Eshmuratov Zayniddin Norboevichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Silybum marianum L. asosida gepatoprotektor biofaol qo‘shimcha tarkibini tanlash va texnologiyasini ishlab chiqish», 15.00.01 - Dori texnologiyasi (farmatsevtika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Far106.
Ilmiy rahbarlar: Kamilov Xusan Masudovich, farmatsevtika fanlari doktori, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent vaksina va zardoblar ilmiy-tadqiqot instituti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent vaksina va zardoblar ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.04/30.09.2022.Far.134.01.
Rasmiy opponentlar: Xalilov Ravshanjon Muratdjanovich, texnika fanlari doktori, professor; Zuparova Zulfiya Axror qizi, farmatsevtika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston kimyo va farmatsevtika ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: mahalliylashtirilgan Silybum marianum L. o‘simligi urug‘i va qora murchdan quruq ekstraktlar  ajratib olish hamda maydalangan dorivor o‘simliklar zarchava, oddiy arpabodiyon aralashmasi asosida kapsula va fitochoy shaklidagi biologik faol qo‘shimchalar tarkibi va texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor mahalliylashtirilgan Silybum marianum L. o‘simligi urug‘i ekstrakti, maydalangan arpabodiyon, zarchava hamda qora murch ekstrakti  asosida gepatoprotektor ta’sirga ega biofaol qo‘shimchaning ilmiy asoslangan  kapsula tarkibi ishlab chiqilgan; 
Silybum marianum L. o‘simligi urug‘idan olingan quruq ekstrakt asosida murakkab tarkibli kapsulaning sifat me’yorlari va texnologiyasi ishlab chiqilgan;
Silybum marianum L. o‘simligi urug‘idan olingan quruq ekstrakt asosida gepatoprotektor ta’sirga ega murakkab tarkibli kapsulani sifat me’yorlarini ta’minlovchi ishlab chiqarish texnologik sharoitlari ilmiy asoslangan;
ilk bor mahalliylashtirilgan Silybum marianum L. o‘simligidan gepatoprotektor faollikga ega bo‘lgan murakkab tarkibli fitochoyning optimal tarkibi va texnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Gepatoprotektor ta’sirga ega bo‘lgan o‘simliklardan biologik faol qo‘shimcha yaratish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
«GEPO NIIVS» kapsula biologik faol qo‘shimchasi uchun texnologik yo‘riqnoma O‘zbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi tomonidan tasdiqlangan (TI 018979371-009:2024). Natijada, kapsula shaklidagi biologik faol qo‘shimchani sanoat miqyosida ishlab chiqarish imkonini bergan;
«GEPO NIIVS» fitochoy biologik faol qo‘shimchasi uchun texnologik yo‘riqnoma O‘zbekiston Respublikasi SSV huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi tomonidan tasdiqlangan (TI 018979371-010:2024). Natijada, gepatoprotektor ta’sirga ega biologik faol qo‘shimchalar assortimentini kengaytirish imkonini bergan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish