamlakatimiz sudlari faoliyatini raqamlashtirish ishlarini jadallashtirish hamda “Aqlli sud” (“Smart sud”) platformasini rivojlantirish, shuningdek, sudlar faoliyatiga sun’iy intellektni joriy etish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi huzurida axborot texnologiyalari xizmat ko‘rsatish markazini tashkil etish, shuningdek, Markaz faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarda sudlar faoliyatini raqamlashtirishga qaratilgan zarur tizim va dasturlarni ishlab chiqish, sun’iy intellektni joriy qilish, sud jarayonlarining axborot xavfsizligini ta’minlash, shuningdek sudlar va tadbirkorlik sub’ektlari o‘rtasida ma’lumotlarni elektron uzatish masalalari huquqiy tartibga solinishi asoslab berilgan;
Bosh prokuratura va Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda sanksiyalar va majburlov choralari bo‘yicha sudlarga kiritiladigan iltimosnomalarni elektron shaklda yuritish maqsadida Oliy sud axborot tizimlari bilan tergov organlarining axborot tizimlari o‘rtasida elektron ma’lumotlar almashinuvini yo‘lga qo‘yish, Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda cudlar tomonidan ma’muriy huquqbuzarlik uchun qo‘llanilgan barcha jarimalarni onlayn kuzatish, uning to‘lov muddatlari haqida ogohlantirish va to‘lovlarni elektron amalga oshirish imkonini yaratish, sudlar faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumotlarning aniq ta’rifi va ro‘yxatini shakllantirish, ushbu ma’lumotlarni olish usullari va shartlari, ma’lumotlarni taqdim etish shakli va undan foydalanuvchilarning huquqlarini belgilash,  sud hokimiyati bilan OAV o‘zaro munosabatlarning amalga oshirilishi shakllariga doir normalarni qonunchilikda belgilash zarurati asoslantirilgan;
sudda ishtirok etuvchi shaxslardan ortiqcha ma’lumotlar talab etilishiga chek qo‘yish,  elektron odil sudlovni samarali amalga oshirish, elektron aloqa vositalaridan foydalanish, sudlarga kiritiladigan iltimosnomalarni elektron shaklda yuritish, axborot tizimlari o‘rtasida elektron ma’lumotlar almashinuvini yo‘lga qo‘yish, “Raqamli hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasida mavjud ma’lumotlarni sudlarning axborot tizimlari bilan to‘liq integratsiya qilish uchun yagona huquqiy asosni yaratish maqsadida “Sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar, advokatura bilan hamkorlik va fuqarolik, iqtisodiy, jinoiy va ma’muriy ishlar bo‘yicha raqamlashtirish to‘g‘risidagi reglament” ishlab chiqilishi taklifi asoslantirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Sudlar faoliyatiga axborot kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etishning nazariy, amaliy va tashkiliy-huquqiy asoslari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
mamlakatimiz sudlari faoliyatini raqamlashtirish ishlarini jadallashtirish maqsadida sudlar faoliyatida ilg‘or axborot texnologiyalarini, shuningdek, sun’iy intellektni joriy etish, kelajakda mamlakatimizda “Aqlli sud” (“Smart sud”) konsepsiyasini ishlab chiqish va shu asosida ishlarni bosqichma-bosqich to‘liq elektron shaklda yuritish amaliyotini joriy qilish,  “Aqlli sud” (“Smart sud”) platformasi orqali protsessual harakatlarni avtomatik qayd etish; ma’lumotlarni onlayn olish imkonini yaratish; ma’lumotlar o‘rtasida tafovutlar yuzaga kelishining oldini olish; ish materiallarini onlayn uzatish imkonini yaratish; jinoyatlarni kvalifikatsiya qilishda sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalanish; jinoyat ishini qo‘zg‘atishni rad etishning yagona hisobini yuritish hamda sud ekspertizasini onlayn tayinlashning huquqiy mexanizmlarini belgilash haqidagi takliflar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 30 yanvardagi “O‘zbekiston — 2030” strategiyasini “Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi PF-16-son Farmoni bilan tasdiqlangan  “O‘zbekiston — 2030” strategiyasining har bir insonga o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun munosib sharoitlar yaratish yo‘nalishi bo‘yicha 2025 yilga mo‘ljallangan amaliy tadbirlar rejasining 84-maqsadi 17-bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining 2025 yil 26 martdagi 27/2-55-25-sonli dalolatnomasi). Ushbu takliflarning qabul qilinganligi axborot texnologiyalar rivojlangan davlatlar tajribasi bilan uyg‘unlashgan holda sud ishlarini yuritishda sun’iy intellektni qo‘llashda sudlar faoliyatida umumiy samaradorlikni oshirish, adolatni ta’minlash va inson omili ta’sirini kamaytirish uchun qo‘shimcha imkoniyatlarni yaratgan;
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi huzurida axborot texnologiyalari xizmat ko‘rsatish markazini tashkil etish, shuningdek, Markaz faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarda sudlari faoliyatini raqamlashtirishga qaratilgan zarur tizim va dasturlarni ishlab chiqish, sun’iy intellektni joriy qilish, sud jarayonlarining axborot xavfsizligini ta’minlash, shuningdek sudlar va tadbirkorlik sub’ektlari o‘rtasida ma’lumotlarni elektron uzatish masalalarini huquqiy tartibga solish haqidagi takliflar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 30 yanvardagi “O‘zbekiston — 2030” strategiyasini “Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi PF-16-son Farmoni bilan tasdiqlangan  “O‘zbekiston — 2030” strategiyasining har bir insonga o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun munosib sharoitlar yaratish yo‘nalishi bo‘yicha 2025 yilga mo‘ljallangan amaliy tadbirlar rejasining 84-maqsadi 17-bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining 2025 yil 26 martdagi 27/2-55-25-sonli dalolatnomasi). Ushbu taklifning qabul qilinganligi mamlakatimiz sudlari faoliyatini raqamlashtirish ishlarini jadallashtirish hamda “Aqlli sud” (“Smart sud”) platformasini rivojlantirish, shuningdek, sudlar faoliyatiga sun’iy intellektni joriy etishning tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtirishga xizmat qilgan;
Bosh prokuratura va Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda sanksiyalar va majburlov choralari bo‘yicha sudlarga kiritiladigan iltimosnomalarni elektron shaklda yuritish maqsadida Oliy sud axborot tizimlari bilan tergov organlarining axborot tizimlari o‘rtasida elektron ma’lumotlar almashinuvini yo‘lga qo‘yish, Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda cudlar tomonidan ma’muriy huquqbuzarlik uchun qo‘llanilgan barcha jarimalarni onlayn kuzatish, uning to‘lov muddatlari haqida ogohlantirish va to‘lovlarni elektron amalga oshirish imkonini yaratish, sudlar faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumotlarning aniq ta’rifi va ro‘yxatini shakllantirish, ushbu ma’lumotlarni olish usullari va shartlari, ma’lumotlarni taqdim etish shakli va undan foydalanuvchilarning huquqlarini belgilash, sud hokimiyati bilan OAV o‘zaro munosabatlarning amalga oshirilishi shakllariga doir normalarni qonunchilikda belgilash haqidagi takliflar “Sudlar faoliyatiga sun’iy intellekt texnologiyalarini yanada kengroq joriy etish va sud sohasida raqamlashtirish ishlarini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Qarori loyihasining 5-bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining 2025 yil 27 martdagi 08/162-25-sonli dalolatnomasi). Natijada sudlarning zamonaviy axborot texnologiyalari bilan ta’minlanishi, aholiga ko‘rsatiladigan interaktiv elektron xizmatlarning samaradorligini oshirilishi, sudlar faoliyatida ochiqlik prinsiplarining amal qilishi uchun huquqiy asoslarning yaratilishiga erishilgan;
sudda ishtirok etuvchi shaxslardan ortiqcha ma’lumotlar talab etilishiga chek qo‘yish,  elektron odil sudlovni samarali amalga oshirish, elektron aloqa vositalaridan foydalanish, sudlarga kiritiladigan iltimosnomalarni elektron shaklda yuritish, axborot tizimlari o‘rtasida elektron ma’lumotlar almashinuvini yo‘lga qo‘yish, “Raqamli hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasida mavjud ma’lumotlarni sudlarning axborot tizimlari bilan to‘liq integratsiya qilish uchun yagona huquqiy asosni yaratish maqsadida “Sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar, advokatura bilan hamkorlik va fuqarolik, iqtisodiy, jinoiy va ma’muriy ishlar bo‘yicha raqamlashtirish to‘g‘risidagi reglament” ishlab chiqilishi taklifi “Sudlar faoliyatiga sun’iy intellekt texnologiyalarini yanada kengroq joriy etish va sud sohasida raqamlashtirish ishlarini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Qarori loyihasining 5-bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining 2025 yil 27 martdagi 08/162-25-sonli dalolatnomasi). Ushbu taklifning qabul qilinganligi mamlakatimizda elektron odil sudlovni samarali amalga oshirishga, sudda ishtirok etuvchi shaxslardan ortiqcha ma’lumotlar talab etilishiga chek qo‘yishga zamin yaratdi.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish